• Modul
  • Modulli o„qitish asosan inson bosh miyasi to„qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi.
  • Ta lim texnologiyalari




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/73
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #132241
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
    Bog'liq
    Таълим технологиялари ММ

    «Modulli o„qitish» termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog‗liq bo‗lib 
    («modul», lat. modulus), uning bitta ma'nosi faoliyat ko‗rsata oladigan o‗zaro 
    chambarchas bog‗liq elementlardan iborat bo‗lgan tugunni bildiradi. Bu ma'noda u 
    modulli o‗qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida 
    tushuniladi.
    Modul – bu fanning muayyan jarayoni yoki qonuni, bo‗limi, muayyan katta 
    mavzusini, o‗zaro bog‗liq tushunchalar guruhini taqdim etadi. 
    Modul – bu fanning bir yoki bir necha tushunchalarni o‗zlashtirishga 
    yo‗naltirilgan, ishlab chiqilgan prinsiplar asosida shakllangan mantiqan 
    tugallangan o‗quv materialidir. 
    1982 y. YuNeSKOni anjumanida modulga ―Mashqlarni xususiy tezlikda 
    diqqat bilan tanishish va ketma-ket o‗rganish orqali individual yoki guruh 
    mashg‗ulotlarida bir yoki bir necha malakaga ega bo‗lish uchun mo‗ljallangan 
    alohida o‗rgatuvi paket (to‗plam)‖ deb ta'rif berilgan edi. 
    Modulli o‗qitish – o‗qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, 
    chunki u odam bosh miyasining o‗zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir.


    85 
    Modulli o„qitish asosan inson bosh miyasi to„qimalarining modulli 
    tashkil etilganligiga tayanadi. 
    Inson bosh miyasi to‗qimasi, qariyb 15 mlrd. neyronlardan (nerv hujayralari) 
    yoki shartli modullardan iborat. To‗qima hujayralari bir-biri bilan ko‗p sonli 
    to‗qnashuvlarda bo‗lishadi. Bir hujayra va uning o‗simtasini boshqa hujayra va 
    uning o‗simtasi bilan to‗qnashuvlari soni 6 mingtagacha yetib boradi. Demak, bosh 
    miya to‗qimasidagi to‗qnashuvlar (kontaktlar) soni astronomik sonni 
    (15000000000x6000) tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan, modul o‗quv 
    jarayonining bir hujayrasi sifatida qaraladi. Bu hujayra bir vaqtning o‗zida 
    axborotlikning umumiylikka o‗ziga xos yaxlitlik va tizimlilikka ega bo‗lgan 
    elementlardan tashkil topgan bo‗ladi. 
    O‗qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta 1972 yil, 
    YuNeSKOning Tokiodagi Butunjahon Konferensiyasida so‗z yuritilgan edi. 
    Modulli o‗qitish texnologiyasi funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, 
    pedagogika va psixologiyalarning umumiy nazariyasidan kelib chiqadi. 
    Bu sohalardagi izlanishlarga ko‗ra, to‗qimasi modulli tashkil topgan inson 
    miyasi, axborotni kvant ko‗rinishda (boshqacha aytganda, ma'lum hissalar 
    ko‗rinishida) eng yaxshi jihatdan qabul qiladi. 
    Modulli o‗qitish, kasbiy ta'limning quyidagi zamonaviy masalalarini har 
    tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi: 

    modul - faoliyatlik yondashuvi asosida o‗qitish mazmunini maqbulash va 
    tizimlash dasturlarni o‗zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta'minlash;

    o‗qitishni individuallashtirish; 

    amaliy faoliyatga o‗rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida 
    o‗qitish samaradorligini nazorat qilish; 

    kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o‗qitish jarayonini faollashtirish, 
    mustaqillik va o‗qitish imkoniyatlarini to‗la ro‗yobga chiqarish. 
    Modulli o‗qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil 
    yondashuvni ajratib ko‗rsatish mumkin: fan bo‗yicha faoliyat yondashuvi va 
    tizimli faoliyat yondashuvi asosidagi o‗qitish texnologiyalari. 
    Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning 
    bir qator konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha konsepsiyalar zamirida faoliyat 
    yondashuvi yotadi va bu nuqtai nazardan, o‗qitish jarayoni to‗laligicha yoki 
    muayyan fan doirasida, modulli ta'lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat 
    elementlarini o‗quvchi tomonidan ketma-ket o‗zlashtirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. 
    Turli konsepsiyalar doirasida, modulli ta'lim dasturlari, turli xil tarkib va 
    tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‗ladi, turli shakldagi hujjatlarda taqdim etiladi, 
    ammo ularning barchasi quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy ravishda 
    o‗z ichiga oladi: maqsadli mazmuniy dastur; turli ko‗rinishlarga taqdim etilgan 
    axborotlar banki; o‗quvchilar uchun uslubiy ko‗rsatmalar. 

    Download 1,01 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish