|
Geografik o’qitish metodikasining shakillanish va rivojlanish tarixi
|
bet | 53/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari51. Geografik o’qitish metodikasining shakillanish va rivojlanish tarixi
Geografiya o’qitish metodikasi ikkita katta qismdan iborat: umumiy va hususiy geografiya o’qitish metodikasi. Umumiy geografiya o’qitish metodikasi – bu geografiyaning didaktikasi hisoblanadi. U geografiya o’qitish jarayonini o’ziga xos xususiyatini o’rganadi. Geografiya o’qitishning umumiy metodikasi nazariy va metodik masalalarni ishlab chiqadi, yani predmetni o’zini tadqiqot usullarini o’rganadi, bunda asosiy e’tibor o’quv-tarbiyaviy maqsadlarni ishlab chiqishga qaratiladi. Aniqlangan o’quv-tarbiyaviy maqsadlar asosida geografiya ta’limining mazmuni ishlab chiqiladi. Umumiy metodika ikki qismga bo’linadi:
-tabiiy geografiyani o’qitish metodikasi;
-iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o’qitish metodikasi;
Geografiya o’qitishning hususiy metodikasi – alohida o’quv predmetilarini maqsad va vazifalarini ishlab chiqadi va umumnazariy xolatlarni aniq o’quv predmetlarini o’qitish jarayonida qo’llash masalalarini o’rganadi.
Xususiy geografiya o’qitish metodikasi tabiiy hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarini alohida predmetlari bo’yicha o’quv tarbiyaviy jarayonlarni o’ziga xos hususiyatlarini ishlab chiqadi. Geografiya fanining shakllanishi bosqichi. (Eramizdan avval VII-asrdan eramizning V-VI asrlarigacha) mazkur bosqichda kemachilikning rivojlanishi odamlarni dunyo haqidagi bilimlarini kengaydi hamda yirik davlatlarning vujudga kelishi tufayli falsafa fani rivojlana boshladi. Ushbu bodqichda geografiya va boshqa fanlar falsafa tarkibida rivojlangan. Eramizgacha VI-asrga kelib yerning shakllanishi haqida turli fikr va qarashlar paydo bo’ldi. Mazkur bosqichda yer Anaksimandir (eramizgacha VI-asr) o’sha paytda fanga ma’lum bo’lgan dunyo haritasini chizib, yerni tavsifini tuzgan. Shundan boshlab geografiya bo’yicha yirik asarlar yozila boshlandi. Ular geografik darsliklar o’rnini bosgan. Aristotel tomonidan miloddan avval IV- asrda yerning sharsimonligi, yerda issiqlik mintaqalarining mavjudligi isbotlandi. Dunyo haritasi tuzildi. Uning haritasida Gomer haritasidagi joylar yanada kengaytirilib, Afrikaning Shimoliy qismi, Osiyo va Yevropa qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va Sirdaryo, Kaspiy dengizi, Yevropadagi Italiya, Makedoniya, Ichki (O’rta) dengiz, Iberiya va boshqa joylar tasvirlangan. Aristotel Yer sharini kishilar yashaydigan issiq mintaqa va kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa ajratilgan. Aristotel tomonidan tuzilgan “ Meteorologiya” kitobini yozgan. Geografiya predmeti bo’yicha birinchi darslikni miloddan avvalgi III – asrda Eratosfen yozdi va “Geografiya” atamasini fanga olib kirdi. Mazkur darslik uch qismdan iborat bo’lgan. Birinchi qismida geografiyaning rivojlanish tarixi, ikkinchi qisimida Yerning o’lchamlari, quriqlik va okeanlar chegaralari, iqlimlar tavsifi berilgan, uchunchi qismida esa quriqlikni materiklar va okeanlarga bo’linishi va o’sha davrdagi yirik davlatlar tavsifi berilgan. Bundan tashqari Erotosfen dunyo haritasini tuzgan va Yerning o’lchamlarini aniqlagan. Eramizgacha bo’lgan II-asrning oxiri va eramizning birinchi asrida Strabon 17-tomli “Geografiya” nomli asar yozgan. Strabon tomonidan mamlakatshunoslik geografiyasi rivojlantirilgan. Huddi shu davrda geografiya fanining rivojlanishiga Klavdiy Ptolomiy juda ulkan hissa qo’shgan. U geografik haritalarni daraja to’ri bilan tuzish usulini ixtiro qilgan. Shu usulda dunyo haritasini tuzgan, 8-tomlik “Geografiya” asarini yozgan. Uning kitobida keltirilgan haritalar konusli va streografik proektsiyalarda tuzilgan. Shimol doimo haritalarning yuqori qismida tasvirlangan. Demak, qadimgi bosqichlarda geografiya atamasi fanga olib kirilgan, dunyo haritasi tuzilgan, geografiya predmeti bo’yicha kitoblar va darsliklar yozilgan. Haritalarni daraja to’g’ri bilan tuzish usuli ixtiro qilingan. Shimol tomon haritalarni yuqori qismida tasvirlanishi mustahkamlangan.
|
| |