Tovar hisobotlari va ularga ilova
qilinadigan kirim va chiqim
hujj atlarining reestrlari ikki nusxada tuziladi. Tovar hisobotiga ombor mudiri
(brigadir) va navbat bilan moddiy javobgar
shaxslar brigadasining
a’zolaridan biri imzo chekadi. Hisobotning birinchi
nusxasi unga ilova
qilingan ressetiiar va boshlang‘ich hujjatlar biLan buxgalteriyagatopshiriladi.
Ulgurji savdo korxonasining buxgalteriyasida tovar hisobotlari quyidagi
tartibda tekshiriladi va ishlovdan o‘tadi.
1. Hisobot davri (kuni) boshidagi tovar va idishlaming qoldig‘i oldingi
davr (kun) uchun tuzilgan hisobot davri (kuni) oxiridagi tovar va idishlaming
qoldig‘i bilan taqqoslanadi. Ular o‘rtasidagi farq hisobotni noto‘g‘ri
tuzilganligi to‘g‘risida guvohlik beradi.
2. Barcha kirim va chiqim huj jatlari hisobotning mos ravishda kirim va
chiqimbo‘limlaridato‘g‘riaksettirilganligi yoki ushbu kirim vachiqimhujjatlar
kirim va chiqim hujjatlari reestridato‘g‘ri aks ettirilganligi, reestrlaming umumiy
summalari hisobotda to‘g‘ri ko‘rsatilganligi tekshiriladi.
3. Hisobotning kirim vachiqimijami summalaming to'g'ri ligi tekshirib chiqiladi.
4. Hisobotda davr oxiridagi tovar va taralarning qoldig‘ini to‘g‘ri
hisoblanganligi vako‘rsatilganligi tekshirib chiqiladi.
5. Hisobotga ilova qilingan boshlang‘ich hujjatlar sonini to ‘g ‘ri
ko‘rsatilganligi tekshiriladi.
6. Hisobotning birinchi nusxasining oxirgi ustunchasida har bir hujj at
qarshisiga korrespondensiyalanadigan schotning raqami qo‘yib chiqiladi.
Buxgalterlik tekshiruvidan o'tgan tovar hisoboti korxona rahbari
tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan hisobot tovar va idishlaming
buxgalteriyada sintetik va tahliliy hisobi registrlarini yuritishga asos bo‘ladi.
Hisobotning buxgalter tomonidan qabul qilib olganligi vatekshirganligi
to'g'risida imzosi qo‘yilgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan ikkinchi
nusxasi ombor mudiri ga qaytariladi.