Kredit
9020 «Tovarlami sotishdan oiingan daromadlar».
Debet
9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit
4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan scliotlar».
Bufetlarga omborlardan va oshxonadan
kirim qilingan tovarlar
qiymatiga:
Debet
2921 «Bufetdagi tovarlar»;
Kredit
2910 «Ombordagi tovarlar», 2920 ««Oshxonadagi tovarlar».
Bufetga kirim qilingan tovarlar qiymati ustiga qo‘yilgan umumiy
ovqatlanish ustamasi summasiga:
Debet
2921 «Bufetdagi tovarlar»;
Kredit
2981 «Umumiy ovqatlanish ustamasi».
Umumovqatlanish korxonalarida xuddi
chakana savdo korxonalari
singari har bir sotilgan tovarlaming, ovqatning tannarxini sotish paytida
aniqlab boMmaydi. Sotilgan tovarlaming tannarxini aniqlash uchun oy
oxirida sotilgan va qoldiq tovarlarga to‘g‘ri keladigan savdo va umumiy
ovqatlanish ustamalari hisob-kitobi tuziladi.
Ushbu hisob-kitob shakl va
mazmuni jihatdan chakana savdo korxonalarida tuziladigan hisob-kitobga
to‘liq o‘xshaydi. Hisob-kitob asosida topilgan sotilgan tovarlarga to‘g‘ri
keluvchi savdo va umumiy ovqatlanish ustamasi summasi sof tushumdan
chegirilgach, qolgan summa sotish tannarxini beradi, ya’ni: