Tabiatshunoslik va geografiya o’qitish usullari fanining tadqiqot usullari




Download 1,66 Mb.
bet56/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

54. Tabiatshunoslik va geografiya o’qitish usullari fanining tadqiqot usullari
Geografiya ta’limi metodikasining rivojlanishi yangi o’qitish metodikalarini ishlab chiqish, majmualarni takomillashtirish, ilg’or metodlarni qo’llash bilan bog’liq. Mazkur muammolarni xal qilish qo’p jihatdan pedagogik tatqiqotlarda qo’llanadigan metodlarga bog’liq. Geografiya ta’limi metodikasi bo’yicha tatqiqot ishlarini olib borishni dastlabki manbai bo’lib O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi va boshqa hukumat qarorlari asos bo’lib hisoblanadi. Xar qanday fanda ham tatqiqod metodlarini ishlab chiqish va tatqiqotlar olib borish metodologiya va ilmiy tatqiqod metodlari tushunchalari bilan bog’liq Metodologiya – bu borliqni bilish va o’zgartirish metodlari haqidagi ta’limotdir. Ilmiy tatqiqod metodlari – bu tadqqod olib borish usullaridir. Geografiya ta’limi metodikasida ilmiy tatqiqot metodlari ikkita katta guruhga bo’linadi: eksperemental-emprik va nazariy metodlar; Eksperimental-emprik usullar pedagogik tatqiqotlar bosqichida qo’llaniladi, nazariy usullar esa yig’ilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va nazariyalar tuzish bosqichida qo’llaniladi. Geografiya ta’limini rivojlanishini dastlabki bosqichlarida asosan eksperimental-emprik usullar qo’llanilgan. Ammo XX-asrning 2-yarmidan boshlab geografiya ta’limi metodikasining nazariy jixatlarini rivojlanishi oqibatida u xususiy didaktika faniga aylandi. Metodik tatqiqotlarda nazariy usullar va ularning alohida qismlari keng qo’llanila boshlandi. Masalan, tizimli-tarkibli yondoshish, bilimlarni mantiqiy didaktik tahlil i, o’quv materialini tarkibiy- mantiqiy va mantiqiy tushuncha tahlil i. Tatqiqot usullarini tanlash qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Masalan, muammoning dolzarbligi, maqsad va vazifalarni aniqlash va boshqalar mavjud ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilishni talab etiladi.
.Nazariy tatqiqot usullari. Nazariy tatqiqot usullariga adabiyotlarni tahlil qilish, statstikmatematik, tarixiy, qiyosiy va tizimli usullar kiradi. Adabiyotlar bilan ishlash usuli. har qanday ilmiy ish shu sohada e’lon qilingan adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish bilan boshlanadi. Mazkur usul yordamida boshqa tatqiqotchilar tomonidan olingan ma’lumotlar to’planadi va o’rganiladi va umumlashtiriladi. Geografiya ta’limi metodikasida quyidagi sohalar bo’yicha ma’lumotlar to’planadi va tahlil qilingadi: ta’lim bo’yicha davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar, qarorlar va boshqa xujjatlar; bilish nazariyasi bo’yicha falsafiy adabiyotlar o’rganiladi; mantiq, psixalogiya va didaktika bo’yicha ma’lumotlar o’rganiladi va tahlil qilinadi: o’qitish metodikasi bo’yicha e’lon qilingan ilmiy ishlar alohida tahlil qilinadi; Adabiyotlar tahlil i amalga oshirilgandan so’ng o’rganilayotgan muammoning dolzarbligi, o’rganil-may qolgan jihatlari aniqlanadi. Statistik- matematik metodlar. O’qitish metodikasi bo’yicha olib borilgan tatqiqotlar natijalarini hisobga olish va ularni umumlashtirish maqsadida qo’llaniladi. Miqdoriy ko’rsatgichlarni tanlash ularni tartibga keltirish va tahlil qilish metodik tatqiqotlarda katta ahamiyatga ega. Chunki ular juda ko’p pedagogik tatqiqotlarning o’lchami hisoblanadi. Miqdoriy ko’rsatgichlar yordamida tarbiya va o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik vositalarning qanchalik foydaliligini aniqlash mumkin. Qiyosiy usul. Mazkur usul yordamida fandagi va maktab geografiyasidagi bilimlar tizimi, o’qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlar, o’quv vositalari, baholash usullari, dars turlari tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bu esa tatqiq qilinayotgan muammoni umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. Tarixiy usul. Mazkur usul yordamida o’rganilayotgan metodik muammoning rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Bundan tashqari ma’lum bir muammoni ayrim davrlarda rivojlanishini ham ochib beradi. Tizimli - tuzilish usuli. Bu umumiy fanlararo tadqiqot usuli bo’lib XX-asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy-tatqiqot ishlarida keng qo’llanila boshlandi. Mazkur usul bir butun bo’lgan geografik borliqni eng muhim xususiyatini ochib berish va uni tarkibiy tuzilishining darajalarini aniqlashdan iborat. Geografiyani o’qitish metodikasida mazkur usul yordamida ma’lum bir tizim tizimchalarga bo’linadi. Geografiya o’qitish metodikasida o’quv materiali tizim sifatida qaraladi, uning tarkibiy qismlari esa tizimchalar sifatida qaraladi. Tizim-tuzilish usullarini tarkibida mantiqiy-tuzilish tahlil i mavjud. Mazkur usul yordamida o’quv materialining tuzilishi va ularni bayon etilishining ketma-ketligi aniqlanadi. Mazkur usul bir butun geografik borliqni tuzilishini tatqiq qilishga imkon beradi va undan alohida qismlarni ajratishga va ular orasidagi bog’liqliklarni ochishga yordam beradi.
Eksperimental-emprik usullar. Mazkur usullarga asosan maktab tajribasini o’rganishga yo’naltirilgan usullar kiradi. Ular kuzatish, anketa, maktab xujjatlarini tekshirish usullari va pedagogik eksperiment kiradi. Kuzatish. Eng keng tarqalgan pedagogik tatqiqot usuli hisoblanadi. Mazkur usul pedagogik jarayonni bilishni eng muhim usullaridan biri hisoblanadi. Har qanday o’qituvchi darsni kuzata bilish qobiliyatiga ega bo’lmog’li lozim. Kuzatish metodikasi tuzilishi, mazmuni, turi, kuzatish texnikasi o’rganilayotgan muammoni mohiyati va xususiyatlari, tatqiqod metodlariga bog’liq. Kuzatish turli xil bo’ladi, ular dasturi, tashkil qilinishi va maqsadiga ko’ra ma’lum bir guruhlarga bo’linadi. Kuzatish ob’ektlari o’quv ishlari usullari, darslarda o’quvchilarni tashkil qilish, uyga vazifa berish, o’qitish metodlarini va vositalarini tanlash hisoblanadi. So’rovnoma (anketa) usuli. Mazkur usul geografiya ta’limida keng qo’llaniladi. Bunda turli metodik ma’lumotlar uchun ma’lum bir yo’nalishda ma’lumotlar yig’iladi. So’rovnomaning mazmuni o’quvchilvar, o’qituvchilar va metodistlar uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, iqtisodiy va ijtimoiy georgrafiya predmeti bo’yicha o’qituvchi uchun so’rovnoma mazmuni o’qitish metodlarini takomillashtirish bo’yicha quyidagicha bo’lishi mumkin: 1.O’quvchilarni faoliyatini tashkil qilishda qanday usullardan foydalanasiz: a) yangi mavzuni o’qitishda; b)o’quvchilar bilmini tekshirishda; 2.Sizni darslaringizda ko’proq qaysi metod asosiy bo’lib hisoblanadi? 3.Sizni darslaringizda VIII-IX sinf o’quvchilarning ishlari nimasi bilan farqlanadi: a) karta bilan ishlanadi; b)darslikdagi rasmlar bilan, jadvallar bilan; 4.O’quvchilar qobiliyatini qanday vositalar va usullar bilan rivojlantirasiz; 5.O’quvchilarni bilish faoliyatini qaysi darajada tashkil qilasiz; a) bilimlarni tayyor holda berasizmi? b)materialni faqat bir qismini o’zingiz tushuntirasiz? v) mavzuni o’quvchilar o’zlari mustaqil o’zlashtirishadi. O’qituvchilardan so’rovnoma o’tkazish bilan bir vaqtning o’zida o’quvchilar bilan ham so’rovnoma o’tkaziladi. O’quvchilar uchun so’rovnoma mazmuni quyidagi jadvallarda berilgan.

Download 1,66 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiatshunoslik va geografiya o’qitish usullari fanining tadqiqot usullari

Download 1,66 Mb.