|
Geografik ta’limni tashkil etish shakillari
|
bet | 61/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari59.Geografik ta’limni tashkil etish shakillari
Geografiya ta’limining tashkil etish shakillari geografiya darsi, amaliy va mustaqil ishlar, geografiya maydonchasida olib boriladigan ishlar, fakulьtativ mashg’ulotlar, uyda vazifalarni bajarish, geografiya to’garaklar, olimpiadalar, geografik kechalar, o’quv ekskursiyalari kiradi XIV. Geografiya darsi va unga qo’yildadigan talablar O’quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalash dars jarayonida olib boriladi. SHuning uchun dars geografiya ta’limining eng asosiy va markaziy qismi xisoblanadi. Dars jarayonida o’qituvchi darsga ajratilgan aniq vaqt davomida belgilangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishadi. Xar bir darsni maqsadi aniq ifodalangan bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilar ko’zda tutilgan billim va ko’nikmalarni samarali bilish uchun geografiya darslariga qator talablar qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat: darsning ta’lismiy va tarbiyavty maqsadlarini aniq ishlab chiqish; darsning mazmunini ilmiyligiga erishish; dars o’quvchilarni kasbga yo’naltirishi lozim; tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim; tanlangan o’qitish metoddi dars mazmuniga mos mos kelmog’i lozim; geografiya darslarida predmetlararo aloqalar o’rnatilishi lozim; har bir dars ekologik yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim; har bir geografya darsida o’lkashunoslik ta’moyillarini xisobga olinmog’i zarur. Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish. Geografiya darslarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri va aniq ishlab chiqish darsni samaradorligini belgilab beradi. Dastlab darsni ta’limiy maqsadlari ishlab chiqiladi. Buning uchun: geografik borliq, voqea va hodisalar haqida tasavvurlar, ilmiy tushunchalar, tamoillar, qonuniyatlar shakillantiriladi; asosiy ilmiy ma’lumotlar va bilimlar takrorlanadi va mustaxkamlanadi; geografik ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish ta’minlanadi va takomillashtiriladi; umumiy ko’nikmalarni shakillantirish davom ettiriladi (javoblarni rejalashtirish, darslik bilan ishlab, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash va h.k.); dunyoqarash, g’oyaviysiyosiy, ax’loqiy va kasbga yo’naltirilgan bilimlarni o’zlashtirish; mexnat va estetik tarbiya berish; o’quvchilarni tafakkurini, qiziquvchanligini rivojlanitirish. Geografiya darslarini aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy-siyosiy jixatdan tarbiyalashga imkon beradi. Geografiya darslari olamning yaxlitligi g’oyasini shakilantirishga geografik voqea va xodisalar xamda xo’jalik faoliyati orasidagi sabab va oqibatlarni ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy vazifalariga Vatanimizni mustaqildiu davrida rivojlanishini o’rganish, mustaqil mamlakatimizning erishgan yutuqlarini bo’rttirib ko’rsatish, fan, madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz ruxida tarbiyalash katta samara beradi. Darsning aniq vazifalari undan oldinga va keyingi darslarni maqsadlari bilan bog’langan bo’lmog’i lozim. Darsni maqsadi va vazifalariga misollar keltiramiz. ―O’rta Osiyoning relьefi va foydali qazilmalari‖ mavzusida (7-singf) quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik relьef shakillarini joylashish xususiyatlari va sabablarini ochib berish; yirik relьef shakillari xaqida bilimlarni kengaytirish; cho’l relьef shakillarini hosil bo’lishida shamolni o’rni va axamiyatini ochib berish; relьefni hosil bo’lishida va rivojlanishida ichki va tashqi kuchlarni o’zaro ta’siri g’oyasini yanada rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali qazilma konlarini joylashishgini o’rganish va ularni hosil bo’lishini yer po’sti tuzilishi bilan bog’liqligini ochib berish; xarita asosida relьefga tavsif berish ko’nikmalarini shakilantirishni davom ettirish (Dushina, 1985) Darsning mazmuni ilmiy bo’lmog’i zarur. Geografiya darslarida bilim, malaka va tarbiyaviy, g’oyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar ochib beriladi. Ammo darsning asosiy maqsadi dasturda ko’rsatilgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni shakillantirishdir. Geografik ilmiy bilmilar asosiy va ikkinchi darajali qismlarga bo’linadi. Asosiy bilim va ko’nikmalarga ilmiy dunyoqarashni shakillantirishga yordam beradigan, amaliy faoliyat va xayot shakillar kiradi. Asoosiy bilimlarga dalilllar, umumiy tushunchalar va tasavvurlar, o’zaro aloqa va qonuniyatlar xaqidagi bilimlar dunyoqarash g’oyalari, faoliyat turlari xaqidagi bilimlar kiradi. Mazkur bilimlar har bir geografiya predmeti bo’yicha asosiy yokuniy bilimlar bo’lib xisoblanadi. Asosiy bilimlarni chuqurroq va to’laraq o’zlashtirish uchun geografiya ta’limida ikkinchi darajali bilimlar xam ishlatiladi. Ular asosan tasavvurlarni shakillantirish, tushunchalarni belgilanishini aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasvirlarni shakillantirish, tushunchalarni aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajadi bilimlarga tabiiy geografiyada tadqiqot materiallarini o’rganish va ulardagi axolining xo’jalik faoliyati xaqida bilimlar. Ular dasturda albbata o’zlashtirilishi zarur bilimlar qatorga kiritilgan. Yuqoridagi bilimlardan tashqari dastur va darsliklarda uchramaydigan qo’shimcha bilimlar ham ishlatiladi. Masalan, davlatlar bayrog’i, gerbi (tamg’asi) aholini turmush sharoiti, odatlari xaqidagi bilimlar o’quvchilarni bilish faoliyatini rivojlantirish uchun qo’llaniladi, qo’shimcha material darsda qo’shimcha vaqt bo’lganida foydalaniladi. Geografiya bilimlarini xayot bilan bog’lash geografiya darslariga qo’yiladimgan asosiy talablardan biri bo’lib xisoblanadi. Geografiya predmetlarida beriladigan bilimlarning deyarli barchasi xayot bilan bog’langan. Atrof muxitni muxofaza qilish, siyosiy iqtisodiy soxa bo’yicha davlat qarorlari geografik bilimlarni xyotga bog’lash uchun asos bo’lib xisoblanadi. Masalan, atmosfera mavzusini o’tishda atmosfera xavosini muxofaza qilish va qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’rganishda mamlakatimiz prezedenti asarlari, davlat vqararlariga asoslanmoq zarur. Mazkur materiallardan dars jarayonida foydalanish uchun mavzu mazmuniga mos bo’lgan, ma’lumotlarni topmoq lozim. SHundagina o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni xayot bilan bog’lay oladi.
|
| |