Ko‘rinib turibdiki, kumulyativ usul yuqorida keltirilgan ikkita usuldan
farqli oiaroqA I’Vlami tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilinishiga olib
keladi. Bu, bir tomondan ATVlar m a’naviy eskirishining oldini oladi,
ikkinchi tomondan esa, ulaming texnik-ekspluatasion imkoniyatlaridan
to iiq foydalanishni obyektiv zarurat qilib qo‘yadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq daromad
(foyda) solig‘i toiovchi avtotransport korxonalarida ATVlarga kumulyativ
usul bo‘yichahisoblangan amortizatsiya summasi birmaromda hisoblash
usulida hisoblangan eskirish summasidan katta boisa, u holda o‘rtadagi
farq summasi daromad (foyda) soligi bazasiga qayta qo‘shiladi.
Kumulyativ usulning kamchiliklaridan biri shundaki. u bir maromda
hisoblash usuli singari ATVlar amortizatsiyasi (eskirishi)ni hisobot davrlarida
haqiqatda keltirgan daromadiga mos holda bajarilgan ish (ko‘rsatilgan
xizmat)lar tannarxiga kiritilishiga imkon beiTnaydi.
Amortizatsiya (eskirish)ni qoldiq qiym atdan hisoblash usuli ham
tezlashtirilgan usulga kiradi. Ushbu usulda avtotransport vositalarining
amortizatsiyalanadigan qiymati b o iib
ulaming boshlangich qiymati
hisoblanadi. Amortizatsiya (eskirish) me‘yori ATVlaming Soliq kodeksida
ko‘zda tutilgan me’yorini belgilangan koeffitsiyentga ko‘paytirgandan keyin
topilgan miqdordaqoilaniladi. Masalan, Soliq kodeksiga muvofiq yillik
amortizatsiya me’yori 20 foiz bolgan ATVbo‘yicha avtotransport korxonasi
hisob siyosatidao‘matilgan me’yorga nisbatan 1,5 koeflitsiyent qoilanilishi
ko‘zda tutilgan boisa, u holda ushbu ATVning yillik amortizatsiya me’yori
30 foizni (20* 1,5), agar bu koeflitsiyent 2 boisa, u holda yillik amortizatsiya
me’yori 40 foizni (20*2) tashkil etadi. Yillik amortizatsiya me’yorining 1/12
qismi oylik amortizatsiya me’yori hisoblanadi.
Amortizatsiya (eskirish)ni qoldiq
qiymatdan hisoblash usulida
amortizatsiya (eskirish) summasi ATV sotib olingan oydan keyingi oydan
boshlab boshlangich qiymatdan, undan keyingi oylardan boshlab esa
oldingi oylar oxiriga qolgan qoldiq qiymatdan hisoblanadi.
Misol.
Aytaylik, avtotransport korxonasi 15 sentabr kuni taksi
sifatida ishlatish maqsadida 10 dona «Volga 31105» rusumli
avtomobillarni sotib oldi. Ular har birining boshlang ‘ich qiymati
15000000 s o ‘m. Korxona hisob siyosatida ATVlam ing tugatish
qiymati nazarda tutilmagan. ATVlaming xizmat muddati 5yil, yillik
amortizatsiya me yori 20 %. Korxona yillik amortizatsiya me ’yorini