• 63. Xaritalar asosida misollar va topshiriqlar yechish ularning tasnifi
  • Geografiya darslarida ma’naviy ekologik iqtisodiy tarbiya




    Download 1,66 Mb.
    bet64/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    62. Geografiya darslarida ma’naviy ekologik iqtisodiy tarbiya
    Geografiya fani tabiat va jamiyat xaqidagi bilimlarni bergani uchun unda o’lkashunoslik tamoillaridan foydalanishni katta imkoniyatlari mavjud. Geografiya predmetlaridagi diyarli barcha mavzularni o’lkashunoslik tamoillaridan foydalanib o’rganish mumkin. Relьef mavzusini maktab atrofidagi relьef shakillari orqali tushuntirish mumkin, gedrosfera mavzusini maktab atrofidagi suv obьektlar misolida, qishloq xo’jaligi yoki sanoatini o’z yashayotgan joyi misolida o’tish mumkin. Mazkur tamoilni qo’llash geografik bilimlarni oson va tez o’zlashtirishiga xamda hamda o’quvchilarni o’z vataniga va yashab turgan joyiga mexr muxabbat ruxida tarbiyalashga yordam beradi. Iqtisodiy ta’lim tamoilini xisobga olish. Geografiya ayniqsa iqtisodiy geografiya darslarida o’quvchilarga iqtisodiyta’lim va tarbiya berish katta axamiyatga ega. xar bir xo’jalik tarmog’ini o’rganishda ularni iqtisodiy samarasi haqida bilimlar beriladi, shu bilan birga xom ashyo va tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanish, o’z mulkiga va davlat mulkiga ixtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni o’rgatish o’quvchilarni iqtisodiy tarbiyasini yuqori darajaga ko’tarishga imkon beradi. Geografiya darslarida ekologik tarbiya berish. Geografiya fani atrof muxit va xo’jalik xaqida bilim beradigan yagona fan bo’lganligi sababli unda o’quvchilarga ekologik tarbiya berish katta imkoniyatlariga ega. tabiiy va iqtisodiy geografiya predmetlarini o’rganishda har bir mavzu bo’yicha ekologik bilim ta’lim va tarbiya berish mumkin. Ayniqsa O’rta Osiyodagi regional ekologik muammolarni yoritib berish yoki ulardan misollar keltirish katta axamiyatga ega.
    63. Xaritalar asosida misollar va topshiriqlar yechish ularning tasnifi
    Geografik bilimlarni egallashda chiziqli kartalar bilan ishlash muxim o’rin tutadi. Ular geografiya ta’limining barcha shakillarida qo’llanishi mumkin. chiziqli xaritalari bilan ishlash geografik nomlarni o’kuvchilar tomonidan yaxshi eslab qolishga imkon beradi. 53 CHiziqli xaritalar bilan ishlash samarali bo’lishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi lozim: kartaning nomi yirik harflarda kartasining yuqori qismida yoziladi; o’kuvchining ismi sharf iva sinfi kartasining quyi o’ng qismiga yoziladi(mayda xarflar bilan); geografik borliq nomlari bosh harflar bilan yoziladi; daryo, tog’ tizmalari, qo’ltiqlar va dengizlar nomi ularning yo’nalishi bo’yicha yoziladi; shaharlar, ko’llar nomlari kengliklar bo’yicha yoziladi; foydali qazilmalar, xalq xo’jaligi tarmoqlari umum qabul qilingan shartli belgilar yordamida belgilanadi: Sinf sharoitida chiziqli xaritalar qalam bilan bo’yaladi, uy sharoitida esa tush yoki siyox bilan bo’yaladi. CHiziqli xaritalarni to’ldirish devoriy kartalar va atlasdagi kartalar bilan ishlash bilan uyg’unlikda olib boriladi. O’kituvchi dars o’tish jarayonida geografik borliqni devoriy gazetada ko’rsatish ularni atlasdan topshirishi va chtziqli xaritaga shartli belgilar bilan tushirishni tavsiya etadi. Kartada geografik borliqni tushirish uchun mo’ljall bo’lib daraja to’ri, daryolar, shaharlarning nuqsonlari, qirg’oq chizig’i, chegaralari hisoblanadi. CHiziqli karta bilan bajariladigan har bir yangi ish o’qituvchi yordamida amalga oshirilishi zarur. O’kuvchilar chiziqli kartaga tushirishni yaxshi o’rganib oligandan so’ngina ularga mustaqil ishlashga ruxsat berish mumkin. CHiziqli kartaga tushiriladagan geografik nomlar soni chegaralangan bo’lmlg’i lozim. CHiziqli karta bo’yicha o’kuvchilarga murakkab bo’lgan vazifalarni bermagan maqul. Masalan, atlasdagi ma’lumotlarni chiziqli kartaga tushirish. CHiziqli kartalarga faqat dasturda uchraydigan geografik nomlarni tushirish lozim. CHiziqli kartalar bilan ishlash ijodiy yo’nalishga ega bo’lmog’i va o’kuvchilar tomonidan mustaqil ravishda bajarish lozim. Umum ta’lim maktaktablarida chiziqli kartalari bilan quyidagi vazifalarni bajarish mumkin: -chiziqli kartalarga geografik borliq xodisa va jarayonlarni nomlarini tushirish. Mazkur geografik nomlar daslik matnida uchrashi mumkin o’kituvchi dars jarayonida kartadan ko’rsatilgan bo’lishi mumkin, boshqa kartalar bilan mustaqil ishlash aniqlangan bo’lishi mumkin. -geografik (tabiiy va iqtisodiy) borliq va xodisalarning shartli belgilarni chiziqli kartaga tushirish. Mazkur ish o’qituvchi yordamida bajariladi. -o’kituvchini darsni gapirib berishi davomida chiziqli xaritalarni to’ldirish. Bunday ishlar asosan yuqori sinflarda bajariladi. Bunda o’kuvchilar shartli belgilarni to’la o’zlashtirgan bo’lishlari shart. -tog’ tizmalarini, shamollarni, yok tashish oqimlari, migratsiya yo’nalishlari, yo’llarni, oqimlarni yo’nalishlarini karta sxemalarini tuzish; -chiziqli xaritaga iqlim elementlarini tushirish, yog’in miqdorini ranglar bilan shamol yo’nalishini strelka bilan tasvirlash; -chizikli kartaga tuproq turlarini tushirish. Ko’proq materiklar tabiiy geografiyasini o’rganishda qo’llaniladi; - chiziqli kartaga foydali qazilmalarni tushirish. Bunda o’quvchilar foydali qazilmalarni shartli belgilarini yaxshi bilishi zarur; 54 - chiziqli kartaga axolini ko’rsatgichlarini tushirish (zichligi, milliy tarkibi, urbanizatsiya darajasi, til va kasb, jinsiy tarkibi va x.k.); - chiziqli kartada sanoat tarmoqlarini ko’rsatish (yoqilg’i-energitika, metallurgiya, mashinasozlik, transport yingil sanoat, oziq-ovqat sanoati, va x. k.); - chiziqli kartada qishloq xo’jaligi tarmoqlarini tasvirlash (dexqonchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, chorvachilik va x.k.); - chiziqli kartada mamlakatlarni tasvirlash (rivojlangan, rivljlanayotgan, mustamlaka). O’kuvchilarni chiziqli karta bilan ishlashini o’kituvchi muntazam ravishda nazorat qilib borishi zarur. Bajaradigan vazifalar muntazam baholanib bormog’i lozim. CHiziqli kartalan tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va siyosiy geografik yo’nalishda bo’ladi o’kuvchilar aynan mavzuga doir chiziqli kartadan foydalanmog’i lozim, aks holda ularni chiziqli kartalar bilan ishlashi qiyinlashadi va ular berilgan vazifani bajara olishmaydi.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geografiya darslarida ma’naviy ekologik iqtisodiy tarbiya

    Download 1,66 Mb.