• Debet 9910 «Moliyaviy natija» Kredit
  • T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet196/418
    Sana17.01.2024
    Hajmi15,8 Mb.
    #139284
    1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   418
    Bog'liq
    4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

    Boshqa operasion xarajatlarga
    qishloq xo‘jaligi korxonalarining 
    turli xayriya sifatida berilgan mulkini hisobdan chiqarilishi, to‘langan penya 
    vajarimalar. ko'rsatilgan moddiy yordamlar, bank xizmatlari uchun 
    to ‘lovlar, auditorlik tekshiruvlari va turli konsalting xizmatlari uchun 
    to ‘lovlar, sotish hajmiga nisbatan pensiya fondiga, maktab ta ’limini 
    rivojlantirish fondiga va avtoyo‘l fondiga majburiy ajratmalar, sud 
    xarajatlari, voz kechilgan debitorlik qarzlari va shu kabi boshqa xarajatlar 
    kiradi. Boshqa operasion xarajatlari hisobi 9430 «Boshqa operasion 
    xarajatlar» schotida olib bori ladi. Bu schotning debetida yuqorida keltirilgan 
    barcha turdagi xarajatlar to‘planadi, bunda 0200, 1000,4010, 5010, 
    5110, 6010, 6970, 6990, 6710, 6520 va boshqa aniq xarajatlarni 
    ifodalovchi schotlar kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9430 «Boshqa 
    operasion xarajatlari» schoti yopiladi, ya’ni uning debetida to‘plangan 
    summaga 
    Debet 
    9910 «Moliyaviy natija» 
    Kredit 
    9430 «Boshqa 
    operasion xarajatlar» yozuvi beriladi.


    Asosiv faoliyatdan olingan boshqa darom adlar hisobi. Qishloq 
    xo'jaligi korconalarida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarga asosiy 
    vositalar va boshqa aktivlar (nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, 
    materiallar)ni sotishdan olingan foyda, joriy ijaradan olingan foyda, xizmat 
    ko'rsatuvchi bo‘ linmalardan tushumlar, voz kechilgan kreditorlik qar/lar, 
    beg‘araz olingan moliyaviy yordam, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar 
    va boshqa shu kabi qo’shimcha daromadlar kiradi. Ushbu turdagi 
    daromadlaming hisobi 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» 
    schotlar tizimida ochilgan alohida schotlaming kreditida olib boriladi. Bunda 
    1000, 4800, 5010, 5110, 6010, 6900, 9210, 9220 va boshqa aniq 
    daromadlarni ifodalovchi schotlar debetlanadi. Hisobotyili oxirida9300 
    «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schoti yopiladi. ya’ni uning 
    kreditida to‘plangan summaga Debet 9300«Asosiy faoliyatdan olingan 
    boshqa daromadlar» Kredit 9910 «Moliyaviy natija» yozuvi beriladi.
    Moliyaviy faoliyatga doir daromadlam ing hisobi. Qishloq xo‘jaligi 
    korxonalarida moliyaviy faoliyatga doir daromadlarga dividend va foiz 
    ko‘rinishidagi daromadlar, uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar, 
    qimmatli qog‘ozlami qayta baholashdan olingan daromadlar, xorijiy 
    valutada ifodalangan balans moddalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlari (tashqi 
    iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida) 
    kiradi. Bu turdagi daromadlaming hisobi 9500 «Moliyaviy faoliyatdan 
    olingan daromadlar» schotlar tizimida ochilgan alohida schotlarning 
    kreditida olib boriladi. Bunda 4010,4800,5020,5200 va boshqa aniq 
    daromadlarni ifodalovchi schotlar debetlanadi. Hisobot yili oxirida9500 
    «Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar» schoti yopiladi, ya’ni uning 
    kreditida to‘plangan summaga Debet 9500«Moliyaviy faoliyat olingan 
    daromadlar» Kredit 9910 «Moliyaviy natija» yozuvi beriladi.
    Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarning hisobi. Qishloq xo‘jaligi 
    korxonalarida moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga olingan kredit va 
    qarzlar uchun to‘langan foizlar, uzoq muddatli ijarabo'yicha foiz to‘lovlari, 
    qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga doir xarajatlar, xorijiy valutada 
    ifodalangan balans moddalari bo'yicha salbiy kurs farqlari (tashqi iqtisodiy 
    faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida) kiradi. 
    Bu turdagi xarajatlarning hisobi 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar» 
    schotlar tizimida ochilgan alohida schotlaming debetidaolib boriladi. Bunda 
    5200, 6010, 6900 va boshqa aniq xarajatlarni ifodalovchi schotlar


    kreditlanadi. Hisobot yili oxirida 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir 
    xarajatlar» schoti yopiladi, ya'ni uning debetida to‘p]angan summaga Debet 
    9910 «Moliyaviy natija» K redit 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir 
    xarajatlar» yozuvi beriladi.
    Foyda ko‘rsatk ich larin i aniqlash va ularn in g hisobi. Qishloq 
    xo‘jaligi korxonalarida boshqa yuridik shaxslar singari beshta foyda 
    ko‘rsatkichi aniqlanadi va ular «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»da 
    aks ettiriladi. Respublikamizda amalda bo‘lgan «Mahsulot (ish, xizmat)lami 
    ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni 
    shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ga inuvofiq ushbu foyda ko'rsatkichlari 
    quyidagicha aniqlanadi:

    Download 15,8 Mb.
    1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   418




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis

    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish