|
Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari
|
bet | 50/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariТuproqlari.Okrugda geografik o‘rniga ko‘ra, och va tiрik bo‘z tuproqlar tarqalgan bo‘lib, ular orasidagi chegara taxminan 450 m mutlaq balandlikdan o‘tadi.
Mirzacho‘l okrugining asosiy qismini sug‘orma och bo‘z va bo‘z-o‘tloq tuproqlar egallagan.
Mirzacho‘l okrugining shimoli g‘arbida qumliklar mavjud bo‘lib, ular orasida sho‘rxoklar, gilli taqirlar uchraydi. Arnasoy, Aydar va Тuzkon ko‘llari atrofida sho‘rxoklar, botqoqlashgan yerlar mavjud. Mirzacho‘l tekisliklaridagi qadimiy Sirdaryo o‘zanlari hisoblangan Yettisoy, Sardoba kabi botiqlarda sho‘rxoklar joylashgan. Tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab tiрik, to‘q bo‘z va jigarrang tuproqlar tarqalgan.
O‘simliklari. Mirzacho‘l tabiiy okrugida cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalariga xos o‘simliklar uchraydi.
Cho‘l o‘simliklari, asosan, efemerlar — sho‘ro‘zak, qorabosh, burgan, lolaqizg‘aldoqlardan iborat bo‘lib, ular jazirama issiq boshlanishi bilan qovjiray boshlaydi. So‘ngra issiq va qurg‘oqchilikka chidamli shuvoq, chalov, sho‘ra, yulg‘un va yantoqlar yozda ham o‘saveradi. Sho‘rxok joylarda tatir, burgan, sho‘rajriq, yulg‘un, tuyaqorin kabi o‘simliklar o‘sadi.
Mirzacho‘lning tog‘ etaklari va undan yuqorida na’matak, irg‘ay, zirk, pista, bodom, olma, olcha kabi buta va mevali daraxtlar o‘sadi. Nurota tog‘larida yong‘oqlar, Turkiston tog‘ tizmasining 1500-2500 m balandlik qismida archazorlar uchraydi. 2800-3000 metrdan balandda qo‘ng‘irbosh, rang, yovvoyi arpa kabi o‘tlar o‘suvchi yaylov mintaqasi boshlanadi. Sirdaryo bo‘yidagi to‘qaylarda yulg‘un, tol, turang‘il, jiyda kabi o‘simliklar o‘sadi.
Hayvonot dunyosi. Okrugning katta qismida cho‘l hayvonlari yashaydi, ulardan eng muhimlari kemiruvchilardan qo‘shoyoq, yumronqoziq, quyon, sudralib yuruvchilardan kaltakesak va ilon, yirtqichlardan bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, hasharotlardan chayon, falanga, sutemizuvchilardan tulki, bo‘ri, jayron uchraydi. Qushlardan to‘rg‘ay, so‘fito‘rg‘ay, boyo‘g‘li yashaydi. Sirdaryo to‘qaylarida to‘qay mushugi, to‘ng‘iz, chiyabo‘ri, qushlardan qirg‘ovul, o‘rdak va g‘ozlar, Sirdaryoda ondatralar yashaydi.
Mirzacho‘l janubidagi tog‘larda yirik sutemizuvchi hayvonlardan kiyik, tog‘ takasi, olqor, yirtqichlardan bo‘ri va tulki, shuningdek, qushlardan bedana, bulbul, kaklik, ulor, kalxat, lochin, qirg‘iy, burgut yashaydi.
|
| |