|
Tabiatshunoslik va geografiya bo’yicha darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash
|
bet | 66/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari67. Tabiatshunoslik va geografiya bo’yicha darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash
Darslik bilan ishlash geografiya ta’limida muntazam olib boriladi. Darslik bilan ishlash texnologiyasi qo’yidagi qismlardan iborat: darslik bilan tanishish va u bilan ishlash qoidalarini o’rgatish; darslik matni bilan ishlash; darslikdagi xaritalar bilan ishlash; matndagi tizmalar bilan ishlash; matndagi rasmlar bilan ishlash; matndagi jadvallar bilan ishlash; darslik ilovalari bilan ishlash; darslik bilan ishlashni tashkil qilish; har bir sinf darsligi bilan ishlashni o’ziga xos xususiyatlari. O’quv yilini boshida o’qituvchi o’quvchilarni darslik bilan tanishtiradi. Darslik bilan tanishtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab darslikni nomi, mualliflari, qaysi nashriyotda va qachon chop etilgani o’quvchilarga tushuntiradi. SHundan so’ng darslikning tarkibiiy tuzulishi ochib beriladi. (Kirish, necha qism, necha bob, ilovani bor yo’qligi) Masalan, 7-sinf darsligini oladigan bo’lsak, darslik O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi deb nomlanadi, darslikni mualliflari P.G’ulomov, X.Vaxobov, P.Baratov. M.Mamatqulov hisoblanadi, darslik ―O’qituvchi‖ nashriyotida 2003 yil chop etilgan. Darslik kirish, ikkita bo’lim,9-qism va ilovadan iborat. Darslikning birinchi bo’limi O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi bag’ishlangan, ikkinchi bo’limi esa O’zbekiston tabiiy geografiyasi bayoniga bag’ishlangan. Darslikning ilova qismi 7- ta jadvaldan iborat (tog’ cho’qqilari, chuqur botiqlari, yirik daryolar, ko’llar, suv omborlar, qo’riqxonalar). Darslikning umumiy hajmi 174bet. Darslikdagi 59 ta rasm berilgan. Rasmlar xaritalardan, diogrammalardan, chizmalardan iborat. SHundan so’ng darslikdan foydalanish qoidalari tushuntiriladi (toza tutish, darslik sahifalariga turli xil so’zlarni yozmaslik,buzmaslik,yirtmaslik va h.k) Darslikning matni bilan ishlash. Darslikni matni bilan ishlash quyidagi qismlardan iborat: izohli o’qish; matni asosida reja tuzish; matnni ma’lum bir qismini o’qib so’ngra so’zlab berish. Izohli o’qish o’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bundan matn qismlarga bo’linib o’qiladi so’ng o’qilgan matnga izoh beriladi. Masalan, 7-sinf darsligining bimrinchi bo’limini 14-§ da quyidagi jumlani keltirishimiz tekisliklar O’rta Osiyoning markaziy,g’arbiy va shimoliy qismlarda joylashgan. O’rta Osiyoning anchagina qismlarida Turon tekisligi egallagan. Bu tekislikda O’rta Osiyoning yirik cho’llari – Qoraqum va Qizilqum joylashgan (41 bet). Mazkur jurnalni o’qigandan so’ng o’qituvchi unga izox beradi. Izox deganda u tekisliklar, ularning turlari, kelib chiqishi xaqida so’zlab. O’rta Osiyodagi eng 99 yirik bo’lgan Turon tekisligini xaritadan ko’rsatib, uning asosiy xususiyatlarini gapirib beradi. Matinni ayrim qisimlariga reja tuzilishi. Bunda matnma’lum bir qismlarga bo’linib o’quvchilarga bo’lib beriladi va ulardan matnning ushbu qismiga reja tuzish vazifasi beriladi. Masalan, O’rta Osiyo xududining rivojlanish tarixi va foydali qazilmalari mavzusini matnini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: -paleozoy erasida xududning rivojlanishi: -mezozoy erasida xududining rivojlanishi: -kaynazoy erasida xududning rivojlanishi: -kaynazoy erasida xududning rivojlanishi: -zil-zilalar: -foydali qazilmalar: SHulardan foydali qazilmalar qimsiga quyidagicha reja tuzish mumkin: yoqiolg’i foydali qazilmalari: (ko’mir, nefьt, gaz), qora metall konlari: rangli metallar konlari: meniral o’g’itlar konlari: qurilish xom ashyosi konlari (marmar, oxak,qum, granat). Darslikdagi xaritalar bilan ishlash. Xar bir sinf geografiya darsligining matnidagi mavzusiga oid turli xil xaritalari bilan. Xaritavlar 6,7,8 va 9-sinf darsliklarida ko’proq matndagi xaritalavr asosan mustaqil ishlarni bajarishda ko’proq ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darosligining 7-chi saxifasida Yevrosiyoning tabiiy geografik o’ldkalari xaritasi berilgan. Ushbu xarita bo’yicha quydagi topshiriqlarni o’quvchilarga berish mumkun: -Janubiy Osiyoda joylashgan Yevrosiyo tabiiy geografik o’lkalarini aniqlang va ularning geografik joylanishiga baxo bering: -Eronda joylashgan tabiiy geografik o’lkalarni aniqlang: -O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasti qaysi o’lkalar orasida joylashgan: -SHimoliy Osiyo qanday tabiiy geografik o’lkalardan iborat va x.k. SHunday taxlitda xar bir mavzuli xarita bo’yicha o’quvchilarga mustaqil ish uchun vazifa berish mumkun. Darsliklarda juda ko’p rasimlar xam berilgan. Mazkur rasimlar tabiiy va iqtisodiy geografik abektlarini tasviriga bag’ishlangan. SHuning uchun kartadagi rasmlar bo’yicha ham o’quvchilarga mustaqil ishlar berish mumkin. Geografiya darslaridagi rasmlarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: buyuk olim va shayxlarning rasmlari : tabiiy landshaftlar manzarasini tasvirlaydigan rasmlar (tog’lar, tekisliklar, vodiylar chuqurlar va h.k) tabiiy geografik jarayonlarning oqibatlari va ko’rinishlari tasvirlaydigan rasmlar (nurash, sho’rxok, vulqon, zil-zila va h.k) : iqtisodiy geografik obьektlarni tasvirlaydigan rasmlar (zavod, fabrika, suv ombolari, qishloq xo’jalik ekinlari, yo’llar, kanallar va h.k) CHizmalavr xaritalarga o’xshab darslikdagi juda ko’p uchraydi. Ular geografik aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzugam tegishli qonuniyatlarni o’quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan, yerga quyoshdan keladigan issiqlikni uni tushish burchagiga bog’liqligini ko’rsatuvchi chizmalar. Darsliklarda berilgan chizmalarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: -boshlang’ich tabiiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar (litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera, yer va olam mavzulavrida): -materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi hamda O’rta Osiy va O’zbekiston tabiiy geografiya kurslari bhyicha berilgan chizmalar: 100 -iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar. Mazkur chizmalar asosan diagrammalardan iborat. Ular xalq xo’jalik tarmog’ini ma’lum bir qismlarini ko’rsatgichlarini tasvirlaydi. Umumta’lim maktablari geografiya darslarida jadvallardan foydalanilgan. Tabiiy geografiya darslvarida jadvallar asosan ilovalarda berilgan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida matindagi jadvallar ko’proq o’rin olgan jadvallarda ko’proq iqtisodiy ko’rsatgichlar berilgan. Ular orasida ma’lum bir iqtisodiy tarmoqni o’sish dinamikasini ochib berish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografik darslardagi jadvallarni quyidagi guruxlarga bo’lishimiz mumkin: siyosiy geografik: demografik: tabiiy resurslar: sanoat: qishloq xo’jaligi: transport va xalqaro iqtisodiy aloqaldar regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan jadvallar. Jadvallarni taxlili bo’yicha o’quvchilarga juda ko’p mustaqil ishlar berish mumkin. Xar bir sinfda darslik bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Beshinchi sinfda boshlang’ich tabiiy geografiya kursini o’rganishda izoxli o’qish, matindagi savollarga javob berish, matinining rejasini tuzish, matindagi asosiy fikrli aniqlash muxim o’rin tutadi. VI sinfda ―Materiklar va okeanlar‖ tabiiy geografiyasini o’rganishda quyidagi xolatlarga katta e’tibor berish lozim: qiyoslash: matnning mazmuni bo’yicha chizmalar: rasmlar va jadvallar tuzish, matindan ma’lumotlarni ko’chirib olish: geografik obьektlar ro’yxatini tuzish: matnni kengaytirilgan rejasini tuzish. 7-sinfda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasini o’rganishda ishlar bir oz murakkablashadi. Mazkur kurs bo’yicha quyidagi topshiriqlarni berish mumkin: matnga kengaytirilgan reja tuzish, chizmalar chizish,turli xil aloqalar va bog’diqliklarni ko’rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy geografik o’lkalar) jadvalini tuzish, iqlimiy jadvallar tuzish va h.k). VIII- sinfda ―O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ kurs o’tiladi. Mazkur kurs darsligi bo’yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin: matnga reja tuzish; turli xil xaritalar bilan ishlash (foydali qazilmalar,ma’muriy, iqtisodiy, transport va h.k. % jadvallar bilan ishlash (aholi, mineral resruslari, tarmoqlar bo’yicha iqtisodiy ko’rsatkichlar); chizmalar (diogrammalari bilan ishlash) va h.k.IX- sinfda ―jahon iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi‖ kursida o’tiladi. Mazkur kursni o’ganishda o’quvchilarga murakkabroq topshiriqlar beriladi: matnni o’qib xulosalar tayyorlash; iqtisodiy geografik xaritalarni tahlil qilib ma’lum bir davlatni iqtisodiy geografik tavsifini tuzish, yoki bo’lsa sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlangan xududlarni aniqlash, jadvalllarini tahlili asosida turli xil chizmalar va diogrammalar tuzish va h.k.
|
| |