Geografik maydoncha va Geografiya xona




Download 1,66 Mb.
bet67/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

68. Geografik maydoncha va Geografiya xona
Geografik maydoncha – bu yer sirtidagi maxsus jihozlangan maydonchadir. Bu maydoncha mazkur hudud uchun reprezentativ, ochiq, tekis va gorizontal joyda joylashgan bo‘lishi kerak. Maydonchada meteorologik asboblar ma’lum tartibda o‘rnatiladi. Maydonchaning o‘rni tanlanganda atrofdagi hududning rivojlanish istiqbollari hisobga olinishi lozim. Masalan, geografik maydonchaga yaqin joyda ko‘p qavvatli binolar yoki sanoat inshootlarining qurilishi boshlansa, bu kelajakda meteorologik kuzatishlarning birjinsliligini buzadi. Geografik maydonchaning o‘rni tanlangandan so‘ng, u to‘rtburchak shaklida qurilib, uning tomonlari shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga yo‘nalgan bo‘lishi shart. Maydonchaning standart o‘lchamlari 26 m × 26 m bo‘lishi kerak. Rejalashtirilayotgan ishlarning hajmi kamroq bo‘lsa, maydoncha kichikroq, lekin 20 m × 16 m dan kichik bo‘lmasligi lozim. Geografik maydonchaning atrofi albatta o‘rilgan bo‘lishi kerak. Panjara simli to‘rdan yasalgan bo‘lib, yerda betonlangan tirgaklarga tortiladi. Yog‘och devor, chetan devor, o‘simlik devori va qoziq devorlardan panjara yasash qat’iyan ta’qiqlanadi. Bunday panjaralar havo o‘tishiga to‘sqinlik qilib, asbob ko‘rsatkichlaridagi hatoliklarga olib keladi. Qulflanadigan eshik panjaraning shimoliy tomonida o‘rnatilishi kerak. Maydonchada asbob va uskanalarning to‘g‘ri joylashtirilishi ishning muhim va ma’suliyatli bosqichidir. Pastroqda joylatirilgan asboblarga yuqoriroqda o‘rnatilgan qurilmalardan soya tushmasligi uchun, eng balandlari maydonchaning shimoliy tomonida, pastroqlari – janubiy tomonda o‘rnatiladi. Masalan, maydonchaning shimoliy qismida anemorumbograflar va masofaviy o‘lchash (distansion) stansiyalarining minoralari o‘rnatiladi. Keyingi qatorga psixrometrik budka, o‘ziyozarlar va plyuviograf uchun budka joylashtiriladi. Uchinchi qatorni yog‘ino‘lchagich, bulutlilik balandligini o‘lchagichi va geliograf egallaydi. Maydonchaning janubiy qismida tuproq termometrlari va Savinov termometrlari o‘rnatiladi. Agar maydonchada aktinometrik kuzatishlar ham o‘tkazilsa, unda aktinometrik asboblar maydonchaning janubi-sharq qismida o‘rnatiladi.
Maydonchadagi binoda bosimni o‘lchovchi asboblar (simobli barometr, aneroid, barograf) va avtomatik asboblarning (anemorumbograf, distansion stansiya) qayd qilib boruvchi qismlari joylashgan bo‘ladi. Aynan shu yerda kuzatish natijalarini qayta ishlash uchun kerak bo‘lgan sertifikatlar, jadvallar va h.k. va Bulutlar atlasi saqlanadi. Geografik maydonchaning muhim ob’ektlaridan biri psixrometrik budkadir. Psixrometrik budka . Psixrometrik budka o‘lchamlari 29×46×59 sm ga teng bo‘lgan shkafdir. Uning yon devorlari jalyuzi shaklida ishlangan ikki qator qiya joylashtirilgan yog‘ochlardan iborat. Yon devorlardan bittasi eshikdir. Budka gorizontal shiftga ega, uning usti tom bilan yopilgan. Tomning o‘lchamlari shiftning o‘lchamlaridan katta, uning nishabi janub tomonga yo‘nalgan. Budkaning tagligi uchta alohida qoqilgan yog‘ochdan iborat bo‘lib, o‘rtadagisi yonidagilardan balandroq joylashgan bo‘ladi. Taglikdagi yog‘ochlarning orasida tirqishlar qoldirilgan. Jalyuzi shaklidagi yon devorlar va taglikdagi tirqishlar asboblarga havoning erkin yetib kelishini (ventilyatsiya) ta’minlaydi. Yaxshi ventilyatsiya faqat shamol esganda kuzatiladi, shamolsiz sharoitda budkadagi havo to‘xtab qoladi. Psixrometrik budkada termometrlar radiatsion ta’sirlardan himoyalangan bo‘ladi. Budkaning tagligidagi yog‘och asos shunday o‘rnatiladiki, uning ichidagi termometrlarning balandligi yer sirtidan 2 m bo‘lishi kerak. Budkaning eshigi shimolga qarashi kerak. Kuzatish paytida eshik ochilganda, to‘g‘ri quyosh nurlari termometrlarga tushmasligi uchun shunday qilinadi. Budkaning sirti, ichi, asosi va zinasi oq moyli bo‘yoqqa bo‘yaladi. Geografiya xonasi jixozlariga qo’yiladigan talablar Geografik bilimlarni o’zlashtirishda geografiya xonasi va unda jixozlangan jixozlar katta axamiyatga ega. Geografiya xonasi mavjud bo’lgandagina tegishli o’quv vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin. Geografiya xonasi o’quv vositalari majmuasini, mebellar, o’qiuvchi va o’quvchilar uchun moslamalar, o’quv jixozlarini saqlash ko’nikmalari, texnik vositalar, ekspozitsion
matyeriallar, ilmiy-metodik qo’llanmalardan iborat murakkab tuzim bo’lib xisoblanadi. Geografiya xonasini uch qismga bo’lishimiz mumkin: a) o’quvchilarni joyi b) o’qituvchini joyi; V)jixozlar. O’quvchilarni ish joyi. Geografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi ikki o’rindiqli stol va stuldir. Ular yog’ochdan yoki temirdan qilingan bo’lishi mumkin. Bu yerda asosiy antrolmetrik talab stol va stullarning balandligi o’quvchilar bo’yiga mos kelishi lozim. O’quvchilar stollarini joylashtirayotganda umumiy gegenik talablarga amal qilish lozim. Stol va stullarni uch qator qilib jloylashtirgan maqul. Ular sinf taxtasidan 2 m uzoqlikda joylashishi zarur. Dyeraza va stollar xamda stullar qatori oralig’idagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi lozim. Oxirgi qatoragi stullar bilan shkaflar orasida o’tish uchum masofa bo’lmog’i lozim. O’quvchilar stollarda bo’yiga qarab o’tirishi lozim. Geografiya xonasida o’qituvchilarni ish joyi. O’qituvchi odatda o’rta qatorni boshida joylashadi. Uning ish joyi o’quv vositalarini namoyish qiladigan joy xisoblanadi. O’qituvchi o’tirgan joydan sinfni xamma tomoni va sinfdagi barcha o’quvchilar ko’rinib turishi lozim. O’qituvchini ish joyi quyidagi talablarga javob byermlg’i lozim. 1. Sinfni barcha tomoni xamda barcha o’quvchi nazaridan chetda qolmasligi lozim. 2. O’qituvchini stoli yonida o’quv vositalarini namoiy qiladigan yoki ulardan foydalaniladigan moslamalar bo’lmog’i lozim; 3. Geografiya darslarida ko’p xollarda asosiy o’quv vositasi sifatida xaritadan foydalanilganligi uchun kartografik vositalarni namoish qiladigan moslamalar bo’lishi e’tibordan qochmasligi lozim. O’quv vositalarini namoyish qiladigan stolni balandligi 90 sm dan oshmasligi lozim, uning yuzasi esa 120x75 bo’lishi zarur.

Download 1,66 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografik maydoncha va Geografiya xona

Download 1,66 Mb.