-yilgacha bo’lgan geografiya ta’limi




Download 1,66 Mb.
bet57/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

55. 1917-yilgacha bo’lgan geografiya ta’limi
Geografiya o‘qitish metodikasi fani uzoq shakllanish tarixiga ega. Chunki bu fan bevosita geografik bilimlar, faktlarning to‘planishi bilan bog‘liq. Moboda geografiya mavjud bo‘lmaganda edi, bu fan ham umuman shakllanmagan bo‘lar edi, deyishimizga asos bor. Geografik bilimlar ijtimoiy jamoa tuzumi sharoitida, bir formatsiyadan boshqa formatsiyalarga o‘tish jarayonlarida shakllandi va taraqqiy etdi. Arxeologlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ibtidoiy odamlar tosh davrida o‘zlari yashab turgan uylari atrofini o‘rganishlari zarur bo‘lgan. Chunki, ular yashash uchun oziq-ovqat va boshqa moddiy boyliklarni faqat atrof-muhitdan yig‘ib-terib olishgan. Geografiyani juda qadim zamonlardoyoq kundalik inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo‘lgan, desak xato qilmaymiz. O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi V asr boshlarida Xorazmda Ma’mun –Akademiyasi (Donolar uyi) tashkil qilinib, unda olimlar tomonidan o‘lka to‘g‘risidagi dastlabki geografik ma’lumotlar to‘plangan. Turon zaminida quldorlik tuzumining dastlabki bosqichlarida yashagan xalqlarning o‘ziga xos turmush tarzi, an’ana, rasm-rusumlari, urf-odatlari hamda diniy e’tiqodlari to‘g‘risidagi dastlabki yozma geografik ma’lumot beruvchi asar “Avesto” hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: “Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadimgi o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi” (1). Zardo‘shtiylik ta’limotining asosi hisoblangan “Avesto” kitobida o‘sha davr geografiyasiga doir, ya’ni O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon kabi hududlarning
36 geografik sharoiti, tabiati va xalqlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. “Avesto”da inson va tabiat uyg‘unligi masalasiga katta urg‘u berilgan bo‘lib, unda tog‘-u toshlar, daryoyu ko‘llar, ob-havosiyu tuprog‘-u o‘simlik, hayvon-u parrandalar olami kabilar o‘z ifodasini topgan. “Avesto”da shahar va qishloqlarni obod qilish, bog‘-rog‘larni, yaylovlarni ko‘paytirish, insonlar hayotini yaxshilash, oilani mustahkamlash, bolalarni tabiat bag‘rida o‘stirish kabi aqidalar yoritilgan. Misol tariqasida, buni biz Zardo‘shtning Axura Mazda bilan savol-javobida ko‘rishimiz mumkin. Zardo‘sht so‘radi: “Ey jismoniy olam parvardigori Axura Mazda, rosti bilan menga aytchi, yer yuzining ko‘rki va shodligi bo‘lmish o‘sha makon qayerda?”. Axura Mazda aytdi: “U shunday bir yurtki, u yerda bandalarim o‘zlariga makon, ibodat uchun otashkadalar, hayvonlarga qo‘ralar qurib, oilali, bola-chaqali, kuchli qurolli bo‘ladilar. Ana shu taqdirda ularning yurtida hayvonlar ko‘payadi. Xayru baraka oshadi, yaylovlar ko‘payadi, oila bunyod bo‘ladi, turli-tuman nozu ne’matlar serob bo‘ladi”. Sharq allomasi Zardo‘sht tarixiy shaxs hisoblanib eramizgacha bo‘lgan (589 – 512 yillar) Xorazmda tug‘ilgan bo‘lib, Balx shahrida 77 yoshida ibodat paytida ko‘p xudolik vakili tomonidan chavaqlab o‘ldirilgan. G‘arb mutafakkiri Suqrot esa miloddan avval (469-399 yillar) Afina shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 70 yoshida demokratiya dushmanlari tomonidan zahar ichkizib o‘ldirilgan. Suqrotning geografik ta’limoti shundaki, u shogirdlari bilan tabiatda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni bahs orqali, suhbat (savol-javob) yo‘li bilan bilish, anglash mumkin degan g‘oyani olg‘a surgan. U tavsiya etgan bu usul pedagogika tarixida “Suqrot usuli” degan nomni olgan. Zero, bu usul Zardo‘sht tomonidan ilk bor qo‘llanilgan ekan, hozirgi paytda geografiya ta’limida bahs - munozara tarzida amalga oshirilayotgan bu usulning asl Vatani hech shubhasiz, O‘zbekiston ekanligini anglatadi. Geografik bilimlar mukammallasha borgani sari o‘z sayohatlar davridagi xotiralar, yurishlar paytida oddiy chizmalarda aks ettirilgan obyektlar, to‘plangan fakt va materiallar asosida o‘rganilgan joyning geografik kartalari yaratilgan. Qadimgi Rim, Misr, O‘rta Osiyo kabi davlat va hududlarda bilimlar birmuncha taraqqiy etgan. Ilk bor geografiya nomini fanga kiritgan yunon olimi Eratosfen (miloddan avvalgi 276-194-yillar) hisoblanadi. U Iskandariya kutubxonasining boshlig‘i bo‘lgan. Eratosfen yozgan ikki tomli «Geografiya» asari tufayli «Geografiyaning otasi» degan nomga sazovor bo‘lgan. U matematik, lekin geografiyaga asos solgan, jumladan, yer yuzining obod qismi (eykumena)ning xaritasini tuzgan. Birinchi bo‘lib fanga yer meridiani yoyi uzunligini hisoblagan hamda geografiya ta’limiga “geografiya”, “kenglik”, “uzunlik” tushunchalarini kiritgan. Mashhur geograf va tarixchi yunon olimi Strabon (miloddan avvalgi 64 – milodiy 23 yillar yashagan Yunoniston, Kichik Osiyo, Italiya va Misr bo‘ylab sayohat qilgan. Antik davr geografik bilimlari yakuni bo‘lgan «Geografiya»
37 (miloddan avvalgi taxminan 7 yilda 17 kitobdan iborat) asarning muallifi hisoblanadi. Unda mamlakatshunoslik haqidagi bilimlar yaqqol o‘z ifodasini topgan. Eng muhimi antik davr olimlarining yer to‘g‘risidagi tasavvurlarini umumlashtirib bergan. Strabonning “Geografiya” asarida qadimgi O‘rta Osiyo geografiyasi, unda yashagan qabilalar (saklar, parfyanlar, baqtriyaliklar, dahlar va boshqalar) va ularning turmush sharoiti, urf-odati, tili, ayniqsa, “Buyuk ipak yo‘li” o‘tgan joylar haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Milodiy II – asrning mashhur astronom va geograflardan biri Klavdiy Ptolemey (tug‘ilgan yili noma’lum – 170 yilda vafot etgan) – yunon olimi Iskandariyada astronomik kuzatishlar olib borgan hamda 8 jilddan iborat «Geografiya» nomli asarini yaratgan. Ayniqsa, Ptolemey tomonidan tuzilgan geografik kartalar oldingilardan birmuncha mukammal bo‘lgan. Unda O‘rta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Ko‘lob, Zomin, Shosh, Forob, Farg‘ona kabi shahar va viloyatlarning geografik koordinatalari keltirilgan. U yaratgan kartalardan bir necha yuz yillar davomida foydalanib kelingan. Buni Beruniyning “Qonuniy Ma’sudiy” asarida keltirilgan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Ayniqsa, O‘rta Osiyodan yetishib chiqqan Muhammad al - Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug‘beklarning geografiya ta’limi sohasidagi tadqiqotlari diqqatga sazovordir
Umuman olganda Turkiston o‘lkasida geografiya ta’limining taraqqiyoti va rivojlanishi bevosita Rossiya maktablarida geografiya o‘qitish bilan bog‘liq desak xato qilmaymiz. XVII-XIX asrlarda Turkiston hududidagi maktablarda geografiya deyarli o‘qitilmagan. Madrasalarda eng oddiy (elementar) geografik bilimlar bo‘lgan. Lekin ularning aksariyati noto‘g‘ri tasavvurlardan iborat bo‘lgan. XIX asrning 60-yillarida Rossiya Turkistonni bosib olishi tufayli, qisman bo‘lsada geografiyani o‘qitishga ta’sir ko‘rsata olgan. 1866 yilda Toshkentda boshlang‘ich ma’lumot beruvchi birinchi rus maktabi ochilgan. 1877 yilda Toshkentda gimnaziya tashkil etildi. 1879 yilda Turkiston o‘qituvchilari seminariyasi faoliyat ko‘rsata boshlaydi. XIX asrning 80-yillaridan boshlab mahalliy aholi farzandlari uchun maxsus rus-tuzem maktablari ochiladi. Turkistonda birinchi rus-tuzem maktablari 1884 yilda Toshkentda, keyinchalik Samarqand, Xiva, Buxoroda ham ochildi. 1870 yildan boshlab «Turkiston viloyati» gazetasi nashr etila boshladi. Bu gazeta geografiyaning fan sifatida o‘qitilishida va geografik bilimlarni tarqalishida yangi davrni boshlab berdi. Gazetalarda e’lon qilingan maqolalarda ko‘plab geografik ma’lumotlar berilar edi. XIX asrning 90-yillariga kelib o‘zbek tilida geografiya o‘quv qo‘llanmalari tashkil etila boshladi. Nemis olimi A.Geykining maqolalari asosida «Yer xususida ilmdan olingan so‘zlar» nomli ilk o‘zbek tilidagi birinchi geografik qo‘llanma nashrdan chiqdi. Avvalo, u «Turkiston viloyati» gazetasining 1889 yilgi sonida e’lon qilingan edi. 1901 yilda kitobning ikkinchi nashri chop etiladi. Bu kitobda yer shakli, kecha va kunduz, havo, yog‘inlar, iqlim haqidagi ma’lumotlar berilgan. XX asr boshlarida M.V.Lavrovning «Turkiston o‘lkasi geografiyasi va tarixi» nomli risolasi ham o‘lkada geografiya o‘qitishda juda ahamiyatli bo‘ldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod etgan Hoji Yusuf Xay’atiy madaniyat arbobi, sayyoh va geograf bo‘lgan. U 1880 yilda globus yasagan. U yasagan globusning aylanasi 160 sm masshtabi 1 smda 250 km bo‘lgan. Bu globus hozirgi kunda Samarqand o‘lkashunoslik muzeyida saqlanmoqda. Yangi usul maktablari – musulmon maktablarining ta’lim usuli va dasturlarini isloh qilib, bolalarga ona tilida xat-savod o‘rgatgan va yangilik g‘oyalarini ilgari surgan o‘quv yurti. Dastlab Qrimning Boqchasaroy shahrida 1884 yilda ma’rifatparvar Ismoilbek Gasparinskiy tomonidan tashkil etilgan va u “usuli savtiya tadrijiya” (“rivojlantiruvchi tovush usuli”) maktabi bo‘lgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tijorat va sanoatning rivojlanishi bu sohalarni boshqara oladigan mutaxassislarni tayyorlash ehtiyojini tug‘dirdi. Mavjud bo‘lgan
63 mahalliy maktablar bolalarga zarur dunyoviy bilim va ko‘nikmalarni bermas edi. Shuning uchun yangi usulda ta’lim beradigan maktablar ochila boshladi. 1893-yilda Buxoro amiri ruxsati bilan Mo‘minxo‘ja Vobkendiy va g‘ijduvonlik domla Fozil sa’y-harakati bilan dastlabki “Yangi usul” maktabi ochiladi. Keyinchalik 1898-yili Qo‘qonda Salohiddin domla va Samarqanddagi paxta zavodi huzurida tatar muallimlari tomonidan ochilgan (o‘zbeklar bu davrda bunday maktablarni “no‘g‘oy maktab” deb atagan). 1900 yildan boshlab Toshkentda jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1937), 1901-yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida Abduqodir Shakuriy (1875-1943), 1903 yilda Jomboy kentidagi Halvoyi qishlog‘ida Saidahmad Siddiqiy (1864-1927), Namanganning Shohand qishlog‘ida Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) tomonidan «yangi usul» maktabi ochiladi. Bu maktablarda mahalliy aholidan yetishib chiqqan jadidlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Unda bolalar sinflarga bo‘linib, partalarga o‘tqazilib o‘qitilgan, darslarda o‘tilgan mashg‘ulotlar dars jadvali asosida amalga oshirilgan. «Yangi usul» maktablarida geografiya o‘qitila boshlanadi. 1905 yilda “yangi usul” maktablari uchun o‘zbek tilida geografiya darsligi va birinchi geografik karta «Turkiston va unga yondosh mamlakatlar kartasi» ham nashr etiladi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-yilgacha bo’lgan geografiya ta’limi

Download 1,66 Mb.