|
-yildan 1991-yilgacha bo’lgan Geografik ta’lim
|
bet | 58/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari56. 1917-yildan 1991-yilgacha bo’lgan Geografik ta’lim
O‘zbekiston maktablarida geografiya ta’limini (darsliklar va dasturlari mazmunini, o‘qitish metodlari, o‘quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa xususiyatlarga ko‘ra) 4 ta bosqichga ajratish mumkin. 1 – bosqich 1918 – 1934 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davr o‘zbek (sobiq sovet) maktablarida geografiya o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda eski tipdagi maktablar bilan yangi tipdagi sovet maktabi geografiyasiga asos solindi. Yangi dasturlar asosida (1922 – 1923 yillarda) o‘qitishning «kompleks dasturlari» ishlab chiqildi. Bu turli variantlarda bo‘lib, bir necha marta o‘zgardi va 10 yil mobaynida qo‘llanildi. Geografik materiallar kompleks mavzular orasiga singib ketdi. Geografiyani o‘rganish juda past saviyada olib borildi. Kompleks dasturlarning uzoq hukumronligi maktab geografiyasi uchun og‘ir davr bo‘ldi. 1925 – 1926 yillarda maktablarning yuqori sinfida geografiya dasturlari umuman chiqarib tashlandi. Geografiya, tibbiyot, fizika, ijtimoiy fanlar tarkibida o‘rganildi. Kartani o‘rganish nihoyatda zaif holatga tushdi. Yuqoridagi fanlar geografiyani o‘qitish vazifalarini mutloqo bajara olmas edi. Kompleks metod aslida predmetsiz o‘qitish hisoblanadi. 2 – bosqich 1934 – 1955 yillarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek maktablarida geografiya o‘qitishning muayyan bir tartibga tushish bosqichi. Bu davrda yagona dastur asosida muayyan darsliklar yaratildi. O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalari ko‘proq nashr etila boshlandi. O‘zbek tilida metodik qo‘llanmalar vujudga kela boshladi. Maktab geografiyasi ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan metodistlar, geografiya o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Ko‘plab metodik kitoblar o‘zbek tiliga o‘girildi. 3 – bosqich 1956 – 1966 yillar. Bu davrni maktab geografiyasini turmush bilan bog‘lash bosqichi desa bo‘ladi. Bu davrda maktab geografiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlar olib borildi. O‘qitishning samarali xillari tobora kengroq joriy qilina boshlandi. Mahalliy aholidan milliy kadrlar, yirik geograf va metodistlar yetishib chiqdi. O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy ommabop va metodik adabiyotlar tarjima qilindi. Geografik atama va nomlar borasida olib borilgan ishlar ma’lum bir tizimga tusha bordi.
70 4 – bosqich 1967 – 1990 yillar. Bu davrda ta’lim sohasida turli o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. O‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar chop qilindi. Ta’limni isloh qilish borasida bir qator tadbir va o‘zgarishlar amalga oshirildi. Muayyan darsliklar tizimi yaratildi va yangi o‘quv kartalari tayyorlandi. O‘lkashunoslik ishlariga e’tibor bir muncha kuchaydi. Ammo O‘zbekiston geografiyasini o‘rganish bo‘yicha soatlar hajmi 20% dan oshmadi. Oktabr to‘ntarishidan keyin sovet maktabi isloh qilina boshlandi. Dastlab maxsus qarorlar asosida 9 yillik yagona mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab ikki bosqichdan iborat edi. Birinchi bosqich 1-5 sinflar, 2 – bosqich 6-9 sinflardan iborat. Bunday maktabda geografiya ta’limi maqsad va mazmun jihatdan o‘zgardi. 1918 – 1922 yillarda geografiyada namunaviy dasturlar paydo bo‘ldi. Bunda ayrim landshaftlarning xususiyatlarini o‘rganishga ko‘proq e’tibor berildi. O‘sha davrlar «landshaft dasturlari» bilan mashhurdir. Masalan «Ovchilar landshafti», «Ko‘chmanchilar landshafti» va h.k. Landshaft dasturlari o‘zini oqlamadi. 1921-yilda geograf D.N. Anuchin rahbarligida umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan geografiya dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Ungacha ayrim hududlar, hatto, ayrim maktablar huddi landshaftlar dasturiga o‘xshash bo‘lgan dasturlarni o‘zlari tuzar edilar. Anuchin dasturi oktabr to‘ntarishiga qadar bo‘lgan geografiya ta’limining eng yaxshi tomonlarini qisman bo‘lsa ham o‘zida aks ettirgan bo‘lib, unda geografiyani o‘qitish sinflar bo‘yicha taqsimlangan edi
|
| |