Mustaqillik yillarida Geografik ta’lim




Download 1,66 Mb.
bet59/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

57. Mustaqillik yillarida Geografik ta’lim
Mamlakatimiz mustaqillikga erishgach respublika xo‘jaligining barcha sohalarida bo‘lganidek ta’limda ham tub islohatlar davri boshlandi. 1992 yil 2 iyulda ilk bor O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Uning 3-moddasida “Ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv” zarurligi ta’kidlangan. Bu qonunga asosan mamlakatimizdagi yangi mazmundagi o‘quv dasturlar va rejalari ishlab chiqildi. Dasturlar asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, metodik adabiyotlar yaratishga kirishildi. SSSR tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o‘rniga o‘z respublikalarini, shu sohadagi geografiya kurslarini atroflicha o‘rganishga e’tibor qaratildi. Ta’lim muassasalari tomonidan milliy maktab uchun zarur bo‘lgan didaktik vositalar bilan ta’minlashga, o‘quv muassasalarini attestatsiya va ankereditatsiyadan o‘tkazish tizimi kiritildi va amalga oshirildi. Asta-sekin milliy ta’lim tizimi shakllana boshladi. Respublikamizning yetakchi geograf o‘qituvchilari, metodist olimlar tomonidan geografiya fanini o‘qitishga oid milliy ta’lim konsepsiyasi ishlab chiqildi. Milliy maktablarda geografiya o‘qitish mazmunan sezilarli darajada o‘zgardi. Xorijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasi bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ulardagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar tanqidiy nuqtayi nazarda ko‘rib chiqildi va ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Mamlakatimizda tashkil qilingan «Ustoz» jamg‘armasi orqali ko‘pgina geograflar xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, ularning tajribalarini o‘rganib qaytdilar va h.k. Amalga oshirilgan tadbirlar tufayli mamlakatimizning o‘ziga xos milliy ta’lim tizimi shakllanib, uning moddiy ba’zasi mustahkamlanib bordi. Mamlakatimizda yangi turdagi o‘quv muassasalari litsey, gimnaziya, kollejlar tashkil qilindi. Ularda ta’lim tizimi deyarli yangidan uyushtirildi. O‘quvchilarni tabaqalab o‘qitish joriy
77 etildi. Ammo bu tadbirlarning barchasi mafkuraga sodiq xodimlarni tayyorlashga da’vat etilgan sobiq ta’lim tizimini yangilash borasidagi dastlabki qadamlar edi. Mamlakatimiz Oliy Majlisi IX sessiyasi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq ta’limning maqsad, mazmun, vazifalar, boshqarishni tashkil etish va xalqimizning milliy-madaniy an’analariga mos keladigan tamoman yangicha «ta’limiy xizmat»ni shakllantirish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday ta’limning metodologik negizida respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarish» degan g‘oya yotadi. Uning pedagogik asosini esa, har bir shaxsning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, takomillashtirish orqali jamiyatning ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirish tashkil qiladi. Ana shunday konseptual g‘oyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maktabni, shaxs va jamiyatni rivojlantirishga, ta’limning milliy va mintaqaviy xususiyatlarni e’tiborga olib demokratiya hamda insonparvarlik tamoyillari asosida boshqarishga undaydigan mexanizm sifatida boshqa fanlar qatori geografiya ta’limida ham tayanch o‘quv tizimi vujudga keldi. Bu mexanizm jamiyatning geografiya ta’limida bo‘lgan ijtimoiy buyurtmasi, davlat talabi bilan bolaning shaxsiy imkoniyati mayli o‘rtasidagi tafovutni muvozanatlovchi vositadir. Yuqoridagi g‘oya va fikrlar hamda konsepsiyalar asosida mamlakatimizda geografiya ta’limining mazmuni va tuzilishi quyidagi tizimda barpo etildi

Download 1,66 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik yillarida Geografik ta’lim

Download 1,66 Mb.