• Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»; Kredit
  • -bob. QISHLOQ XO'JALIGI KORXONALARIDA




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet193/418
    Sana17.01.2024
    Hajmi15,8 Mb.
    #139284
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   418
    Bog'liq
    4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

    15-bob. QISHLOQ XO'JALIGI KORXONALARIDA 
    MOLI YAVIY NATIJALAR K ()‘RSATKICHLARI, SOLIQ- 
    LAR, MAJBURIY AJRATMALAR VATO‘LOVLAR HISOBI
    15.1. 
    Qishloq \ o ‘jaligi korxonalarida m oliyaviy natijalar 
    ko‘rsatkichlari va ularning hisobi
    Sotishdan olingan daromad hisobi. 
    Qishloq xo‘jaligi korxonalarida 
    yetishtirilgan mahsulotlar turli yo‘llar bilan sotiladi. Chunonchi, paxtatoiiq 
    davlat buyurtmasi asosida davlatga tasdiqlangan sotish baholarida sotiladi. 
    Yyetishtirilgan g‘allaning 50 foizi davlatga tasdiqlangan sotish baholarida, 
    qolgan qismi esa erkin kelishuv baholarida boshqa yuridik va jismoniy 
    shaxslarga sotiladi. Davlat buyurtmasi ro‘yxatiga kirtilmagan barcha boshqa 
    turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘zga yuridik shaxslarga tuzilgan 
    shartnomalar asosida kelishuv narxlarida shuningdek bozorlarda aholiga 
    bozor baholarida sotiladi. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi korxonalari 
    yetishtirgan mahsulotlarini o‘z xodimlarigamehnat haqi uchun natural to‘ lov 
    sifatida ham berishlari, ulami boshqa yuridik shaxslarga ta’sis badali sifatida 
    kiritishlari hamda bepul xayriya etishlari ham mumkin.
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat buyurtmasi, shuningdek o‘zaro 
    tuzilgan shartnomalar asosida sotish turli tayyorlov va qayta ishlovchi 
    korxonalar, masalan, paxtani qabul qi lish va qayta ishlash zavodlari, don 
    mahsulotlari kombinatlari, jun zavodlari, yog‘-moy kombinatlari va boshqa 
    shu kabi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 
    Davlat buyurtmasini bajaruvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa sotib 
    oluvchi yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi korxonalariga shartnomada 
    ko‘rsatilgan dastlabki to‘lovni amalga oshiradilar. Bunday to‘lovlarga 
    qishloq xo‘jaligi korxonalarida quyidagicha buxgalteriya yozuvi qilinadi: 
    Debet 
    5110 «Hisob-kitob schoti»;
    Kredit 
    6310 «Olingan bo‘naklar».
    Tayyorlov va qayta ishlovchi korxonalarga qishloq xo ‘jalik 
    mahsulotlarini sotish schot-fakturalar vaulargailovaqilinadigan qabul qilish- 
    topshirish dalolatnomalari, tovar-transport nakladnoylari va boshqa 
    hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar asosida qishloq xo‘jaligi 
    mahsulotlarini sotishdan olingan daromadga quyidagicha buxgalteriya 
    hisobi beriladi:
    Debet 
    4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar»;


    K redit 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar».
    Shundan soiig, dastlab, xaridorlardan olingan boiiaklar summasi 
    yopiladi va unga quyidagi yozuv beriladi:
    Debet 
    6310 «Olingan bo‘naklar»;
    K redit 4010 «Xaridorlardan olinadigan schotlar».
    Xaridorlardan oxirgi hisob-kitoblar bo‘yichaqarzlaming kelib tushishiga 
    quyidagicha yozuv qilinadi:

    Download 15,8 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   418




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish