Tovariami saqlashning navli usulini faqat doimiy ta’minotchilardan
shartnomalarga asosan bir maromda va o'zgarmas
baholarda kelib
tushayotgan tovarlar bo‘yicha qoilash mumkin. Ushbu usulda kelib tushgan
yangi tovarlar oldindan omborda mavjud bo‘lgan shu nomdagi, navdagi,
bahodagi tovarlar safiga kiritiladi. Bir xil nomdagi, navdagi, bahodagi
tovarlarga alohida kartochka yoki ombor kitobida ma’ kun sahifalar aj ratiladi.
Ushbu registrlarga yozuvlar kirim va chiqim hujjatlari bo'yicha olib boriladi.
Har bir yozuvdan so‘ng tovaming qoldig‘i chiqarib boriladi. Tovarlaming
ombor hisobi kartochkalari va kitobi quyidagi shaklda yuritiladi (ilovaga
qarang). Kamida bir marta har oyda ombor hisobi kartochkalari yoki kitobi
ma’lumotlari buxgalteriyahisobi ma’lumotlari bilan taqqoslanibborilishi lozim.
Bunixig uchun ombor hisobi kartochkalarining kirim va chiqim, shuningdek
davr boshi va oxiridagi qoldig‘i bo‘yichajamlangan ma’lumotlar asosida
tasdiqlangan shaklda «Tovar-moddiy boyliklaming saqlash joylaridagi
qoldiqlaii hisobi qaydnomasi» (MX-19) tuziladi. Ushbu qaydnoma ulguiji
savdo korxonalari buxgalteriyasida tovar-moddiy boyliklar hisobining
«operativ-buxgalterlik (qoldiq)» usulida yuritiladi, ya’ni unda har bir tovar
bo‘yicha bosh qoldiq, kirim va chiqim ma’lumotlari soniy va summaviy
ko‘rinishda jamlangan holda hisob baholari bo‘yicha aks ettiriladi.
Qaydnomaning bosh va oxirgi qoldiq, kirim va chiqim bo‘yicha jami
m a’lumotlari ombor mudirlari tomonidan tuzilgan va buxgalteriyaga
topshirilgan tovar hisobotlarining mos ravishda bosh va oxirgi qoldiq, kirim
va chiqim to‘g‘risidagi ma’lumotlariga mos bo‘lishi kerak.
Konsignatsiya shartnomasiga asosan omborlarga qabul
qilingan
konsignasion tovarlaming ombor hisobi alohida partiyalari bo‘yicha partion
kartalarda yuritiladi. Ushbu partion kartalar
konsignasion tovarlar
to‘lig‘icha sotilgunga qadar yoki ushbu tovarlar egasiga qaytarilguniga
qadar ombor mudirlari tomonidan ikki nusxada yuritiladi.
Omborlarga o‘zgakorxonalargategishli bo‘lgan vam as’ul saqlash
uchun kirim qilingan tovarlaming ombor hisobi alohida kartochkalarda