|
Tabiiy va iqtisodiy geografiya darslarida muammoli o’qitishning o’rni va ahamiyati
|
bet | 63/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari61. Tabiiy va iqtisodiy geografiya darslarida muammoli o’qitishning o’rni va ahamiyati
Geografiya fani tabiiy va iqtisodiy va ijtimoiy qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha muammolar mujassamlashgan. Mazkur muammolar tabiiy va iqtisodiy- ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o’z aro ta’siri natijasida shakillanadi va rivojlanadi. Mazkur muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning eng muxim shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishiga ko’ra gruxlarga bo’lish muhim axamiyatga ega. Ushbu muammolarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: 58 - tabiiy geografik muammolar; -ijtimoiy-iqtisodiy geografik muammolar; - geoekologik muammolar; Tabiiy geografik muammolar insoniyat tarixi davomida jamiyatga ta’sir etgan asosiy muammolardan biri bo’lib kelgan va bo’lib qolmoqda. Bunday muammolarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: a) Yer qobig’ining xususiyati bilan bog’liq bo’lgan muammolar(zil-zila, vulqonlar, tiktonik xarakatlar va x. k.) b) atmosfera va iqlim bilan bog’liq bo’lgan muammolar(kuchli shamollar, sellar, yashin tushishi, do’l, sovuq urishi, qurg’oqchilik va x.k.) v)Er usti suvlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar (suv toshqini, botqoqlanish, va x.k.) g) biologik muammolar, ya’ni tuproq, o’simlik va hayvanot dunyosi bilan bog’liq bo’lgan muammolar; d)dunyo okeani bilan bog’liq bo’lgan muammolar (okean satxini ko’tarilishi, tayfun, tsunami) va x.k. Er qobig’ini xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan muammolarni (jarayonlarni) oldindan bilib bo’lmaydi, faqat ularni sodir bo’lishini oldindan bilib tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish mumkin. masalan, zil-zila yoki vulqonni sodir bo’lishini oldindan aytishni iloji bo’lsa mazkur hududlarda axolii olib chiqib ketiladi. O’kituvchi ayniqsa vulqonlar va zil-zila sodir bo’lib turadigan hududlarda yashovchi o’quvchilarga tushuntirish katta amaliy va ilmiy hamda ta’limiy axamiyatga ega. Tektonik harakatlar natijasida Yer yuzasining ma’lum bir joylarini asta sekin pasayishi va ko’tarilishini Nedirlandiya xududi misolida tushuntirish mumkin. Yer po’stini asta sekin cho’kishi natijasida Nedirlandiya xududi dengiz satxidan pastda qolib ketmoqda. Natijada Nedirlandiya xududini suv bosish havfi tug’ilgan. Buni oldini olish uchun degiz qirg’og’iga to’g’on qurilgan uning balandligi har yili ko’tarilib turiladidi. Atmosfera va iqlim bilan bog’liq bo’lgan muammolar insoniyatni qadimdan qiziqtirib keladi. Xozirgi vaqtda ayrim atmosfera xodisalarini sodir bo’lishini oldindan aytib beriladi va shunga mos ravishda chora tadbirlar ishlab chiqiladi. Masalan, sel, sovuq urishi, qirg’oqchilik, bo’ronlar va x.k Er usti suvlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar ham hozirgi vaqtda oldindan aniqlanadi va tegishli chora tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunday muammolarga (jarayonlarga) suv toshqinlari, botqoqlar xosil bo’lishi tushuniladi. Biologik muammolarga tuproq erroziyasi, o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishi yoki kamayib ketishi kiradi. Ular asosan tabiiy sharoitni keskin o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi. Dunyo okeani bilan bog’liq bo’lgan muammolar qirg’oq va orollarda joylashgan davlatlar uchun muxim muammolardan biri bo’lib qolmoqda yer shari iqlimi asta sekin ilishi natijasida materik va tog’ muzliklari erib dunyo okeani satxi ko’tarilmoqda, okeanlar tayfunlar va tsunami qirg’oqlarda va orollarda yashovchi xalqlarga katta zarar keltirmoqda. Masalan 2005 yil qishda Indoniziyada sodir bo’lgan tsunami natijasida minglab aholi va dam oluvchilar xalok bo’lishdi. 59 Iqtisodiy geografik muammolar ham insonlarni asosiy muammolari qatoriga kiradi. Masalan, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish; Aholishunoslik va demografik muammolar; ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish muammolari; transpart va xaoqaro iqtisodiy munosabatlar muammolari. Geoekrlogik muammolar tabiat va jamiyatni o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi va ularni quyidagi guruxlarga bo’lishimiz mumkin: -tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari; -tabiatni muxofaza qilish muammolari; - tabiatni tiklash muammolari; Tabiatdan va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolarini hozirgi davrda barcha fanlar oldida turgan umum insoniy muammo bo’lib hisoblanadi. Tabiatdan notuo’g’ri foydalanish oqibatida katta maydonlarda tuproqlar sho’rlanib ketgan, shamol va suv erroziyasi oqibatida tuproqni sifati pasayib ketgan, yaylovlardan intensiv foydalanishi oqibatida ularni maxsuldorligi kamayib ketgan, o’simlik resurslaridan noto’g’ri foydalanish oqibatida o’rmonlar maydoni qisqarib ketgan. , ovchilikni rivojlanishi bilian insoniyat tarixida ko’p hayvonlar butunlay qirilib ketgan yoki butunlay yo’qolish arafasida. SHu munosabat bilan tabiatni va tabiiy resurslarni muxofaza qilish maqsadida butun jaxonda qo’riqxonalar, milliy bog’lar, beosfera qo’riqxonalari, buyurtmaxonalar tashkil qilingan. Jaxon va aloxida davlatlar qizil kitoblari nashr qilingan va qilinmoqda. Hozirgi paytda inson tomonidan buzilgan tabiat komplekslarini tiklash bo’yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Sanoat ishlab chiqarish natijasida hosil bo’lgan texnogen landshaftlarbog’larga, o’rmonlarga, ekinzorlarga va dam olish maskanlariga aylantirilmoqda. Geografiya ta’limining asosiy vazifalaridan biri muammoli dars texnologiyalarini ishlab chiqish jarayonida yuqoridagi muammolardan keng foydalanish va ularni o’quvchilar ongiga chuqurroq singdirishdan iborat. Muammoli ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda O’zbekiston va O’rta Osiyodagi muammolardan foydalansa katta Samara beradi. Masalan, Orol muammosi, Sibir daryolarini O’rta Osiyoga burish muammosi, qishloq xo’jaligini keng rivojlanishi va tuproqlarni sho’rlanishi muammosi va x.k.
|
| |