T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK


4-s (ishbay) shakl 
- ATVlarda yuk tashishda ular haydovchilariga 
mehnat haqi ishbay shaklda shartnoma asosida belgilangan tariflarda hisob- 
kitob qilinganda qo‘llaniladi.

4 -p (v a q tb a y ) sh a k l 
- A TV larda yuk ta sh ish d a ular 
haydovchilariga mehnat haqi vaqtbay shaklda shartnoma asosida 
belgilangan tariflardahisob-kitob qilinganda qo‘llaniladi.

4-m (shaharlararo) shakl 
- ATVlarda yuk tashish shaharlararo 
yo‘nalishda amalga oshirilganda qo‘llaniladi. Ushbu shaklning yuzaqismida 
bosmaxona usulida qizil rangli katakcha ichida «Shaharlararo tashish» 
yozuvibo‘ladi.

 1 (xalqaro) shakl 
- ATVlarda yuk tashish xalqaro yo‘nalishlarda 
amalga oshirilganda qoilaniladi.
Yo‘l varaqalari ATV haydovchilariga avtotransport korxonasining 
maxsus bo‘limi (dispetcherlik bo'limi) yoki ushbu funksiyayuklatilgan


xodim tomonidan har bir ish kuniga (smenaga) beriladi. Shaharlararo va 
xalqaro yo‘nalishlardayuk tashish uchun yo‘l varaqalari bir ish kunidan 
ortiq muddatga berilishi mumkin. Haydovchi lar keyingi ish kuni (smena)ga 
yo‘l varaqalarini olishlari uchun oldingi ish kuni (smena)ga berilgan yo‘ 1 
varaqalarini topshirishlari shart. Ular yo‘l varaqalarini olganliklari 
to‘g‘risida dispetcherlikbo‘limida yuritiladigan «Berilgan yo‘l varaqalarini 
qayd etish kitobi»ga imzo chekadilar. Berilgan yo‘l varaqalari avtotransport 
korxonasining burchak shtampi va muhriga ega bolishi lozim.
Avtotransport korxonalariga, ulaming tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i 
nazar, yo‘lovchi va yuk tashish avtomobillarini belgilangan shakldagi yo‘l 
varaqalarisiz yo‘lgachiqarish qat’ian man etiladi. Yo‘l varaqalarining 
tasdiqlangan har bir shaklini to ig ‘azish tartibi yo‘riqnomada keltirilgan.
4-s (ishbay) shakldagi yo‘l varaqalari yuza va orqaqismlandan, ushbu 
qismlar esa alohidabo‘limlardan iborat bo‘lib, ularda ATV ish faoliyatiga 
doir ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Chunonchi, yo‘l varaqasiningyuzaqismida 
uning tartib raqami, berilgan sanasi, ish rejimi, haydovchi familiyasi, ismi- 
sharifi, toifasi, ATVning markasi, davlat belgisi raqami, tipi, tirkama yoki 
yarim tirkamaning markasi, davlat belgisi raqami, haydovchi bilan y o ig a 
chiqayotgan shaxslar (ekspeditor, yuk tashuvchi va tushiruvchi, staj er)ning 
familiyasi, ismi-sharifi alohida belgilangan qatorlarda ko‘rsatiladi.
Yo‘l varaqasining «Haydovchi va avtomobilning ishi» bo‘limida (2-va
3-ustunlar) avtomobilning naryadga chiqish va undan qaytib kelish sanasi 
(kun, oy, yil) hamda vaqti (soat, daqiqa) aks ettiriladi.
Y o i varaqasining «Haydovchiga berilgan topshiriq» boTimida (15- 
22-ustunlar) buyurtmachi tashkilotning nomi, unga yetib borish vaqti, yuk 
olish va yukni yetkazib berish joylari, tashiladigan yukning nomi, yuk bilan 
borib kelish qatnovlar soni, bosib o ‘tiladigan masofa, tashiladigan yuk 
miqdori (tonnada) ko‘rsatiladi.
YoT varaqasining maxsus «Yoqilg‘i berilsin» boTimida dispetcher 
mashina bakida mavjud bo‘lgan yoqilg‘ini hisobga olgan holda berilishi 
lozim bo‘lgan yoqilg‘i miqdorini so‘z bilan ko‘rsatadi.
Avtomobil naryadga chiqqanichayoT varaqasining boshqa qismlari 
ham toTdiriladi. Chunonchi, yoqilg‘i quyish shohobchasi mudiri 
avtomobilga quyilgan yoqilg‘ining turi, miqdorini ko‘rsatib, uni o‘z imzosi 
bilan tasdiqlaydi. Haydovchining yo‘lga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan 
o‘tganligi va uni ish qobiliyatiga egaligi avtotransport korxonasi vrachining


imzosi bilan tasdiqlanadi. Avtomobilning naryadga chiqishi navbatchi 
mexanikning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Buning uchun navbatchi 
mexanik yo‘l varaqasining maxsus bo‘limida avtomobilning naryadga 
chiqishdan oldin spidometr ko‘rsatkichini, uni nazorat punktidan haqiqatda 
chiqib ketayotgan vaqtini, bakda mavjud bo‘lgan yog‘ilg‘i miqdorini, 
avtomobilning texnik sozligini o‘z imzosi va shtampi bilan tasdiqlaydi. Yoi 
varaqasining «Haydovchi imzosi» qatoriga haydovchi avtomobilni 
navbatchi mexanikdan texnik soz holatda qabul qilib olganligi to‘ g‘risida 
imzo chekadi. Haydovchining imzosi berilgan topshiriqni bajarishga 
kirishganligini ham tasdiqlaydi.
Yo‘l varaqasining maxsus bo‘limi haydovchi tomonidan ATV yordamida 
naryadda bo‘lgan vaqtda haqiqatda bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’ lumotlami 
aks ettirishgamoijallangan. Bunday maiumotlaryoi varaqasidabuyurtmachi 
tashkilotning mas’ul xodimi tomonidan yoziladi, shuningdek imzolanadi va 
muhr bilan tasdiqlanadi. Chunonchi, yo‘l varaqasining 23-ustunida 
qatnovlaming tartib raqamlari, 24-ustunda TTNlaming tartib raqamlari, 25- 
ustunda har bir qatnovda bo‘lgan vaqt (soat, daqiqa) ko‘rsatiladi, 26- 
ustunda yukjo‘natuvchining imzosi vamuhri qo‘yiladi.
Y oi varaqasining maxsus boiim ida (27-29-ustunlar) avtomobilning 
buyurtmachi ixtiyorigajo‘natilgan kunida bo‘sh turgan vaqtlari va sabablari 
ko‘rsatiladi. 30-ustunda avtomobilning bo‘sh turgan vaqti va sabablarini 
tasdiqlovchi shaxslaming imzosi va buyurtmachi-tashkilotning muhri 
qo‘yiladi. Avtomobil naryaddan avtotransport korxonasiga qaytgach, 
haydovchi uni navbatchi mexanikkatopshiradi. Haydovchi avtomobilni soz 
holatda topshirganligi va navbatchi mexanik uni soz holatda qabul qilib 
olganligi to ‘g ‘risidayo‘1 varaqasiga imzo chekadilar. Bundan tashqari 
navbatchi mexanik haydovchining y o i varaqasida avtomobilning spidometr 
ko‘rsatkichini, korxonaga qaytgan haqiqiy vaqtini (soat, daqiqa), bakda 
qolgan yog‘ilg‘i miqdorini tegishli kolonkalargayozadi, ulami o ‘z imzosi va 
shtampi bilan tasdiqlaydi.
Haydovchilar ATVlar navbatchi mexanik tomonidan qabul qilingandan 
so‘ng yo‘ 1 varaqalarini barcha ularga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga 
dispetcherlik boiimiga imzo qo‘yib topshiradi. Ushbu boiim xodimi y o i 
varaqalariga qo‘shimcha maiumotlami, masalan avtomobilning garajdan 
birinchi xizmat joyigacha hamda oxirgi xizmat joyidan garajgacha yuksiz 
bosib 
0
‘tganmasafasini, bajarganishiningxarakterigako‘ra y o g ilg i sarfi


koefïïtsiyentini, ilova qilingan hujjatlar sonini va boshqa shu kabilami aks 
ettiradi hamda ulami o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
4-p (vaqtbay) shakldagi yo‘l varaqalari boshqa shakldagi yo‘l 
varaqalaridan farqli o‘laroq maxsus kesib olinadigan talon qismiga ega. 
Bu talonda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar buyurtmachi tomonidan to‘ldiriladi, 
imzolanadi va shtamp bilan tasdiqlanadi. Talon transport korxonasi 
tomonidan buyurtmachiga bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar uchun 
schot-faktura taqdim etishga asos bo‘ladi.

1 (xalqaro) ham d a 4-m (sh a h a rla ra ro ) sh ak llard ag i yo‘l 
varaqalarining asosiy qismlarini to ‘lg‘azish tartibi 4-s (ishbay) va 4-p 
(vaqtbay) shakllardagi y o i varaqalarini to ig ‘azish tartibiga o‘xshaydi. 
F aqat1 l(xalqaro) shakldagi yo‘l varaqalaridaqo‘shimchatarzda bosib 
o ‘tilgan yo‘l uzunligi (km), tashilgan yuk (tonna), yuk aylanmasi hajmi (t/ 
km), avtomobilning bo‘sh turgan vaqtlari (soat, daqiqa) kabi ko‘rsatkichlar 
mos ravishda 0 ‘zbekiston maydoni hamda chet el mamlakatlari maydonlari 
bo‘yichako‘rsatiladi. Shuningdek, ushbu y o i varaqasining «Yoqilg‘i» 
b o iim id a mos ravishda respublikamiz hamda chet el mamlakatlari 
maydonida olingan yoqilg‘iningmiqdori vasarfininghisob-kitobi alohida- 
alohida ko‘rsatiladi. Bu bo‘ limning alohida ustunlarida avtomobilning chiqib 
ketish va qaytib kelish sanasiga bo‘ lgan yoqilg4 ining qoldig4 i, uning norma 
bo‘yicha sarfi va haqiqiy sarfi, qilingan tejam va ortiqcha sarflar 
ko‘rsatiladi. 1 1 (xalqaro) shakldagi y o i varaqasida «Ish haqi hisob- 
kitobi» b o iim i b o iib , uning alohida ustunlarida ish turlari va ularga 
hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi maiumotlar ko‘rsatiladi.
Y o i varaqalari da ko‘rsatilgan m aium otlam ing haqqoniyligi uchun 
avtotransport korxonasi rahbari hamda ulami rasmiylashtirishga mas’ul 
xodimlar shaxsanjavobgarhisoblanadi. Y oi varaqalarini rasmiylashtirish 
funksiyasi yuklatilgan mas’ul xodim y o i varaqalari blankalarining sarfi 
to‘g‘risida oylik hisobot tuzishi va uni buxgalteriyaga taqdim etishi lozim. 
Y oi varaqalarini rasmiylashtirishda bo‘yab yozishga vatuzatishlar kiritishga 
y o i qo‘yilmaydi.
Avtotransport korxonalarida yuqorida keltirilgan tartibga muvofiq 
toidirilgan barcha y o i varaqalari ularga ilova qilingan hujjatlar bilan birga 
dispetcherlik boiim i tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Avtotransport 
korxonasi buxgalteriyasida y o i varaqalariga ishlov beriladi, ya’ni ular 
asosida avtomobillaming ish faoliyati, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan


xizmat)lardan olingan daromad, buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar, 
haydovchilar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar hisobi yuritiladi.
Yo‘riqnomaga muvofiq yo‘l varaqalariga ishlov berish quyidagi 
usullaming bin bo‘yicha amalga oshiriladi - kompyuterlar yordamida yoki 
qo‘lda. Yo‘l varaqalariga kompyuterlar yordamida ishlov berishda barcha 
ma’lumotlar «Avtotransport ish faoliyati hisobi kartochkasi»ning elektron 
menyu shakliga har bir rekvizitning kodi orqali kiritiladi. Hisob-kitob 
qilinadigan k o ‘rsatkichlarni kom pyuter o ‘zi hisoblaydi ham da 
kartochkaning tegishli qatorlari va ustunlariga yozadi. Shu yo‘l bilan 
to‘ldirilgan elektron kartochkalami kompyuteming ekraniga yoki bosmaga 
mosravishdagi rejimlar orqali chiqarib olishmumkin. Kompyuter xotirasida 
to ‘plangan elektron kartochkalar unda ATVlar ish faoliyatiga doir 
ma’lumotlami turli shakl va mazmundagi mashinogrammalar ko‘rinishida 
olish imkonini beradi. Ushbu mashinogrammalar ma’lumotlari avtotransport 
korxonasi boshqaruv apparati bo‘linmalari tomonidan ATVlar ish faoliyati 
samaradorligi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, tahlil etish va tegishli 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishdakeng foydalaniladi.
ATVlar ish faoliyati hisobini yuritishga asos bo‘luvchi yana bir 
boshlang‘ich hujjat Bo‘ lib tovar-transport nakladnoyi (TTN) hisoblanadi.

Download 15,8 Mb.
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish