• HUJJATLAR MAJMUI
  • Malakaviy amaliyot
  • “TASDIQLAYMAN”
  • Tabiiy fanlar fakulteti




    Download 214 Kb.
    bet1/2
    Sana18.01.2024
    Hajmi214 Kb.
    #140528
      1   2
    Bog'liq
    Tabiiy fanlar fakulteti


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI





    TABIIY FANLAR FAKULTETI
    Biologiya (sirtqi) ta'lim yónalishi ________ - guruh talabasi
    ________________________________________________ning
    YOZGI MALAKAVIY AMALIYOT


    HUJJATLAR MAJMUI

    URGANCH-2023


    MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH TALABLARI


    Amaliyotlar bakalavriat asosiy ta’lim dasturining majburiy bo’lagi hisoblanadi. Amaliyotlar o’quv yoki o’quv-ishlab chiqarish mashg’ulotlarida ko’rinishida bo’lib,talabalarning kasbiy- amaliy tayyorlanganligiga bevosita yo’naltirilgan bo’ladi.
    Bakalavrlarning tayyorlashning ta’lim dasturi-malakaviy, muzey- arxiv va pedagogik amaliyotlari o’tashini o’z ichiga oladi.
    O’quv-tanishuv amaliyotining maqsadi o’qiyotganlarni oliy ta’lim muassasasi, O’z RFA ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa davlat va nodavlat ilmiy muassasalarining mavzulari va ularda ilmiy- tadqiqotlarni tashkil qilish va talabalar bakalavrlik darajasiga erishgach, o’zlariga mos profildagi muassasalarga ishga joylashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirishdir.
    Malakaviy amaliyot yo’nalish talabalarini tanlangan soha bo’yicha fan erishgan eng ilg’or yutuqlar bilan tanishtirishdan boshlab, ta’lim sohasi bilan turdosh ilmiy va o’quv muasasalari, o’quv ta’lim axborot resurslari tizimi, arxiv va ularning yo’nalishga mos tarmoqlari, muzey fondlari va ekspozitsiyalari, arxeologik va arxitektura yodgorliklari, sohaning yirik mutaxassis olimlari, soha bitiruvchilari uchun istiqbolda ish beruvchi buyurtmachi tashkilotlar bilan tanishtirish maqsadini ko’zda tutadi.
    Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va boshqa ilmiy tashkilotlarda, kutubxonalarda, malakaviy-bitiruv ishi uchun materiallar yig’ish va ularni qayta ishlash, tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo’yicha yetakchi olim va mutaxassislar bilan muloqotlarda hozirgi zamon fanining dolzarb masalalar bo’yicha maslahat olish.
    Bundan tashqari xorijiy mamlakat bilan hamkorlikda ish olib boradigan tashkilot, firma,mehmonxona va shu kabi muassasalarda lisoniy amaliyot tajribalariga ega bo’lishlari bilan birga:
    -talabalar davlat va nodavlat tashkilotlar,muassasa, idora va korxonalarda amaliyot o’tkazish mobaynida ularning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda nazariy va amaliy bilimlarni qo’llash zarurligi haqida tasavvurga ega bo’lishi;
    -tanlangan sohalari bo’yicha faoliyat yuritishning kasbiy asoslarini egallash;
    -ish faoliyatida davlat yo’riqnomalarini talab darajasida bilish; talabalarda shaxslararo muloqot madaniyati va kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirish va rivojlantirishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
    -talabalar davlat va nodavlat tashkilotlar, muassasa idora va korxonalarda nazariy va amaliy bilimlarni qo’llay olishi;
    -kutubxonalarda axborot yig’ish va guruhlash texnologiyasi bo’yicha amaliy ko’nikmalarni namoyish qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.
    Amaliyot tugagandan so’ng talabalar bajarilgan ish haqida amaliyot o’qituvchilari rahbarlari va qabul qiluvchi tashkilot vakillaridan tarkib topgan komissiya oldida hisobot berishadi.

    “TASDIQLAYMAN”
    «Biologiya» kafedrasi
    mudiri dots.Tajiyev Z.________
    “_____” ___________2023 yil



    Download 214 Kb.
      1   2




    Download 214 Kb.