• «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to ‘g ‘risida ma’lumotnoma - schot-faktura»
  • -bob. QURILISH ISHLARINI BAJARISHDAN




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/418
    Sana17.01.2024
    Hajmi15,8 Mb.
    #139284
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   418
    Bog'liq
    4-Boshqa-tarmoqlarda-buxgalteriya-hisobining-xususiyatlari.-K.B.-URAZOV-2011-DARSLIK

    6-bob. QURILISH ISHLARINI BAJARISHDAN 
    OLINGAN D AROM ADLAR V A U L A R G A D O IR HISOB- 
    K1TOBLARNING HISOBI
    6.1. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar hisobi
    Qurilish ishlarini bajarishdan olinadigan daromadlar qurilish 
    tashkilotlarida foydaolishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
    Respublikamizning 2-son BHMS «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan 
    daromadlar»ga muvofiq qurilish ishlaridan olingan daromadlami tan olish 
    va buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ular quyidagi shartlargajavob 
    berishi lozim:
    birinchidan, 
    qurilish tashkiloti tomonidan daromadga egalik qilish 
    huquqi bajarilgan qurilish ishlarining buyurtmachilarga topshirilganligiga 
    guvohlikberuvclii tegishli hujjatlarbilan tasdiqlanganbo‘lishi; 
    ikkinchidan, 
    olinadigan daromadning summasi aniq boiishi; 
    uchinchidan, 
    bajarilgan ishlardan kelib tushgan yoki kelib tushadigan 
    tushum qurilish tashkilotining aktivlarini ko‘payishiga yoki uning 
    majburiyatlarini kamayishiga olib kelishigato‘liq ishonch bo‘lishi;
    to‘rtinchidan, 
    buyurtmachi qabul qilib oigan qurilish ishi uchun 
    pudratchi oldidagi majburiyati summasini so‘zsiztasdiqlashi.
    Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlami 
    tasdiqlovchi asosiy hujjat «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati 
    to‘g‘risidagi ma’lum otnom a- schot-faktura» hisoblanadi. Ushbu hujjat 
    pudratchi va buyurtmachi tomonidan imzolangandan so‘ng rasmiy kuchga 
    egabo‘ladi.
    «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to ‘g ‘risida 
    ma’lumotnoma - schot-faktura» 
    sobiq KS-2 shakl «Bajarilgan ishlami 
    qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma» va KS-3 shakl «Bajarilgan ishlar va 
    xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotnoma» o‘miga kiritilgan yagona hujjatdir. 
    U kamida ikki nusxada tuziladi. M a’lumotnoma-schot-fakturaning bir 
    nusxasi pudratchida qoladi, ikkinchi nusxasi esa buyurtmachiga 
    topshiriladi. Investorlaming talablariga ko‘ra ularga ham ushbu hujjatning 
    alohida nusxalari taqdim etiladi. M a’lumotnomani tuzishga asos b o iib
    bajarilgan ishlar hisobi jum ali (KS-6 shakl) ma’lumotlari hisoblanadi. 
    Ushbujumal qurilish tashkilotida har birobyekt bo‘yicha yuritiladi. Jumalda


    qurilish ishlarini boshlanish va yakunlanish sanasi, ulami borish jarayoni, 
    ketma-ketlikda bajarilgan texnologik ishlaming o‘lchamlari, belgilangan 
    m e’yor va rassenkalar bo‘yicha aniqlangan qiymati va boshqa jihatlari 
    to‘g‘risidagi ma’lumotlarjamlanadi.
    Bajarilgan quiilish islilari pudratchi, buyurtmachi, investorlar va boshqa 
    qiziquvchi organlar vakillari kiritilgan tarkibdagi komissiyatomonidan qabul 
    qilinadi. Qurilish ishlarini qabul qilib olish obyekt loyihasida ko‘rsatilgan 
    talablar, me’yorlar va tartiblar asosida ulami kuzatish, oichash, sinab 
    ko‘rish, sifalini aniqlashhamdategishli mutaxassislamingxulosalari asosida 
    amalgaoshiriladi.
    Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan olinadigan 
    daromadlaming hisobi ulami tan olish usuliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
    U shbu usullar quyidagilar hisoblanadi:
    1. To‘liq tugallanish usuli; 2. Tugallanish foizi usuli; 3. Bosqichli usul;

    Download 15,8 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   418




    Download 15,8 Mb.
    Pdf ko'rish