Agar shakar bo‘yicha inventarizatsiyada hisob
m aium otlaridan
chetlanish aniqlanmasa, u holda tabiiy kamayish hisob-kitobi tuzilmaydi.
Agar inventarizatsiyada 100 kg shakar kamomad chiqsa,
u holda uning
77.6 kg tabiiy kamayish, qolgan 22,4 kg yoki 31360 so‘mi ( 1 OOx 1400 -
77.6 x 1400) me’yordan ortiq kamayish deb tan olinishi lozim. Me’yordan
ortiq kam chiqishlar kamomad deb tan olinadi va buning uchun moddiy
javobgar shaxs aybdor deb topiladi. Agar, moddiy javobgar shaxs bo‘yniga
ushbu aybni qo‘yishga asoslar yetarli deb topilmasa, u holda me’yordan
ortiq kamomadlar ham korxonaning zarariga olib boriladi. Tovarlarning
tabiiy kamayishi quyidagicha hisoblanadi.
Tovarlaming bunday yo‘qotishlarini aniqlash va hujjatli rasmiylashtirish
uchun korxonarahbari tomonidan komissiya tuziladi. Ta'minotchilardan
qabul qilib olishda aniqlangan tovarlaming siniqligi, yaroqsizligi va sifat
sertifikatiga mos kelmasligi natijalari M-7 shaklli «Tovar-moddiy boyliklami
qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma»daaks ettiriladi. Tovarlar omborlarga
qabul qilingandan so‘ng ulami sotishgacha bo‘lgan davrda sinishi, yaroqsiz
holga kelishi va sifati pasayishi komissiya tomonidan maxsus «Tovarlaming
buzilishi, sinishi to'g‘risidadalolatnoma» bilan rasmiylashtiriladi.
Ulguiji savdo korxonalari ina’liun obyektiv sabablargako‘ra (masalan,
kirim qilingan tovarlar qayta ekspeitiza qilinganda sifat sertifikati talablariga
mos kelmaganda, hujjasiz kelgan tovarlar bo‘yicha baholar bo‘yicha
ta’ minotchilar bilan kelishuvga kelinmaganda va shu kabi boshqa sabablarga
ko‘ra) sotibolgan tovarlarini ta’minotchilargaqaytarib berishlari hammumkin.
Bunday hollarda tovarlarni ta’minotchilarga qaytarilishi uchun ulardan
ishonchnoma talab qilinadi, haqiqatda qaytarilgan tovar schot-fakturalar bilan
rasmiylashtiriladi va ularning predmet qismida «tovarlarni qaytarish» yozuvi
qo'yiladi.