Xorijda geografiya ta’limi Ilg’or xorijiy tajribani o’rganish va umumlashtirish




Download 1,66 Mb.
bet60/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

58. Xorijda geografiya ta’limi Ilg’or xorijiy tajribani o’rganish va umumlashtirish
Keyingi o’n yilliklarda geografiya o’qituvchilarini tayyorlash va ularni malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog’onaga ko’tarildi. Hozirgi kunda geografiya ta’limi jahonning ko’pgina mamlakatlarida uchta yo’nalishda olib borilmoqda. 1. Barcha o’quvchilar uchun yagona o’quv rejasi va dasturi asosida (SHarqiy Yevropa va sobiq ittifoq o’rnida vujudga kelgan davlatlarda). 2. Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakultativ tarzda o’rganish (AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning ko’pchilik mamlakatlarida). 3. Barcha o’quvchilar uchun o’rganish majburiy bo’lgan fanlar qatorida qo’shimcha fakultativ mashg’ulotlar (Filippin, Frantsiya, Yaponiya va ko’pchilik mamlakatlarda) o’tkazish. Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi barcha maktablarda yagona o’quv rejasi asosida o’tkaziladi. Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo’lib, boshqa fanlar tarkibiga qo’shilib ketgan. Bunda geografiyani chuqur o’rganishni xoxlovchilar maxsus fakultativ mashg’ulotlar orqaligina o’z bilimlarini oshirish mumkin. Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo’yicha yagona davlat rejasi yo’q, har bir o’qituvchi maktab sharoiti nuqtai nazaridan kelib chiqib, o’quv dasturini tuzishi mumkin. Masalan; AQSHda 1700 dan ortiq okrug mavjud bo’lib, ularning barchasida o’ziga xos bo’lgan geografik ta’lim mavjud va bir-biriga o’xshamaydigan dasturlar bo’yicha ish yuritiladi. Uchinchi guruh mamlakatlarida geografiya majburiy o’rganiladigan fanlar qatoriga kirmaydi va uni fakultativ mashg’ulotlar orqali o’rganish asosiy o’rinni egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan fanlar qatorida, xilma-xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng tarqalgan. Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni: boshlang’ich maktab 1-4 sinf, o’rta bosqich 5-9 sinf, yuqori bosqich 10-12 sinf. Har bir bosqichda geografiya ta’limi o’ziga xos maqsadga ega. Masalan, birinchi bosqich maktablarida geografiya ta’limining asosiy maqsadi atrof muxitni o’rganish. Ikkinchi bosqichda o’z mamlakatining hayotini o’rganish va zarur kasblar xaqida ma’lumotlar olish, ta’limiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi maktablarda insoniyatning global muammolarini va jahon xo’jaligini o’rganishdan iborat.
Angliya geografiya ta’limining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat: - ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon geografik tadqiqot metodlarini ko’proq o’rgatish; -gegrafiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish, o’quvchilarni gipotezalar tuzishga o’rgatish; -darslarda turli mazmundagi eksperimentlar uyushtirish ya’ni tasavvur, tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o’rin berilgan; -o’tilayotgan maummoni muallif fikri asosida va unga qarshi asosda o’rganish; -5–8 sinflarda geografiyadan haftada ikki soat vaqt ajratilgan. Bu sinflarda asosiy Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o’rganiladi. Topografiya va kartografiya asoslari bo’yicha ham bilimlar beriladi. O’qituvchilar diqqatiga bir nechta variantdagi darsliklar tavsiya etiladi. ‚Mamlakatlar va xalqlar‛, ‚Er va inson‛, ‚Yangi geografiya‛, ‚Er bilimi‛ va hokazo. 9 – 10 sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o’rganilmaydi desa ham bo’ladi. Ayrim ‚Erlardagina‛ qiziquvchi o’quvchilar bilan Yevropa va Germaniya geografiyasi chuqur o’rganiladi. Bu kurslarda mamlakatlar iqtisodi, siyosiy va davlat tuzimiga oid bilimlar yetakchi o’rinni egallaydi. Keyingi paytlarda geografiya, tarix, sotsialogiya, iqtisod bilimlari birgalikda birlashgan kurslar orqali o’qitishga e’tibor kuchaymoqda. Gimnaziyada (11-13sinflar) ayrim joylardagina geografiya qisman mustaqil fan sifatida o’qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar turkumidagi fanlarda xam beriladi. Yuqori sinflarda geografiya fanlarida mujassam muammolarni o’rganishga ko’proq e’tibor beriladi. Masalan, ‚Insoniyatning ko’payishi‛, ‚Ocharchilik muammolari‛, ‚Transport muammosi‛, ‚Sanoat markazlarida inson xayoti‛, ‚Sanoat iqtisodi‛ va x.k. Frantsiya maktablarida geografiya ta’limi bir muncha yaxshi yo’lga qo’yilgan. Geografiya o’qitishning maqsadi va vazifalari juda aniq belgilab qo’yilgan. Frantsiya geografiya dasturi ikki bosqichli maktablarga mo’ljallangan. Shunisi qiziqki Frantsiyada sinflar teskari hisob bilan yuritiladi. 1- bosqich maktab 6,5,4,3 (o’quvchilar yoshi 11- 15 yoshgacha). Oliy ma’lumot olish faqat litseylarda amalga oshiriladi. 2-bosqich, 2,1 va bitiruvchi (15-17yosh) sinflardan iborat Geografiya ta’limi 6-sinfdan boshlanadi, bunda ‚umumiy geografiya va Afrika materigi‛ o’rganiladi. 5- snifda Amerika, Osiyo, Avstraliya, Antarktida, 4- sinfda Yevropa (Frantsiyadan tashqari), 3- sinfda Frantsiya geografiyasi o’qitiladi. Litseyda o’qishni davom ettirish 2,1 va bitiruvchi sinflarga to’g’ri keladi. 2-sinf geografiya dasturida kollejda olgan (6-5-4-3) bilim va ko’nikmalar chuqurlashtiriladi. Litseyning birinchi sinfida Frantsiya geografiyasi bo’yicha o’quvchilar 2- bosqich maktabida olgan bilimlari chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinflarda to’rtta yirik davlat-AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi chuqur o’rganiladi. Frantsiya geografiya darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular muammoli qilib yozilgan. Barcha muammolar ‚inson -tabiat‛ mazmunidan kelib chiqadi.



Download 1,66 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorijda geografiya ta’limi Ilg’or xorijiy tajribani o’rganish va umumlashtirish

Download 1,66 Mb.