Avtotransport korxonalarida 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
schotining yopilishi quyidagi buxgalteriyayozuvlari bilan aks ettiriladi:
(1)yordamchi ishlab chiqarishdan olingan turli derailin',
kimstruksiyalar, moslamalar, xo jalikjihozlari qiymatiga:
Debet 1000 «Materiallar»;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
(2) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining kapital invest is iya
sifatida tan olingan summasiga:
Debet 0890 «Boshqa kapital qo'yilmalar»;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
(3) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari asosiy ishlab chiqarish
xarajatlariga kiritilgan summasiga:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(4) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining davr xarajatlari
hisobi schotlariga o ‘tkazilgan qismiga:
Debet 9400 «Davr xarajatlarini hisobga olib boruvchi schotlar»
■! K redit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish».
1 Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ular taqsimotining tahliliy hisobi
avtotransport korxonalari yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish
bo‘linmalari bo‘yicha lOjumal-orderdayuritiladi.
Avtotransport korxonalarida umumishlab chiqarish xarakteriga ega
bo‘ lgan xarajatlar hisobi 2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida
yuritiladi. Ushbu schotda quyidagi xarajatlar aks ettiriladi:
a) ombor xo‘jaliklarini saqlash hamda ularni ekspluatasiya qilish
xarajatlari;
b) ishlab chiqarish maqsadidagi mol-mulkni sug‘urtalash xarajatlari;
v) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
g) ATVlar yordamida ish (xizmat)lami yurituvchi xodimlarga maishiy,
tibbiy, sanitariya-gigiyena, ovqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha xizmatlami
ko‘rsatish boiinmalari.
d) ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish
xarajatlari;
e) umumishlab chiqarishda band boigan xodimlarga hisoblangan
mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Hisobot oyi mobaynida 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari»
schotining debetida va mos ravishdagi boshqa schotlaming kreditida
nomlari yuqorida zikr etilgan xarajat moddalari bo'yicha m a’lumotlar
jamlanadi. Oy oxirida ushbu schotning debetidato‘plangan xarajatlar
avtotransport korxonasi hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy
ishlab chiqarish (2010 schot), yordamchi ishlab chiqarish (2310 schot)
hamda davr xarajatlari (9400 schot)ga taqsimlanadi.
Avtotransport korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlarining tahliliy
hisobi umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha
10 jumal-orderda yuritiladi.