|
Ta’limda noananaviy darslar va interfaol usullardan foydalanish
|
bet | 68/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari69. Ta’limda noananaviy darslar va interfaol usullardan foydalanish
Noan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg‘ulot turidir. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Fikrlar to‘qnashuvi yuzaga keladi. O‘quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog‘onaga ko‘tariladi. O‘qituvchi shu tarzda o‘quvchilarni faollashtiradi, o‘zlashtirishi past o‘quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, uning sifati darsda qo‘llanilgan metodlarga bog‘liq. Darsning mazmunli o‘tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o‘qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi. Darsda metodlar to‘g‘ri tanlansa, maqsadga tez va oson erishiladi. Interfaol metodlarni tanlash har bir darsning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu esa o‘qituvchidan har doim bir xil usulda emas, dars mavzusiga mos metodlar asosida dars o‘tishni talab etadi. Buning uchun o‘qituvchi doimo o‘z ustida ishlashi, bilim va kasbiy malakasini oshirib borishi, ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo‘lishi va o‘z faoliyatida ulardan samarali foydalanishi lozim. O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ijodkor, aktyor va fan bilimdoni bo‘lsa, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda darsning mazmuni, o‘quvchilarga yetkazish usul va shakllari, vositalarini oldindan belgilab, mavzuga mos metodni tanlasagina dars samaradorligi yuqori bo‘ladi. Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o‘tib, yaxshi natija bergan. Keng qo‘llaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so‘rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o‘tilgan mavzuni so‘rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo‘llash dars samaradorligini ta‘minlab, o‘quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
|
| |