Tabiatshunoslik va geografiya o’qitish metodikasining maktabdagi maqsadi va mazmuni




Download 1,66 Mb.
bet54/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

52. Tabiatshunoslik va geografiya o’qitish metodikasining maktabdagi maqsadi va mazmuni
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra maktab o‘quvchilariga tabiatshunoslik bilimlarini berish bilan birga ulaming har tomonlama tarbiyalash ishlariga o‘z hissasini qo‘shadigan fan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan u pedagogika fanlari tarkibiga kirib, asosiy predmeti boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan tabiatshunoslik kursi hisoblanadi. Zero, bu fan ta’lim-tarbiyaningo‘ziga xos mazmuni va metodlarini belgilab beradi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturda boshlang‘ich ta’lim tizimida «o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi» deb qayd etilgan ekan, tabiatshunoslik o‘qitilishida ham bu vazifalami amalga oshirish asosiy maqsad hisoblanadi. Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi - tabiatshunoslikni o‘qitishda bolalami har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqot- larga asoslanadi va o‘z fanini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. Maqsadi - Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalami qo‘llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o‘rgatishga tayyorlashdir. Vazifasi - o‘quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o‘qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zamr o‘quv jihozlarini tayyorlashdan iborat. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi faqat o‘qitish jarayonini ta’riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalami ham ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o‘qituvchi shu predmet bo‘yicha bolalami muvaffaqiyatli ravishda o‘qitishi mumkin. 0‘quvchilarga tabiatshunoslikni o‘rgatib borish bilan o‘qituvchi ulami ta’limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur boigan bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ulaming dunyoqarashi, irodasi, xulq-atvorini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko‘ra tabiatshunoslikni o‘qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. 0‘qitish jarayoni o‘zaro bogiiq boigan qismlami: fan mazmuni, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini, ya’ni fanning o‘zini, uni o‘qitishni va o‘qishni; ya’ni bilim va ko‘nikmalami egallab olishdan iborat. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi o‘qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini, jumladan sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlami hisobga olishgacha barcha o‘qitish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 0‘qitish amaliyotini har tomonlama o‘rganish va natijalami keyin ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o‘qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o‘rganilayotgan narsalami (o‘simlik va hayvonlami) bevosita qabul qilish (bu to‘g‘ri tasavvur hosil boiishini ta’minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o‘qitishni qoilanish bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. Geografiya ta’limi metodi pedagogika fanlari qatoriga kiradi va pedagogikaning asosiy qoidalariga suyanib aniqlangan geografik faktlar tushunchalar va qonuniyatlarga shuningdek didaktika tamoyillarining vazifalarini belgilaydi. Shu bilan birga o‘zining usul va yo‘llarini yaratadi va shu asosda hayot 10 tatqozo qilgan turli muammolarni hal qiladi. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish qonuniyatlarni tadqiq qilar ekan, geografiya o‘qitish tajribasini metodika fani yanada boyitadi. Ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini oshirish, yaxshilash va o‘qituvchilarga amaliy yordam beradi.
Geografiya ta’limi metodi maktab geografiyasining ta’lim-tarbiyaviy maqsadlari, mazmuni, o‘qitishning shakl va usullari, o‘qitish jarayonida dastur, darslik, atlas, ilmiy-metodiy qo‘llanmalar, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari, ta’limning tarbiya bilan qo‘shib olib borilishi, ta’lim jarayonida fikrlashni rivojlantirish vazifalarini hal qiladi. L.M.Pancheshnikova ta’biri bilan aytganda, “Geografiya ta’lim metodi quyidagi muammolarni: o‘qitishning maqsadi (Nima uchun o‘qiymiz), geografiya ta’limining mazmuni, (nimani o‘qitamiz), geografiya ta’limining vositalarini (Nimalar vositasida o‘qitamiz), o‘qitishning shakl va usullarini (qanday o‘qitamiz) tadqiq qiladi. Bundan tashqari geografiyaga oid bilimlarni egallash jarayoni, aqliy rivojlanishi, o‘quvchilarni tarbiyalash kabi muammolarni ham o‘rganadi”.

Download 1,66 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiatshunoslik va geografiya o’qitish metodikasining maktabdagi maqsadi va mazmuni

Download 1,66 Mb.