Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar».
Sotish tannarxining hisobi. Qishloq xo'jaligi korxonalarida sotilgan
qishloq xo'jaligi mahsulotlari tannarxining hisobi 9110 «Sotilgan
mahsulotlar tannarxi» schotida yuritiladi. Hisobot yili davomida ushbu
schotning debetida sotilgan mahsulotlar reja tannarxi bo‘yicha quyidagi
yozuv bilan aks ettiiiladi:
Debet 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi»;
Kredit 2810 «Tayyor mahsulotlar».
Hisobot yili oxirida barcha haqiqiy ishlab
chiqarish xarajatlari
aniqlangach, sotilgan ham da om borlarda
sotilm asdan qolgan
mahsulotlaming haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Shuningdek, 9110 «Sotilgan
mahsulotlar tannarxi» schotining debetida
aks ettirilgan sotilgan
mahsulotlaming rejatannarxidagi qiymati qo'shimcha yozuv yoki «stomo»
usullari bo‘yicha haqiqiy tannarxidagi qiymatigayetkaziladi. Bunda,
chunonchi, reja tannarx haqiqiy tannarxdan katta bo'lsa, u holda «stomo»
yoki «qizil yozuv» usulida Debet 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi»
Kredit 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yozuvi beriladi. Reja tannarx haqiqiy
tannarxdan kichik bo‘lsa, u holda «qo‘shimchayozuv» usulida Debet
9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi» K redit 2010 «Asosiy
ishlab
chiqarish» yozuvi beriladi.
Davr xarajatlarining hisobi. Qishloq xo'jaligi korxonalarida boshqa
yuridik shaxslardagi singari davr xaraj atlari asosan uchta guruhga bo’linadi:
(1)
sotish xarajatlari; (2) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; (3) boshqa
operasion xarajatlar. Davr xarajatlarining tarkibi
va ulaming hisobini
yuritishdaqishloq xo'jaligi korxonalari 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 -yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan
«Mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi
hamda moliyaviy natijalami shakllantirish to‘g‘risida nizom»ga va 21 -son
BUMS «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
baxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qoMlash bo‘yichayo‘riqnoma»ga
amal qilishlari lozim.