moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari hisobi




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari hisobi
Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy 
natijalar sotishdan olingan sof tushum, sotish tannarxi, sotishdan olingan 
foyda yoki zarar, davr xarajatlari, asosiy faoliyatdan olingan boshqa 
daromadlar, asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar kabi ko‘rsatkichlar 
bilan tavsiflanadi. Ushbu ko‘rsatkichlami shakllantirish vahisobgaolishda 
avtotransport korxonalari boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar singari 
0 ‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 
54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalami shakllantirish 
to‘g‘risidanizom»ga, shuningdekrespublikamizning 1-son “Moliyaviy 
hisobot va hisob siyosati», 2-son BHMS «Asosiy faoliyatdan olingan 
daromadlar», 3-son BHMS «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» va 
21 - son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi schotlarrejasi vauni qo‘llashbo‘yichayo‘riqnoma»ga 
amal qilishlari lozim.
Avtotransport korxonalarida sotishdan olingan sof tushum deganda 
ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan 
daromadlar tushuniladi. Hisobot davri (oy, chorak, yil) davomida sotishdan 
olingan sof tushum 9030 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan 
daromadlar» schotining kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu 
schotning kreditida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» 
schotiga o ‘tkaziladi va shu y o i bilan u yopiladi.
Avtotransport korxonalarida sotish tannarxi deganda ATVlar yordamida 
bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)largaketgan barcha ishlab chiqarish 
maqsadidagi sarf-xarajatlar tushuniladi. Ushbu ko‘rsatkichning hisobi 
hisobot davri (oy, chorak, yil) davomida 9130 «Bajarilgan ish va 
ko‘rsatilgan xizmatlaming tannarxi» schotida yuritiladi. Hisobot davr 
oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy 
moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi.

Download 15,8 Mb.
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari hisobi

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish