tannarxi summalarining farqidan tashkil topadi. Softushumning sotish
tannarxidan ko‘p b o iish i avtotransport korxonasining bajarilgan ish
(ko‘rsatilganxizmat)lardan foydaolganligini, aksincha sof tushumning sotish
tannarxidan kam bo‘lishi esa avtotransport korxonasining bajarilgan ish
(ko‘rsatilgan xizmat)lardan zarar ko‘rganligini bildiradi. Buxgalteriya
hisobida sotishdan olingan foyda yoki zarar summasi 9910 «Yakuniy
moliyaviy natija» schoti ma’lumotlari asosida arifmetik yo‘l bilan topiladi.
Avtotransport korxonalarida davr xarajatlari deganda ular tomonidan
bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lami sotish, ma’muriy-boshqarish va
boshqa operasion faoliyatga doir xarajatlar tushuniladi.
U shbu
xarajatlarning hisobi mos ravishda 9410 «Sotish xarajatlari», 9420
«Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari», 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»
va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan
chegiriladigan hisobot davr
xarajatlari» schotlaridaolib boriladi.
Avtotransport korxonalarida sotish xarajatlariga reklama xarajatlari,
ish va xizmatlami bajarish bo‘yicha shartnomalami tuzish xarajatlari, sotish
bilan bog‘liq safar xarajatlari va boshqalar kiradi. Sotish xarajatlari 9410
«Sotish xarajatlari» schotining debetida va bu xarajatlarning aniq turini
ifodalovchi boshqa schotlarning (masalan, 100,0, 5010, 5110,6710,
6520,6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida
ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy
natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi.
Avtotransport korxonalarining ma‘muriy-boshqaruv xarajatlariga
boshqaruv apparati xodimlariga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga
ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, safar xarajatlari, yuqori tashkilotni
saqlash uchun ajratmalar, telefon aloqasi, kanselyariyaj ihozlarini hisobdan
chiqarish va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bog‘liq xarajatlar kiradi.
Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari 9420 «Ma‘muriy-boshqaruv xarajatlari»
schotining debetida va aniq xarajatlami ifodalovchi boshqa schotlarning
(0200, 0500, 1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990)
kreditida aks
ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa
9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u
yopiladi.
Avtotransport korxonalarida boshqa operasion xarajatlarga xodimlarga
ko‘rsatilgan moddiy yordamlar, kompensasiya toiovlari, turli otaliq va
hayriya maqsadlarida qilingan xarajatlar, mol-mulk solig‘i, yer solig1 i, suv
solig‘i, pensiya fondiga, y o i fondiga, maktablami rivojlantirish
fondiga
majburiy ajratmalar, mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar va
boshqa shu kabi operasion xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar 9430
«Boshqa operasion xarajatlar» schotining debetida aks ettiriladi.
Bunda
operasion xarajatlaming aniq moddalarini ifodalovchi boshqa schotlar
(1000, 5010, 5110,6400,6710,6520,6990,9210,9220) kreditlanadi.
Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan summa 9910
«Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi va shu yo‘1 bilan u yopiladi.
Avtotransport korxonalarida 9440 «Kelgusida
soliq bazasidan
chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schotining debetida ularning
kelgusida faoliyatni rivoj lantirish maqsadida sarflagan xaraj atlari, chunonchi
yangi ishlab chiqarishni vayangi texnologiyalami o‘zlashtirishga, boshqaruv
tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operasion xarajatlar
aks ettiriladi. Bu turdagi xarajatlar respublikamizning soliq qonunchiligiga
ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-
kitob asosida chiqarib boriladi. Kelgusida soliq bazasidan chegirib
boriladigan xarajatlar bu schotning debetida va boshqa schotlarning
(masalan, 1000, 5110, 5010, 6010, 6710,6520,6990 va shu kabilar)
kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schotning debetida
to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkaziladi
vashuyo‘l bilan u yopiladi.
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xaraj atlarini
o‘zgarishi avtotransport korxonalarida boshqa yuridik shaxslardagi kabi
balansdan tashqari 012 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot
davr xarajatlari» schotida belgilangan muddatda ko‘rsatib borilishi lozim.
Avtotransport korxonalarining