zarar summasini ayirish yo‘li bilan topiladi. 21 -son BHMSga muvofiq
av to tran sp o rt k o rx o n alarid a fav q u lo d d ag i daro m ad lar 9710
“Favquloddagi foyda” schotining kreditida hisobga olinadi.
Bunda
favqulodda olingan yoki hisoblangan foydaning turlarini ko‘rsatuvchi
schotlar, masalan 0100,0400,0700,1000,4890,5010,5110 va boshqa
schotlardebetlanadi. Favquloddagi zararlar hisobi 9720 “Favquloddagi
zararlar” schotining debetidayuritiladi. Bunda favquloddagi hodisalardan
ko‘rilgan zararlaming aniq moddalarini ko‘rsatuvchi schotlar, masalan,
0100, 0400, 0700, 1000, 5010, 5110, 6990
va boshqa schotlar
kreditlanadi. Hisobotdavri oxirida 9710 “Favquloddagi foyda” schotining
kreditida hamda 9720 “Favquloddagi zararlar” schotining debetida
to‘plangan summalar mos ravishda 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘ 1 bilan ushbu schotlar yopiladi.
Daromad (foyda) solig‘iga tortiladigan foyda (zarar)
ko‘rsatkichi
soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) summasiga «Mahsulot (ish,
xizmat)lami ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalami
shakllantirish to‘g‘risida nizom»ning 1 -ilovasida keltirilgan doimiy farqlar
va beg‘araz olingan mulk summalarini qo‘shish, shuningdek ushbu
nizomning 2-ilovasida keltirilgan vaqtinchalik farqlar, ol ingan dividendlar
hamda daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha soliq qonunchiligida ko‘zda
tutilgan imtiyozlar summalarini chegirish yo‘li bilan topiladi.