|
Tabiatshunoslik va geografiya o’qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
|
bet | 55/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari53. Tabiatshunoslik va geografiya o’qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Geografiya o‘qitish uslubiyoti geografiya, didaktika va pedagogika-psixologiya fanlari bilan chambarchas bog‘langan. Geografiya o‘qitish uslubiyoti geografiya fani bilan chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini tashkil qiladi va uning rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:
geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan: tabiiy va iqtisodiy geografiyadan hamda fakultativ kurslardan iborat:
o‘quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida qo‘llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan: geografiyada keng qo‘llaniladigan xaritaviy usullar, maktab geografiyasida ham keng ishlatiladi.. (Xaritalar bilan ishlash), dalada bajariladigan ilmiy-tekshirish ishlari maktabda o‘tkaziladigan o‘quv-sayohatlarda aks etgan:
geografiya ta’limining mazmuni geografiya fanining rivojlanishi bilan doimo takomillashib boradi. Hozirgi paytda maktab geografiyasida yangi-yangi tushunchalar tobora ko‘payib bormoqda, masalan, TTG va TICHK: HICHK.
Geografiya ta’limi ekologiya fani bilan ham chambarchas bog‘liq, chunki hozirgi paytda maktab geografiyasida ekologik tarbiyaga alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Didaktika hamma o‘quv predmetlarini uslubiyotini umumiy ilmiy asosini tashkil qiladi. Geografiya ta’limi didaktika fani tomonidan asoslab berilgan qonuniyatlar, qonunlar va qoidalar asosida rivojlanadi. Didaktika geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanish va munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosda o‘qitishning maqsadi, mazmuni va usullari o‘qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi. o‘qitish uslubiyoti fani didaktikaga suyanibgina qolmasdan balki uning rivojlanishi uchun muhim ma’lumotlar beradi. masalan, o‘quvchilarning geografik bilim, ko‘nikma, shakllantirish va boshqalar.
Psixologiya-o‘quvchilardagi ruhiy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o‘rgansa, uslubiyot esa o‘quvchilarning ruhiy faoliyatini o‘rgansa, uslubiyot esa o‘quvchilarning ruhiy faoliyatini, ularni geografik narsa va hodisalarni o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini o‘rganadi. Geografiya o‘qitishda o‘quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman ruhiy faoliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning o‘quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo‘lmaydi. Shu tufayli uslubiyot psixologiya fani chambarchas bog‘liqdir.
O‘quvchilar ongida ekologik bilimlarni shakllantirishda predmetlararo aloqa harakteridagi darslar alohida o‘rin tutadi. Tajriba-sinov ishlari davomida bunday dars mavzulari quyidagicha bo‘ldi:
1. Shahar va qishloqning ekologik muammolari
2. Suvdan oqilona foydalanish yoki Orol bo‘yi muammolari
3. Transport va uning ekologik muammolari
4. Energetika muammolari
5. Shamol energiyasidan foydalanish istiqbollari
6. Chiqitsiz texnologiya
7. Quyosh, geotirmal suv ko‘tarilishi va qaytish energiyasi manbalari va ularda oqilona foydalanish
8. Kosmosni o‘zlashtirish va uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish
9. Atom energiyasida foydalanishning ekologik muammolari va hokazolar.
Bunday darslar tizimining asosiy vazifasi “Insoniyat – jamiyat-tabiat” orasidagi munosabatlarni ochib berishdan iborat.
Predmetlararo aloqa asosida o‘quvchilarni geografik bilimlar tizimi bilan qurollantirish o‘quv predmetlari integratsiyasini joriy etishni taqozo etadi. Shu tufayli so‘nggi o‘quv dasturlarida predmetlararo aloqani amalga oshirish g‘oyasi yotadi. Darslar mazmuniga ko‘ra turli o‘quv predmetlari keng jalb qilinadi. Masalan: 6-sinfda geografiya, biologiya, matematika, 7-sinfda geografiya, fizika, kimyo, biologiya, 8-sinfda geografiya, fizika, kimyo, biologiya, mehnat, 9-sinfda geografiya, tarix, huquq, fizika, kimyo, biologiya, 10-sinfda inson va jamiyat, tarix, mehnat, fizika, kimyo, biologiya, geografiya predmetlarini ko‘rsatish mumkin. Bunday darslar asosida ta’lim predmetlararo ichki aloqa bosqichidan predmetlararo tashqi aloqa darajasiga ko‘tariladi. Natijada o‘quvchilarda tabiat va inson orasidagi munosabatni oydinlashtiruvchi bilimlar tizimi shakllantiriladi.
|
| |