Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/418
Sana17.01.2024
Hajmi15,8 Mb.
#139284
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   418
Bog'liq
4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

24.3. 
Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining 
hujjatlashtirilishi
Ulgurji savdo korxonalariga tovarlar tuzilgan shartnomalar asosida 
quyidagi manbalardan kelib tushadi:
- turli mulk shaklidagi ishlab chiqarish korxonalari;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va tayyorlovchi 
korxonalari;
- chet el importyorlari.
Tovarlaming sotib olinishi va kirimini hujjatlashtirish ularning yuqorida 
keltirilgan kelib tushish manbalariga hamda ularni tashib keltirish 
transportining turiga bog‘ liq. Ulguij i savdo korxonalariga tovarlar chet el 
mamlakatlaridan, respublikamizning boshqa shahar va tumanlaridan, 
shuningdek mahalliy ta’minotchilardan turli transport vositalarida (temir 
yo‘l, suv va havo yo‘llari transporti, ixtisoslashgan avtotransport 
korxonalarining transport vositalari va savdo korxonasining xususiy 
avtotransporti) tashib keltirilishi mumkin.
Chet mamlakatlardan iste’mol tovarlarini olib kelinishining alohida 
shartlari va tartibi mavjud. Ular 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2002-yil 20- avgustdagi «Lisenziyalami bekor qilish 
hamda iste’mol tovarlarini olib kelish va 0 ‘zbekiston Respublikasining 
ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
295-son qarori va ushbu qarorga muvofiq ishlab chiqilgan «Yuridik va


j ismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlarini olib kelish va sotish tartibi 
to‘g‘risida Nizom»15 da keltirilgan. Ushbu qaror va Nizomga muvofiq 
chet eldan import qilingan barcha iste’mol tovarlari respublikamiz hududida 
erkin muomalagafaqat bojxonarasmiylashtimvidan keyin chiqariladi. Chet 
eldan keltirilgan iste’mol tovarlarining bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi 
tartibda amalgaoshiriladi: Bojxonaga iste’mol tovarlarini qabul qilish uchun 
yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan va ro‘yxatga 
olingan xorijiy kontraktlar mavjud boMishi kerak:
- bojxona chegerasi orqali iste’mol tovarlarini olib kelishda bojxona 
toiovlari vaqonun hujjatlarida belgilangan boshqamajburiy toiovlarva 
yig‘imlar o‘zvaqtidavato‘liq to‘lanishi lozim;
- olib kelinayotgan iste’mol tovarlariga ta’minotchilaming muvofiqlik 
serti fikatlari mavjud boiishi lozim.
- sotib oluvchi ulguiji savdo korxonalari bojxona rasmiylashtiruvida 
bojxona yuk deklarasiyasi (BYuD) bilan birga o ‘zining rasmiy 
distribyuterlarining ro‘yxatini belgilangan shaklda taqdim etishlari shart.
Bojxonadan import tovarlar savdo korxonasi vakili (ekspeditori) 
tomonidan BYuD asosida qabul qilib olinadi. O m bor mudirlari 
ekspeditorlardan import tovarlarni tasdiqlangan shakllardagi «Kirim 
orderi» (M-3, M-4) tuzish y o ii bilan qabul qilib oladilar.
Boshqa shaharlarda joylashgan ta’minotchilardan tovarlar asosan temir 
y o ‘l va y o ‘l a v to tran sp o rti o rq ali, bir sh ah a rd a jo y la sh g a n
ta’minotchilardan ular asosan yo‘l avtotransporti bilan tashibkeltiriladi.
Ta’minotchilar tovarlarni ulguiji savdo korxonalarigajo‘natishni tuzilgan 
shartnomalarga asosan oldindan to‘ lovni kamida 15 foizi o‘tkazib berilgan 
taqdirda amalga oshiradilar. Tovarlarni jo ‘natishda ta’minotchilar quyidagi 
hujjatlami taqdim etishi lozim:
- yuklash hujjatlari - bular temir yo‘l nakladnoyi, tovar-transport 
nakladnoyi;
- tovarlarni sifat jihatlarini tasdiqlovchi hujjatlar- bular muvofiqlik 
serti fikati, spesifikasiyalar, laboratoriyatahlili dalolatnomasi, oichov tahlili 
dalolatnomasi, o‘rov yorliqlari;
-hisob-kitob hujjatlari - bular belgilangan shakllarda tuzilgan schot- 
fakturalar va to io v talabnomasi.
15 O ' z b e k i s t o n R e s p u b lik a si A d liy a V a z irlig i t o m o n i d a n 2 0 0 2 - yil 3 1 - a v g u s t d a
r o ' y x a t d a n o ‘tk a z i l g a n , №
1169.


Tovarlarni bevosita ta’minotchilardan yoki temir yo‘l transporti 
stansiyasidan qabul qilish va olib kelish uchun ulgurji savdo korxonalari 
o‘zlarining vakillarini safaibaretadilarva ulaming nomlariga ishonchnomalar 
beradilar. Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalar 
0 ‘zbekiston Respublikasi MoliyaVazirligining2003-yil 7-maydagi 62- 
son bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan «Tovar-moddiy boyliklarni olishga 
ishonchnomalami berish va ishonclinomalar bo‘yicha ulaming berish tartibi 
to‘g‘risida Nizom» va unga Moliya Vazirligining 2003-yil 28- oktabrdagi
121 -son buyrug4 i bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ishonchnoma berilgan vakil boyliklarni olganidan so‘ng korxona 
buxgalteriyasiga topshiriq bajarilganligi to‘g‘risidagi va olingan tovar- 
moddiy boyliklarni omborxonaga yoki tegishli moddiyjavobgar shaxsga 
topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi (topshirishi) shart. 
Ishlatilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi 
kun uni bergan korxonaga qaytarilishi kerak.
Tovar-moddiy boyliklarni olish va olib chiqib ketish uchun berilgan 
ishonchnomalar ulami yetkazib beruvchilarda qoladi. Yetkazib beruvchida 
ishonchnomaning tartib raqami va berilgan sanasi tovarlarni jo ‘natish 
hujjatlarida (schot-faktura, tovar-transport nakladnoyi, temir yo‘1 
nakladnoyi, yuk kvitansiyasi va shu kabi yuklab jo ‘natilgan tovarlarga 
guvohlik beruvchi hujjatlarda) ko‘rsatiladi. Yetkazib beruvchida tovarlarni 
yuklab j o ‘natish tugagach ishonchnomalar moddiyjavobgar shaxslar 
tomonidan tovar hujjatlari bilan buxgalteriyagatopshiriladi.
Temir yo‘ 1 stansiyalariga vagonlarda (konteynerlarda) yetkazib keltirilgan 
tovariami qabul qilib olish ulgmji savdo korxonalarining ishonchnoma, fàrmoyish 
va yuk kvitansiyalariga ega bo‘lgan vakillari (odatda, ekspeditorlar) tomonidan 
amalga oshiriladi. Vagonlarda plombalar buzilmagan bo‘lsa, bu to‘g‘risida 
ekspeditor temir yo‘l nakladnoyi va yuk kvitansiyasiga imzo chekadi, 
shuningdek tovariami nakladnoy bo‘yicha qabul qilib oladi.
Agar vagon (konteyner) plombalarida, tovarlar joylashtirilgan idishlar 
va o‘rovlarda buzilish hollari bo‘lsa, shuningdek tovarlar miqdori, og‘irligi 
va soni bo‘yicha temir yo‘l nakladnoyida ko‘rsatilganidan chetlanishlar 
aniqlansa, u holda ekspeditor barcha tovarlarni tortishni, sanashni, 
shuningdek aniqlangan chetlanishlar bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi 
«Tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma»ni (M-7) 
tuzishni talab qiladi. Ushbu dalolatnoma uch nusxada tuziladi, uning bir


nusxasi transport tashkilotiga, ikki nusxasi-ulgurji savdo korxonasi 
ekspeditorigaberiladi. Dalolatnomaga stansiya boshlig'i, ulgurji savdo 
korxonasining vakili (ekspeditor) va tovarlarni qabul qilishda ishtirok etgan 
boshqa shaxslar imzo chekadilar. Dalolatnomada tovaming nomi, uning 
haqiqiy soni vaog'irligi, yetkazib beruvchining hujjatiga muvofiq soni va 
og‘irligi, shuningdek son va og‘irlik bo‘yicha aniqlangan farq ko'rsatiladi.
Temir yo‘ 1 stansiyasida tovarlar kamomadining miqdori tabiiy kamayish 
me’yorlari doirasidaaniqlansa, u holda M-7 shaklli dalolatnoma tuzilmaydi, 
balki aniqlangan kamomad to‘g‘risida temir y o i nakladnoyidayozuvlar 
qilinadi. Agar tovarlar og‘irligi aniqlanmasdan qabul qilinsa bu haqda temir 
yo‘l nakladnoyigayozuvlar qilinishi lozim.
Qabul qilishda kamomad yoki tovarlar buzilishi aniqlaninagan bo‘Lsa, 
u holda ekspeditor yuk kvitansiyasiga, temir yo‘l nakladnoyiga tovarlarni 
qabul qilib olganligi to‘g'risida imzo chekadi, temir yo‘l stansiyasi vakili 
tovarlarni topshirganligini o'zimzosi bilan tasdiqlaydi.
Agar, tovarlar temir yo'l stansiyasidan ulgurji savdo korxonasiga 
avtotransport tashkilotining transporti bilan yetkazilsa, u holda ekspeditor 
uch nusxada tovar-transport nakladnoyi tuzadi, uning bir nusxasini 
tovarlarni qabul qilgan shaxsning imzosi bilan o'zida qoldiradi, qolgan 
tovarlarni topshirganligi to'g'risida imzo chekilgan ikki nusxasini yetkazib 
beruvchi avtotransport tashkiloti vakiliga beradi. Temir yo‘ 1 stansiyasidan 
ulguiji savdo korxonasiga tovarlarni yetkazib berishga va ularning butligiga 
ushbu vaqtdan boshlab avtotransport tashkiloti vakili javob beradi. Agar, 
avtotransport tashkiloti vakili bilan tovarlarni ekspeditoming o ‘zi ulguij i 
savdo korxonasigacha kuzatib borsa, u holda tovar-transport 
nakladnoyining bir nusxasi avtotransport tashkiloti vakiliga ko'rsatgan 
xizmati uchun to‘lov hujjatlarini taqdim etish uchun beriladi.
Tovarlar ta’minotchilaming avtotransporti orqali jo‘natilganda, shuningdek 
savdo korxonasining o‘z avtomashinasidayuborilganda ekspeditorgabir nusxa 
tovar-transport nakladnoyi (TTN) va bir nusxa schot-faktura taqdim etiladi. 
Bu holda ham ombor mudiri tovarlarni ekspeditordan 
sliaklii kirim orderi 
tuzish orqali qabul qilinadi. Qabul qilishda chetlanishlar aniqlansa, shuningdek 
hujjasiz tovarlar kelib tushganda ombor mudiri transport tashkiloti yoki 
ta’minotchi vakili, ekspeditor va boshqa xodimlar ishtirokida M-7 shaklli 
«Tovar-moddiyboyliklami qabul qilish to‘g‘risidadalolatnoma»sini tuzadi 
va u bo‘yicha tovarlarni moddiy javobgarlikka qabul qiladi.


Ekspeditorlar qabul qilingan va omborlarga topshirilgan tovarlar 
bo‘yicha belgilangan shakl (MX-21 ) va tartibda hisobot topshiradilar.
Ekspeditorlaming tashib keltirgan va omborga topshirgan tovarlari 
bo‘yicha tuzilgan hisobotlari asosida savdo korxonasining buxgalteriy&si 
yoki marketing boiimi tasdiqlangan shakldagi «Kelib tushayotgan yuklami 
hisobga olish jumali»ni (M-1 ) yuritadi. Ushbu jumalga yozuvlar TTN, temir 
yo‘l nakladnoylari, schot-fakturalar, kirim orderlari, tovar-moddiy boyliklami 
qabul qilib olish to‘g‘risida dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ulguiji savdo korxonalari tomonidan tovarlarni tuzilgan shartnomalar 
asosida xaridorlarga sotilishi Soliq kodeksiga muvofiq tasdiqlangan 
shakldagi schot-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Xaridorlamingtalablariga 
ko‘ra tovarlar o ‘zga transport tashkiloti avtotransporti bilan olib 
ketilayotgan holda schot-fakturaga qo‘shimcha tarzda TTN ham tuzilishi 
mumkin. Tovarlarni vositachilik yoki konsignasiyayoii bilan komissioner 
yoki konsignatorga sotishga berish ham schot-faktura bilan 
rasm iylashtiriladi, bu holda schot-fakturaning predmet qismida 
«Vositachilikka berish» yoki «Konsignasiyaga berish» degan yozuvlar 
bo‘lishi lozim.
Tovarlarni bir ombordan ikkinchi omborga yoki boshqa saqlash 
joylariga, shuningdek omborlardan xususiy chakana savdo do‘konlariga 
berilishi ichki almashuv nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi. Bunday ichki 
almashuv operatsiyasini amalga oshirish va rasmiylashtirishga asos boiib 
rahbaming fannoyishi hisoblanadi.
Omborlarda tovarlar saqlanish vaqtidato‘kilishi, sinishi, qurib qolishi, 
buzilishi mumkin. Misoltariqasida, shakamingto‘kilishi,shishabuyumlaming 
sinishi, bo‘yoqning, aseton va boshqa suyuqliklaming qurib qolishi, to‘kilib 
ketishi va boshqalami keltirish mumkin. Ushbu holatlar sababli tovarlaming 
haqqoniy holati hisob maiumotlaridan kam bo‘ lib qolishi mumkin. Tovarlarni 
bunday sabablargako‘rakamayishi ikki turgaboiinadi:
- Me’yordagi tabiiy kam ayishlar- tovar-moddiy boyliklami oldingi 
va keyingi inventarizatsiya qilish vaqti ichidagi tabiiy kamayishining 
belgilangan me’yorlardagi miqdori.
- Me’yordan ortiq kamayishlar - tovar-moddiy boyliklami oldingi va 
keyingi inventarizatsiya qilish vaqti ichidagi tabiiy kamayishining belgilangan 
me’yorlardan prtiq boigan, shuningdek sinish, yaroqsiz holga kelish va 
buzilishi evaziga vujudga kelgan yo‘qotishlar miqdori.


Tovariami tabiiy kamayishini har oyda dastlabki hisob-kitoblargako‘ra 
aniqlab borish va hisobdan chiqarish mumkin emas. Uni faqatgina 
inventarizatsiya tugagach tovarlar sanog‘ ida kamomadlar chiqqan holda 
maxsus hisob-kitob va belgilangan me’yorlar asosida aniqlash va hisobdan 
chiqarish lozim. Tovarlaming tabiiy kamayishi m e’yorlari savdo 
korxonasining tabiiy-klimatik shartlariga, yilning fasllariga, tovariami 
saqlash muddatlari va sharoitlariga (masalan, muzlatkichlarda, yopiq 
omborlarda, ochiq ayvonlarda va boshqalar) qarab belgilanadi. Ushbu 
m e’yorlar davlat mulki hisoblangan savdo korxonalari uchun tarmoq 
vazirliklarining maxsus ma’lumotnomalarida ko‘rsatiladi.
Tovariami tabiiy kamayish hisob-kitobi quyidagi tartibdatuziladi. 

Download 15,8 Mb.
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   418




Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining

Download 15,8 Mb.
Pdf ko'rish