Umumiy tabiiy geografiya fanini o‘qitishda kompyuter texnologiyalarini qo’llash bo’yicha xorijiy va mahalliy tajribalar




Download 275,29 Kb.
bet4/15
Sana13.05.2024
Hajmi275,29 Kb.
#228789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA kurs ishi (1)

1.2. Umumiy tabiiy geografiya fanini o‘qitishda kompyuter texnologiyalarini qo’llash bo’yicha xorijiy va mahalliy tajribalar.
Hozirgi kunda talim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtga qadar ananaviy ta’limda o’quvchirni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto, xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Ta’lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini taminlaydi. Respublikamizning taniqli olimlari mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan, ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta’limtarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi.
Pedagogik texnologiya atamasining mohiyati nimada? “Texnologiya” yunoncha so‘z Pedagogik jamoatchilikning aksariyati mana shu yo‘ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. Chunki buning zamirida ma’lum sabablar mavjud, ya’ni;
- rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun, aholi ta’limini
jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish zarurligi;
- fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimining tobora ko‘payib borayotganligi;
- zamonaviy texnikalarni ta’limga tatbiq etish, ta’lim jarayonini
kompyuterlashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va texnik
vositalardan foydalanish kerakligi;
- talaba va o‘qituvchi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi ta’lim maqsadi va mazmunini puxta bilishi, ta’lim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan bo‘lishi, o’quvchining qiziqish va intiluvchanligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;
- o‘qituvchi ta’lim jarayonini yuqori darajada samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta’lim natijasini oldindan qayd etishi, o‘quv predmetlarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta’lim vositalari, shart- sharoitlarni tayyorlashga erishganligi;
- o‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnika bazasining yaratilganligi;
- ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va obyektiv baholash,
o’quvchilarning bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni avtomatlashtirishga erishilganligi; - o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa majmuiy yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir. Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbir hisoblanadi. Bugungi kunda “Ta’lim to’g’risidagi qonun” talablaridan biri ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda ta’limoluvchilarni o‘qitishni jadallashtirish sanaladi. Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir keng ko‘lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy nazariy asoslari, har bir pedagogic texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi.
Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. «Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’limning biror o‘quv fanini to‘liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o‘tsa qanday samara berishini, yoki AKTni qo‘llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko‘p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo‘lib bormoqda.
Bu esa ta’lim tizimida, xususan o’quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish, o’quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa o’quv mashg’ulotlarini o’tish va o’zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda. Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o’qituvchi va talabalarga davlat tilida kerakli o’quv adabiyotlarini yetkazish alohida ahamiyatga ega. Uslubiy ko’rsatma umumta’lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan o’qituvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda ta’lim tizimida, xususan o’quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish, o’quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa o’quv mashg’ulotlarini o’tish va o’zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishi bilimlarini o’z ichiga olgan.
Ta’lim sohasidagi barcha islohatlarning asosiy maqsadi ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonlarni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi pedagogic va axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda amalga oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimida kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o’quvchilarga turli fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo bu sohadagi bilim va malaka darajalarini oshirish, ta’lim tizimini texnik jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanishimkoniyatlarini to’la yaratib berish orqaligina samarali natijaga erishish mumkin.
Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri o’quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan multimediyali o’quv kurslarini qo’llash, o’qituvchi va o’quvchining interfaol o’zaro aloqalarini ta’minlash, multimediali o’quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bo’ladi. Multimedia axborotlarni har xil ko’rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini yaratish, uni ko’rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish imkoniyatlarini yaratadi.
Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn ko’rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko’rinishida ifodalanilishi o’quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo’lishga o’rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalari nazariy, amaliy, ko’rgazmali, ma’lumotli, trenajyorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo’li bilan o’quvchilarga ijobiy va samarali ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ta’lim tizimida multimediali o’quv kurslaridan foydalanish nazariy materiallarning namoyishlarini sifatli video yozuvlari, virtual laboratoriya ishlari va amaliyotlarni,turli jarayonlarning imitatsion animatsiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu uchun o’quvchilarning o’quv sinflari, kompyuter sinflari, o’qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy xonalarda, kutubxonalarda amaliy shug’ullanishlarini tashkillashtirish lozim bo’ladi.
Ta’lim tizimida foydalaniladigan barcha multimediali o’quv kurslari amaliy tadbiqdan va tajribadan o’tgan bo’lishi bilan birga, o’ziga xos pedagogikpsixologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak. Multimediali o’quv kurslarining pedagogik-psixologik xususiyatlari bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan o’quv materiallarining tasvirlanish hamda ifodalanish formasiga va ko’rinishiga bog’liq bo’ladi. Ular faqatgina misol va masalalar yechish, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, balki butun o’quv jarayonida o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ta’lim tizimida yaratilayotgan multimedia o’quv kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri, shu mavzuni o’rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan aniqlanadi, ular esa o’z navbatida katta sondagi ko’rgazmali materiallarni talab qiladi, chunki ularning ishtirokisiz jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini, biologik, ximik va fizika jarayonlarning hosil bo’lish mexanizmini va rivojlanishini to’liq namoyish qilib bo’lmaydi.
Ta’lim tizimi uchun multimediali o’quv kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy didaktik masalalaridan biri – o’qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga ta’sir qilishning umumiy metodlari muhim o’rinlardan birini egallaydi. Multimedia o’quv kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va Internet tarmog’I keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali o’quv kurslarini butun dunyo kompyuter tarmog’iga joylashtirilishi, ulardan o’quv jarayoni foydalanishda to’g’ridanto’g’ri murojoat qilish, o’quvchilarga axborotlarni topish, izlash va o’rganish faoliyatini shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Xulosa qilib aytganda, multimedia o’quv kurslarini yaratishda eng avvalo turli dasturiy vositalar bilan yaratiladigan interfaol komponentalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Barkamol avlodni shakllantirishda masofaviy o’qitish texnologiyalari asosida
masofaviy ta’limni tashkil etish, ushbu vazifalarni amaliyotga tatbiq etilishining ijobiy natijasi sifatida e’tirof etish o’rinlidir.
Internet texnologiyalar asosidagi masofaviy ta’lim, bu ta’limning zamonaviy universal shakli bo’lib, u o’quvchilarning individual so’rovlariga, shaxsiy ehtiyojlariga va ularning qiziqishlariga mo’ljallangan.
Ta’lim tizimida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitishning
samaradorligini oshirish ko’p jihatdan yaratilayotgan va qo’llanilayotgan pedagogic dasturiy vositalar –o’quv dastur, elektron o’quv qo’llanma, avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibiy qismi, mazmuni va o’qitish sifatigabog’liq bo’ladi. O’quvchilar mustaqil bilim olishida, o’tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o’rgatuvchi, axborot–ma’lumotli, nazorat qilish dasturlari axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ta’lim-tarbiya tizimida shu funksiyalarning hammasi o’zida mujassamlashtirgan electron o’quv darsliklarini yaratish va undan foydalanish masofadan o’qitish tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Axborotli texnologiya pedagogic texnologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli
bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining
o‘ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo‘ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda.
Rivojlangan mamlakatlar qatorida Angliyada ham AKT ni rivojlantirishga juda kata e’tibor qaratilgan. Ta’lim sohasida 2014-yilda yangi milliy o‘quv rejasi kuchga kirdib, barcha fanlar qatorida informatika fanida ham o’qitish dasturi yangilandi. Hozirgi vaqtda Angliya dasturlashga integratsiyalashgan bo'lim sifatida emas, balki kengroq intizomga e'tibor qaratadigan kam sonli mamlakatlardan biridir. Ushbu maqsadga erishish yo'li boshlang'ich va o'rta ta'limni qamrab oluvchi to'rtta asosiy bosqichda farqlanadi. Maktabda hisoblash (California Academy of Sciences – CAS) maktabda kompyuter fanini targ'ib qiluvchi milliy hamjamiyatdir. Pedagogik o'zaro hamkorlikni CAS markazlari - o'qituvchilar, metodistlar va o'qituvchilarning o'z maktablarida, sinflarida va jamoalarida hisoblashni o'rgatish bo'yicha fikr almashadigan uchrashuvlari amalga oshiradi. Ijobiy tajribaga asoslangan yagona uslubiy konsepsiyani shakllantirish, milliy dasturni amalga oshirishga keng o‘qituvchilar auditoriyasini jalb qilish kontekstida CAS loyihasi doirasida boyitish fabrikalari tarmog‘i muvaffaqiyatli deb topildi. O'quv resurslari turli darajadagi dars rejalari va tavsiyalarni o'z ichiga oladi, boshlang'ich, o'rta darajadagi boshlang'ich hisob-kitoblardan tortib, tarkibni shakllantirish ham jamiyat a'zolari va amaliyotchi o'qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Bugun Intemetda ko‘plab ma’lumotlar mavjud va turli xil mavzudagi yagona elektron xaritalar va atlaslarni topish mumkin. Masalan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining http://www/instantatlasxom manzilidagi interaktiv atlasni misol qilib keltirish mumkin. Bu elektron atlas sog'liqqa oid bo'lib, Buyuk Britaniya aholi sog‘liqni saqlash assotsiatsiyasi tomonidan tayyorlangan ma’lumotlar bazasi asosida tuzilgan interaktiv xarita, Shveysariyadagi Bazel mintaqani iqtisodiiy rivojlanishini taqqoslash uchun bir nechta indikator orqali turli mavzudagi interaktiv dinamik xarita, Bremen shahri ijtimoiy, iqtisodiy interaktiv atlasi va boshqalar mavjud.
Orttirilgan tajribaga ko‘ra, kerakli statistika ma'lumotlari interaktiv dinamik xarita bilan bog‘langan holda o‘rganilsa, fazoviy munosabatlar va qonun-qoidalarini aniqlash unumdorligi, tezligi va sifati oshadi, turli savollarga javob olish va qaror qabul qilish esa fazoviy fikr yuritishga asoslanadi. Masalan, har xil statistik ma’lumotlami birlashtirish natijasida 2004 va 2007-yi]larda hududiy taqsimlanishni bir nechta indikator (ta’lim, ish bilan bandlik, atrof muhit va boshqalar) yordamida taqqoslash orqali joyni batafsil o‘rganishga imkon bor. Buyuk Britaniya milliy assotsiatsiyasi ma’lumotlari bazasi asosida saraton kasalligiga oid interaktiv xaritalardan kerakli ma’lumotni topish oson. 2015-yil 25-aprel - 15-may kunlari Tailandda sodir bo‘lgan zilzilaning interaktiv xaritasi amaliy yordam berishda foyda bergan.
Interaktiv dinamik xaritalar fazoviy ma’lumotlami to‘g‘ri tasavvur qilishga yordam berib, vaqt mobaynida ulami hududiy taqsimlanishi, bir-biriga nisbatan joylashishi, hududiy o‘zgarishi kabi xislatlarini o‘rganishda yagona quroldir. Bunday xaritalar faqat ma’lumotlar manbai bo‘lmay, balki yangi bilim yaratish manbaiga aylanmoqda. Ulaming maxsus xususiyatlari, ya’ni aniq matematik asosi, ilmiy nuqtai nazaridan umumlashtirilgan mazmuni, Internet zamonida ham xaritalarining afzalligini oshirmoqda. Axborot va konmiunikatsiya texnologiyalari, geoaxborot fani va kartografiyaning birlashishi natijasida dinamik interaktiv kartografiya vujudga kelib, Intemetda interaktiv xaritalami yaratish asoslarini tashkil etadi. Odat bo‘lib qolgan qog‘ozda chop etilgan xaritaga nisbatan interaktiv dinamik xaritaning kuchli tomoni shundaki, u joriy ravishda Intemet orqali ma’lumotlar bazasiga bog‘langan holda fazoviy ma’lumotlami o‘z ichiga olgan tasvirdir. Bu tasvir hududni yaqqol ko‘rsatadi. Va bu vazifa yechimini topishga, turli xil nazariy va amaliy masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishga katta yordam beradi. Dinamik interaktiv kartografiya esa kerakli uslublar bilan ta’minlaydi. Bu sohada ishlab turgan mutaxassislar ham yangi bilimlarga ega bo‘lishi kerak, chunonchi, axborot vizualizatsiya, kognitiv fani, GeoVisualization, Macromedia Flash bo‘yicha ko‘nikmalar va tajribasiz Intemetda yaxshi xarita yaratib bo‘lmaydi.
Interaktiv xarita yaratilishining asosida muloqot turadi, ya’ni xarita yaratuvchi qidiruv tizimi orqali kerakli ma’lumotlarni topib, ulami tasvirga - xaritaga aylantiradi. “Bimday vazifani bajarishda bir nechta talab qo‘yiladi: qidiruv tizimi savollami uzluksiz ravishda qabul qilib amalga oshirishi shart, bu savollami tizim tasvirga aylantirib turishi lozim va bu tasvirlar so‘ralgan ma‘lumotlarga bog‘liq holda o'zgaruvchan tabiatga ega bo‘lish, ma’lumotlami saralab ko‘rsatish maqsadiga ko‘ra muhimligi yuqori turgan ma’lumotlami birinchi qadamda topib berishi lozim” (Suguru Ishizaki and Ishantha Lokuge. Intelligent Interactive Dynamic Maps, Visible Language Workshop, Media Laboratory Massachusetts Institute of Technology, 2008, 41 b). Geoaxborot tizimlari asosida interaktiv xaritalami yaratish xizmatlarini ko‘paytirish vazifasi turibdi. Eng muhimi, kimga, qanday ma’lumotva tasvirlar-xaritalar kerak degan savollarga javob olgan holda xizmatlami ko‘paytirish maqsadga muvofiq. Xaritalardan foydalanish maqsadi nimada, ulardan qanday ma’lumot olinadi va qanday vazifa yechiladi, degan savollami ham o‘rganish lozim.

Download 275,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 275,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy tabiiy geografiya fanini o‘qitishda kompyuter texnologiyalarini qo’llash bo’yicha xorijiy va mahalliy tajribalar

Download 275,29 Kb.