- hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillaming foydasi va boshqalar.
21-son BHMSga muvofiq avtotransport
korxonalarida asosiy
faoliyatdan olingan boshqa daromadlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan
boshqa daromadlami hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida
schotlarning kreditida aks ettiriladi. Bunda asosiy faoliyatdan olingan
boshqa daromadlaming aniq turlarini
ifodalovchi schotlar, chunonchi, 1000,
5010, 5110, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220
va boshqalar
debetlanadi. Hisobot davr oxirida 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa
daromadlami hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida
schotlarning kreditida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
schotiga oikaziladi va shu yo‘l bilan ular yopiladi.
Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar)
sotishdan olingan foyda (zarar) summasiga asosiy faoliyatdan olingan
boshqa daromadlar summasini qo‘shish hamda davr xarajatlari summasini
ayirishdan keyin hosil bo‘lgan summadan tashkil topadi. Buxgalteriya
hisobida asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar suramasi 9910
«Yakuniy moliyaviy natija» schoti ma’ lumotlari asosida arifmetik yo‘l
bilan
topiladi.
21.2.
Avtotransport korxonalarida um um xo‘jalikfao!iyatidan
olingan moliyaviy natijalarning hisobi
Avtotransport korxonalari, oldingi mavzularda ta’kidlab o‘tganimizdek,
asosiy faoliyatdan tashqari boshqa asosiy bo‘lmagan faoliyat turlari bilan
ham shug‘ullanishlari mumkin. Bunday faoliyat turlariga, jumladan ulaming
investisiya faoliyati, moliyaviy faoliyati, emissiya faoliyati va boshqalar
kiradi. Ushbu faoliyat turlari bo‘yicha erishilgan moliyaviy natijalar ham
mos ravishda ularga doir daromad, xarajat
hamda foyda yoki zarar
ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Bu ko‘rsatkichlar bilan birgalikda topilgan
moliyaviy natijalar avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyatidan
olingan moliyaviy natijalarini ifodalaydi.
Avtotransport korxonalarida umumxo‘jalik faoliyatidan olingan
darom adlarga boshqa yuridik shaxslarga k iritilg an m oliyaviy
investisiyalardan dividend, royalti va foiz ko‘rinishida olingan daromadlar,
shuningdek uzoq muddatli ijaradan, valuta kurslarini ijobiy tomonga
o‘zgarishidan, qimmatli qog‘ozlami qaytabaholashdan olingan daromadlar
kiradi. Ushbu daromadlar hisobot davrida 9500 «Moliyaviy faoliyatdan
daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochiladigan alohida
schotlarning kreditida aks ettiriladi. Bunda asosiy bo‘lmagan faoliyat
turlaridan olinganboshqa daromadlaming aniq turlarini ifodalovchi schotlar,
chunonchi 4010, 4310, 4810, 4820, 4830, 4840, 4850, 5210, 5220,
5810, 6230 va boshqalar debetlanadi. Hisobot davr oxirida 9500
«Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida
ochiladigan alohida schotlarning kreditida to‘plangan summa 9910
«Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan ular
yopiladi.
Avtotransport korxonalarining um um xo'jalik
faoliyatiga doir
xarajatlarga olingan kredit va qarzlar uchun toManadigan foizlar, valuta
kurslarini salbiy tomonga o ‘zgarishidan, qimmatli qog‘ozlami qayta
baholashdan ko‘rilgan zararlar kiradi. Ushbu xarajatlar va zararlar hisobot
davrida 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarni
hisobga oluvchi
schotlar» tizimida ochiladigan alohida schotlarning debetida aks ettiriladi.
Bunda asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga doir xarajat va zararlaming aniq
turlarini ifodalovchi schotlar, chunonchi 6010,6310,6910,6920,6990,
5020,5210,5220,5810 va boshqalar kreditlanadi. Hisobot davr oxirida
9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar»
tizimida ochiladigan alohida debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy
moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan ular yopiladi.
Umumxo‘jalik faoliyatiga doir daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq
avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydasi
yoki undan ko‘rilgan zararini bildiradi. Ushbu foyda yoki zarar arifmetik
yo‘l bilan 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi
schotlar» hamda 9600 «Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarni hisobga
oluvchi schotlar»ning 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotining mos
ravishda kredit va debet tomonlariga o‘tkazilgan ma’lumotlar asosida
topiladi.
Avtotransport korxonalarining umumxo‘jalik faoliyati moliyaviy
natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga yuqoridagi ko‘rsatkichlardan
tashqari