|
UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYA FANIDAN MA’RUZA DARS ISHLANMASI
|
bet | 7/15 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 275,29 Kb. | | #228789 |
Bog'liq GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA kurs ishi (1)UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYA FANIDAN MA’RUZA DARS ISHLANMASI
Mavzu: Atmosfera, tuzilishi, tarkibi
Reja:
1. Atmosferaning tarkibi
2. Atmosferaning bo‘ylama tuzilishi
3. Atmosferaning ahamiyati
4. Atmosferaning Quyosh radiatsiyasiga ta’siri
5. Quyosh radiatsiyasining atmosferadan o‘tishi
6. Yer yuzasining radiatsiyani yutishi
Tayanch iboralar: Atmosfera, troposfera, stratosfera, mezosfera,
ionosfera, termosfera, ekzosfera, radiatsiya, to’g’ri radiatsiya, tarqoq radiatsiya, albedo.
B.B.B. sxemasi
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
(Dars boshida
yoziladi, talabaning
birlamchi bilimini
baholash uchun)
|
(Dars boshida yoziladi
o’qituvchi ishini rejalash
uchun)
|
(Dars oxirida yoziladi
talabaning qo’shimcha
olgan bilimini baholash
uchun)
|
Ma'ruzaning texnologik xaritasi
|
Faoliyat mazmuni
|
|
Ma'ruza
bosqichlari
|
Ta'lim beruvchi
|
Ta'lim oluvchi
|
Mavzuga
kirish (10
min)
|
1.1. Mavzu. Undan kutiladigan
natijalar.
1.2. Rejani e'lon qilish
|
1.1. Eshitiladi, yozadi.
1.2. Savol beradi,
aniqlik kiritadi.
|
Asosiy
bo’lim
(60min)
|
2.1. Tezkor savol javoblar;
1. Atmosferaning ma’nosi va gaz tarkibini ayting?
2. Atmosfera nechta qatlamdan iborat?
3. Atmosferaning Yer uchun qanday ahamiyati bor?
4. Tarqoq radiatsiya deganda nimani tushunasiz?
5. Albedo nima?
6. Ozon qatlami qaysi balandlikda joylashgan?
7. Yer yuzasida qanday issiqlik mintaqalari mavjud?
8. Atmosfera havosining asosiy qismi qaysi qatlamda joylashdan?
9. Troposfera nimasi bilan ajralib turadi?
10. Atmosferada qaysi elementlar ko‘proq tarqalgan?
2.2.Vizual materiallardan
foydalangan holda ma'ruzaning asosiy
nazariy qismlari bayon qilinadi.
|
2.2. Eshitadi, jadvallar
mazmunini muhokama
qiladi va asosiy
joylarini yozib oladi
|
Yakunlovchi
(10 min)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va
talabalar e'tiborini asosiy masalalarga
qaratadi, faol talabalar
rag’batlantiriladi.
3.2. Uyga vazifa beriladi va baholanadi.
|
3.1. Eshitiladi,
aniqlashtiriladi.
3.2. Yozib oladi
|
Atmosfera tarkibini shakllanishida uchta bosqich ajratiladi: 1) Yeming dastlabki atmosferasi suv bugiari, vodorod ammiak va vodorod sulfatidan iborat bo’lgan. Suv bug’lari Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida vodorod bilan kislorodga parchalanib turgan bo’lsa ham, u vaqtdagi atmosferada erkin kislorod bo’lmagan. Erkin kislorod ammiak oksidlanib, azot va suvga aylanishiga, shuningdek metan bilan uglerodning oksidlanishiga sarf bo’lgan. Vodorodning bir qismi kosmik fazoga tarqalib turgan. Karbonat angidrid Yer po‘stining boshqa elementlari bilan reaksiyaga kirishib, ohaktosh va boshqa karbonatli jinslami hosil qilgan;
2) ikkinchi bosqichda atmosfera karbonat angidriddan iborat bo’lgan. Karbonat angidrid vulqonlar otilganda mantiyadan chiqib kelgan. Qadimda vulqonlar ko‘p otilib turgan. Atmosferaning karbonat angidridli bosqichi toshko‘mir davrida tugagan. Ushbu davrda yashil o‘simliklar fotosintez jarayonida karbonat angidridni yutib, havoga erkin kislorod chiqargan;
3) uchinchi bosqich paleozoyning oxiridan boshlangan. Mazkur davrdan boshlab atmosfera tarkibi hozirgi holatga ega bo’lgan.
Atmosferaning tarkibi bir qancha gazlaming aralashmasidan iborat bo’lib, Yer tabiatining bir qismi sifatida uzoq geologik davr mobaynida shakllangan. Atmosfera doimiy va vaqtincha tarkiblardan iborat Atmosferaning doimiy tarkibi turli xil gazlar aralashmasidan iborat. Atmosferaning 78% dan ortig‘ini azot, 21% kislorod, 1% argon, karbonat angidridi esa (so‘nggi yillarda salmog'i oshgan) 0,04 %ni tashkil etadi. Yana ozon, vodorod, neon, ksenon, geliy, metan kabi boshqa gazlar ham bor.
|
| |