Qishloq xo‘jaligi korxonalarida budjetga to' lanadigan QQS summasi
sotishdan olingan QQS summasidan ta’minotchilarga tovar-moddiy
resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar hamda schot-
fakturalar asosida to'langan QQS summasini ayirish y o ii bilan topiladi.
21
-son BHMSga muvofiq ta’minotchilarga tovar-moddiy resurslar va
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar va schot-fakturalar asosida
toiangan QQS summasi hisobot davri mobaynida4410 «Budjetga soliqlar
va yig" imlar bo‘yicha bo‘nak toiovlari» schotining debetida to‘planadi.
Bunda 6010 «Taininotchi va pudratchilarga to ianadigan schotlar»,
Ajratilgan 6100 « boiinm alar, shuba va qaram xo‘jalikjam iyatlariga
toianadigan schotlar», 6990 «Boshqa maj burivatlar» schotlari kreditlanadi.
Hisobot davri tugagandan keyingi oyning 25 sanasigacha qishloq
xo'jaligi korxonalari davlat soliq organlariga
QQS hisob-kitobini
belgilangan shakldataqdim ctishlari lozim. Shuningdek, ular soliq idoralariga
QQS hisob-kitobiga ilova tariqasida soliq davri mobaynida olingan tovarlar
(ishlar, xizmatlar) bo'yicha schot- fakturalar reestrini taqdim etishlari lozim.
QQS
hisob-kitobi, shuningdek unga
ilova qilinadigan reestr va
taqsimot asosida 4410 «Budjetga soliqlar va yigim lar bo‘yicha bo‘nak
toiovlari» schotining debetida to‘plangan summaning kamaytirishga olib
bori lgan qismiga buxgalteriyada quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 6410 «Budjetga toiovlar bo‘yicha qarz»;
K redit 4410 «Budjetga soliqlar va yigim lar bo‘yicha bo‘nak
toiovlari».
Kamaytirishga olib borilmagan va bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar
tannarxiga mutanosib usul bo‘yicha aniqlangan hamda kiritilgan QQS
summasiga quyidagicha quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari»;
K red it 4410 «Budjetga soliqlar va yigim lar bo‘yicha bo‘nak
toiovlari».
Oldingi hisobot davri uchun kamaytirishga
olib borilgan QQS
summasining hisobot davri uchun kamaytirishga olib borilgan soliq
summasidan ortiq boigan summasi vujudga kelgan hollarda ko‘rsatilgan
ortiqcha summa hisobot davridan keyingi davrda kamaytirishga olib
boriladi. Kamaytirishga olib boriladigan QQS summasi hisoblangan QQS
summasidan ortiq boiganida, unda bunday ortiqcha summa (manfiy saldo)
qishloq xo'jaligi korxonasiga uning soliqlar vayig‘imlar bo‘yicha qarzi
bo‘ Imagan taqdirda qonunda belgilangan tartibda qaytariiadi. Bunda ushbu
ortiqcha summa qishloq xo‘jaligi korxonasining shaxsiy schotida ortiqcha
to'lov sifatida emas, balki manfiy saldo sifatidahisobga olinadi. Ortiqcha
to‘langan QQS summasining qishloq xo'jaligi korxonasiga qaytarilishi
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: