Ular ATVlar yordamida ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish bo ‘yicha
buyurtmachilar bilan shartnomalar tuzishda shartnoma qiymatini belgilashga
xizmat qiladi.
ATVlar yordamida bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)lar
tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda shartnoma baholarini aniqlash tartibi
ko‘rgazmali tarzda 20.5-jadvalda yuk tashishga m o‘ljallangan ATV
bo‘yicha, 20.6-jadvalda esayo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan ATVlar
bo‘yicha keltirilgan.
ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)laming haqiqiy
tannarxi turli usullarda kalkulyatsiya qilinishi mumkin. Amaliyotda eng keng
tarqalgan usullar yaxlit hamda buyurtmali usullar hisoblanadi.
Yaxlit usulda ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan
xizmat)laming haqiqiy tannarxi yaxlit tarzda avtotransport korxonasi
bo ‘yicha bosh kitobda ochi lgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schoti
maTumotlari asosida topiladi. Ushbu
schotning debetida alohida
korrespondensiyalanuvchi schotlar b o ‘yicha to ‘plangan yig ‘ma
maTumotlar bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)laming haqiqiy tannarxini
bildiradi. Hisobot oyi oxirida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)laming
haqiqiy tannarxi quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet 9130 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi»;
Kredit
2010 «Asosiy ishlab chiqarish».
Yaxlit usulda 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schotining debetida alohida
korrespondensiyalanadigan schotlar bo‘yicha keltirilgan maTumotlar
avtotransport korxonasi bo‘yicha «Bajarilgan ish (ko‘rsatilganxizmat)larning
haqiqiy tannarxi to‘g‘risidahisobot»ni tuzishgaasos boiadi. Ushbu hisobotda
har bir xarajat moddasi bo‘yicha keltirilganma’lumotlami tasdiqlangan reja
(normativ) tannarx ma’lumotlari bilan taqqoslash bajarilgan ish (ko‘rsatilgan
xizmat)lami to‘g‘ri rejalashtirilganligi yoki ular bo‘yichanormativlaming to‘g‘ri
belgilanganligigabaho berishga, reja yoki normativlardanchetlanishlaming
sabablari, aybdorlari va boshqa jihatlarini aniqlashga, shuningdek tegishli
boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon beradi.
Buyurtmali usulda buyurtmachilar uchun ATVlar yordamida bajarilgan
ish (ko‘rsatilgan xizmat)laming haqiqiy tannarxi ulaming har bin bo‘yicha
hisob-kitob qilinadi. Bunday hisob-kitob har bir buyurtmachi bo‘yicha
2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schoti qoshidaochilgantahliliy schotlarda
to‘plangan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.