|
Tabiiy geografiyadan mashg`ulotlarni innovatsion ta`lim texnologiyasida loyihlash kirish
|
bet | 9/15 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 275,29 Kb. | | #228789 |
Bog'liq GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA kurs ishi (1)AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMASI
MAVZU: Afrika materigining geografik o’rni va o’rganilish tarixi
Ta`limiy: Afrika to’g’risida ma`ruzada egallagan bilimlarni amaliy topshiriqlarni bajarish orqali mustahkamlash, geografik tasavvurni shakllantirish, oldingi mavzularda berilgan topshiriqlar yuzasidan individual, guruhlarda ishlash kabi shakllarda o`zlashtirilgan bilimlarni baholab borish.
Tarbiyaviy: Mashg`ulot davomida topshiriqlarni to`g`ri, aniq, tushungan va anglagan xolda bajarish, auditoriyada vaqtdan unumli foydalanishga o`rgatish, kichik guruhlarda ishlay olish qoidalariga rioya etish, talabalar fikrini eshitish va xurmat qilish, guruhlar ichida vazifalar taqsimla olish ko`nikmalarini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Chet tillarini o`rganishga undash, kompyuter dasturlarida ishlay olish, ular yordamida geografik axborotlarni izlash, saralash va mashg`ulotga tayyorgarlik ko`rishda unumli foydalanish bo`yicha bilim, ko`nikma
va malakalarini shakllantirish.
Mashg`ulot jixozlari: O`quv qo`llanmalar, prezentatsiya slaydlari, internet manbaalari, interaktiv kompyuter va kompyuter tizimi.
Mashg’ulotda qo’llaniladigan ta’lim tehnologiyalari:
-Kompyuter tehnologiyasi, interaktiv illyustrativ multimedia metodi.
Ta’limiy maqsadlar, kichik guruhda faol ishlashga o`rgatish, kompyuter dasturlaridan foydalana olish ko`nikmalarini shakllantirish. Ta’limiy o’quv baxs-munozaralarda o’zini tuta bilish, kichik guruhdagi talabalar fikrini eshitish ko’nikma va malakalari shakllanadi.
Rivojlantiruvchi maqsadlar: Elektron kartalar va elektron darsliklar,dasturlar bilan ishlay olish, guruhlarda ishlash kabi ko’nikma va malakalari rivojlanadi
|
| |