T / r
Masalliq nomi
O 'I c h o v
birligi
M e 'v o r
Bahosi
Sum ma
1
.
Qora mol gu'sliti
Kg
11.3
6000
67800
2.
Guruch
Ka
10
1825
18250
3
Pivoz
Ka
3
425
1275
4
Sabzi
Ka
10
400
4000
5.
O ’simlik vo.s'l
Kg
3
1500
4500
6.
Tnz.
ziravorlar
l^g
0,5
200
100
J a m i 10(1
bi rli k k a
95925
1 birtikning o'rtacha sotish
bahosi
959,25
« 0 ‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini
(xizmatlami) ishlab chiqarish va sotish qoidalari»ga muvofíq tayyor ovqatlarga
kalkulyatsiya varaqlarini tuzish majburiy hisoblanmaydi. Kalkulyasion
varaqlami o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlami sotish baholarini chamalash
uchun tiizadilar. Kalkulyasion varaqlar odatda, taomlamingturlari bo‘yicha
ulaming 100 birligigatuziladi. Kalkulyatsiya vai'aqlarinituzishga lOOporsiya
taomning menyusi, uning chiqish foizi, sarflanadigan masalliqlaming savdo
va umumiy ovqatlanish ustamalari bilan birgalikda topilgan sotish baholari
asos boiadi. Kalkulyatsiya varaqlari asosida topilgan sotish baholari umumiy
ovqatlanish korxonasi tomonidan tuziladigan menyuda ko‘rsatiladi.
26.2. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini
hujjatlashtirish va ular bo‘yicha hisobotni tuzish
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish
va moddiy javobgar shaxslaming hisobotlarini tuzish ushbu korxordaming
ichki tuzilmalariga, ular bo‘yicha belgilangan moddiy javobgarlikka va
boshqa omillarga bog‘liq.
Maxsus omborlar,
muzlatkich xonalari,
oshxonalari, savdo zallari va bufetlari bo‘lgan yirik umumiy ovqatlanish
korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish va moddiy javobgar
shaxslaming hisobotlarini tuzish ushbu bolinmalar bo‘yicha alohida-alohida
amalga oshiriladi. Kichik umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar
operatsiyalari korxona bo‘yicha umumiy holda amalga oshiriladi, jumladan
barcha ichki almashuv operatsiyalari
bitta moddiy javobgar shaxs
tomonidan turli hujjatlarsiz olib boriladi, masalan tovarlami ombordan
oshxonaga yoki bufetga berilishi va shu kabi boshqa operatsiyalar.
Ta’minotchi lardan to variar schot-fakturalar, kuzatuv va sifat hujjatlari
asosida son va sifat jihatidan kirim qilinadi.
Hisobdor shaxslarga
mahsulotlarni bozordan sotib olish uchun oldindan bo‘nak kassadan
beriladi. Olingan bo‘nak va sotib olingan mahsulotlar bo‘yicha hisobdor
shaxslar bo'nak hisoboti tuzadilar. Bo‘nak hisobotiga bozordan xarid
qilingan mahsulotlarni xarid dalolatnomasi, bozor ma’muriyatining narxlar
to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari ilova qilinadi. Hisobdor shaxslar xarid qilgan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini omborgayoki oshxonagatopshiradilar.
Ombor xo‘jaligi mavjud korxonalarda kirim qilingan tovar moddiy
boyliklaming ombor hisobi sotib olish baholarida savdo ustamalari
bilan
birgalikda olingan baholarda ombor hisobi varaqachalaridayoki
kitobida
yuritiladi. Ombordan tovarlar oshxonaga va bufetga “Olish varaqasi” yoki
ichki yukxati bilan beriladi. Ombor xo‘jaligi bo‘lmagan va korxona bo‘yicha
yagona moddiyjavobgar shaxs belgilangan hollarda bunday hujjatlami
tuzish zarurati boimaydi. Ombordan tovarlar oshxonaga bosh oshpazning
talabnomasiga ko‘ra kerakli miqdorda beriladi. Ombor mudiri o ‘z
mas’uliyatida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarlar uchun to‘liq javobgar
hisoblanadi.
Korxona rahbariyati ombor mudiri javobgarligida bo‘lgan boyliklar
butligini nazorat qilish maqsadida belgilangan muddatlarda ulaming
inventarizatsiyasini o‘tkazib turishi lozim. Ombordagi tovar - moddiy
boyliklaming inventarizatsiyasini o‘tkazish tartibi va rasmiylashtirilishi ulgurj i
savdo korxonalaridagi tartibgato‘liq o‘xshaydi. Inventarizatsiyanatijasida
kamomadlar aniqlanganda tovarlaming buzilishi, tabiiy kamayishi hisob-
kitoblari tuziladi. Ombor mudirlari korxonada belgilangan muddatlarda
ikki nusxada tovar hisobotini tuzadilar. Bu hisobot ham xuddi ulgurji
savdodagiga to‘liq o‘xshaydi. Tovar hisobotiga barcha kirim va chiqim
hujjatlar ilova qilinadi va buxgalteriyaga topshiriladi. Tovar hisoboti va
unga ilova qilingan hujjatlar ombor bo‘yicha tovar operatsiyalari hisobini
yuritishga asos bo‘ladi.
Oshxonalarga tovar - moddiy boyliklar omborlardan, shuningdek
bevositahisobdor shaxslardan kirim qilinadi. Oshxonagaovqat tayyorlash
uchun kerak bo‘lgan masalliqlar, mahsulotlar bosh oshpaz talabnomasiga
qarab berilishi lozim. Ombordan bosh oshpazning talabnomasi asosida
berilgan yoki bevosita hisobdor shaxslardan kirim qilingan tovar-moddiy
boyliklariga yuk xati to‘ ldiriladi. Oshxonada qozonlarda tayyorlanayotgan
ovqatlar hisobga olinmaydi, ya’ni ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlab
chiqarish alohida hisobga olinmaydi.
Tayyor mahsulotlar oshxonadan xizmat zaliga buyurtma. schot yoki
ofisiant varag'i, chek, chiptalar bilan beriladi. Kun oxirida oshxonadan
zalga berilgan ovqatlar miqdori yuqoridagi hujjatlar asosida topiladi.
Oshxonada suyuq bo‘lmagan ovqatlar bufet larga yuk xati yoki olish
varaqalari orqali beriladi. Oshxonadan o‘z xodimlariga berilgan ovqatlar
tarqatish qaydnomasi bilan rasmiylashtiriladi, oy tugagach tarqatish
qaydnomasi bosh oshpazning hisobotiga ilova etilib buxgalteriyaga
topshiriladi. Oshxonada tayyor ovqatlar mayda ulgurji tarzda ham sotilishi
mumkin (bolalarmuassasalari, o‘quvyurtlari, shifoxonalarvaboshqalarga).
Mayda ulguij i tarzda sotilgan tayyor ovqatlarga xaridor tomonidan berilgan
ishonch qog‘ozi asosida schot-faktura rasmiylashtiriladi.
Tayyorlangan, lekin sotilmasdan qolgan va iste’molgayaroqsiz bo‘lib
qolgan ovqatlar keyingi kunda sotilishi mumkin emas. Bunday ovqatlar
“Tayyor taom larni hisobdan chiqarish dalolatnom alari” bilan
rasmiylashtiriladi va sotilmagan ovqatlardan ko‘rilgan ziyon korxona
zarariga olib boriladi.
Bosh oshpaz belgilangan muddatlarda barcha kirim va chiqim hujjatlari
asosida tuzilgan tovar hisoboti yoki tovar - pul hisobotini ikki nusxada
tuzadi va bir nusxasini birlamchi hujjatlar
bilan birga korxona
buxgalteriyasigataqdim etadi.
Bufetga tovarlar ombordan va oshxonadan beriladi. Ombordan va
oshxonadan kirim qilingan mahsulotlarga yuk xati to‘ldiriladi. Bufetdan
tovarlar faqat naqd sotiladi.
Sotish hajmi, cheklar, schotlar, chiptalar bilan
tasdiqlanadi. Bufetchi ham belgilangan muddatlarda tovar-pul hisobotini
ikki nusxada tuzadi. Oshxonava bufet bo‘linmalari ajratilmaganda tovar
hisoboti yoki tovar-pul hisoboti umumiy holda tuziladi.