Geoaxborot tizimlari va texnologiyalarining yangi imkoniyatlari




Download 275,29 Kb.
bet5/15
Sana13.05.2024
Hajmi275,29 Kb.
#228789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA kurs ishi (1)

1.3. Geoaxborot tizimlari va texnologiyalarining yangi imkoniyatlari
Geografik axborot tizimi (GAT) geofazoviy ma‘lumotlarni toʻplash, boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimi boʻlib, unda mazkur ma‘lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin. Geoaxborot tizimining boshqacha koʻrinishi boʻlgan geoinformatika deganda geoaxborot tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy-texnik va amaliy fanlar majmuasi tushuniladi. Bu majmua geografiya, informatika va informatsion texnologiyalar nazariyasi, kartografiya va hisoblash texnikasiga yangicha yondashishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikdan kelib chiqadi.
Hozirgi kunda axborot tizimining ushbu boʻlimi jadal sur‘atlar bilan oʻsib borishi natijasida u nafaqat texnik sohalarda, balki hayotimizning turli ijtimoiy sohalarida ham qoʻllanilib kelmoqda. GATning qoʻllanilish sohalari keng boʻlib, u turli holatlarda, jumladan sogʻliqni saqlashda yangi klinika va shifoxonalarni geografik jihatdan mos va aholiga qulay qilib joylashtirish jarayonida, yuk tashish bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va jadvallarini tuzish hamda aniqlashda, avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yoʻllarni loyihalashda eng maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek, davlat fondidagi yerlarni toʻgʻri va oqilona hisoblashda, fermerlar uchun yangi yerlarni oʻzlashtirishda, yerlarninig holatini aniqlash va ular toʻgʻrisida yetarli ma‘lumot olishda juda qoʻl keladi. Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimlari haydovchilarga, piyodalarga sun‘iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilgan holda geofazoviy ma‘lumotlar oʻrni toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni qayta ishlash orqali turli marshrutlarni navigatsiya qilishda, eng yaqin, eng qulay yoʻllarni izlab topishda qulaylik tugʻdirmoqda. Bir qarashda oddiy uyali telefonimiz orqali bunday ma‘lumotlarni kartada bemalol olishimiz oson koʻrinadi, ammo bu qulaylik ortida geoaxborot tizimi qonunqoidalarini toʻgʻri qoʻllash kabi ishlar koʻlami yotadi. Agar geoaxborot tizimini bundan 10 yillar oldin faqatgina aniq bir mutaxassislar guruhigina ishlatishi Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 4 mumkin, degan qoidalar mavjud boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib internet tarmogʻidagi veb-portallar, turli navigatsiya tizimlari, uyali telefonlardagi dasturlarning ishlab chiqilishi oddiy fuqaroning ham ushbu sohani bilishiga asos yaratdi.
Geoaxborot tizimi kartografiya va masofadan zondlash, fotogrammetriya va topografiya bilan chambarchas bogʻliq hamda matematik, kartografik, masofadan zondlashda qoʻllaniladigan usullar bilan bir qatorda yer qatlami geologiyasi, tuproqshunoslik, oʻrmonchilik, geografiya, iqtisodiyot, biologiya kabi fanlarni oʻzaro birlashtiradi. Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma‘lumotlarni yigʻish va qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma‘lumotlar bazasini yaratish, uni kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat. Geoaxborot tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish deb tushunish toʻgʻri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ma‘lumotlar tahlil etilib, muhim qarorlar qabul qilishda ham qoʻllaniladi. Bu tizim bizga an‘anaviy usulda yaratiladigan jadval ma‘lumotlardan farqli ravishda ma‘lumotlar soʻrovi, turli qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi.
Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, shaharlar, yoʻllar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam beradi. Hozirda bu tizimni insoniyat faoliyati va dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlar, voqea-hodisalarni tasvirlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni tushunish uchun qoʻllab kelmoqdalar. Kartalar orqali tasvirlab berilgan tahliliy muammolar insonga har xil sonlar, diagrammalardan koʻra vizual ravishda samaraliroq tushunishga yordam bermoqda. Buning sababi, hozirda GAT orqali vizual koʻrinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda koʻplab usullardan foydalanilmoqda. Bu usullar jumlasiga turli ranglar, uch oʻlchamli koʻrinishlar, vektorli tasvirlash kiradi va bu, oʻz navbatida, matnlar yoki sonlar orqali tushunish qiyin boʻlgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik tizimlar turkumidan boʻlsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sogʻliqni saqlash sohalarida ham keng qoʻllanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining ilmiy asoslari keng koʻlamda oʻrganilmoqda va endilikda kartalar orqali tasvirlash geografik bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi. Agar biron-bir sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga kirishadigan boʻlsak, endilikda darhol oʻsha muammoning raqamli kartasini ishlab chiqishimiz , muammoning koʻlamini baholash orqali yechimlar izlashimiz va shunga yarasha qarorlar qabul qilishimiz mumkin boʻladi. Geoinformatika bilan kartografiyaning oʻzaro bogʻliqligi quyidagi sohalarda koʻrinadi:
 mavzuli va kartografik kartalar hamda fazoviy ma‘lumotlarning asosiy manba ekanligi;
 geoaxborot tizimida toʻplanadigan va saqlanadigan hamma axborotlar koordinatalarining bogʻliqligi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan geografik va toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasi;
 kartalar: geografik, masofadan zondlash ma‘lumotlari va boshqa GAT axborotlarini (statistik, ijtimoiy, ekologik) tahlil qilish vositasi;
 kartografik tahlil: GAT ma‘lumotlar bazasini kartografik bilimlar asosida formallashtirish;
 matematik-kartografik va kompyuter-kartografik modellashtirish: axborot natijalaridan kelib chiqqan holda prognoz qilish, boshqarish, tekshirish va xulosa chiqarish jarayonida asosiy vositalardan biridir.
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan maxsus dasturlar asosan ikki turga boʻlinadi va ular quyidagilardan iborat:
1. Pulli dasturlar. Ular jumlasiga hozirda mashhur boʻlgan ESRI kompaniyasining ArcView oilasidagi dasturlar, GIS MapInfo Professional, AutoCAD Map 3D, Geomedia Professional, Panorama, RemoteView, Bentley Map, Erdas Imagine kabilar kiradi.
2. Ochiq kodli dasturlar. Mazkur bepul geoaxborot tizimi dasturlariga Quantum GIS (QGIS), GRASS GIS, gvGIS, ILWIS, JUMP GIS, MapWindow GIS, SAGA GIS, Capaware, FalconView, Kalypso, TerraView, Whitebox GIS kiradi. ArcView ESRI kompaniyasining asturi boʻlib, bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcView dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qoʻshimcha sifatida yaratildi va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun moʻljallangan. ArcView kartografik ma‘lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun juda qulay dastur hisoblanadi. ArcView ning birinchi va ikkinchi versiyalari ma‘lum hudud boʻyicha tarqalgan geografik ma‘lumotlar (obyekt va hodisalar) ni koʻrish va tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab chiqilgan. Bu dasturni qoʻllash sohalari turlicha, ya‘ni biznes va fan, ta‘lim va boshqaruv, ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat, ishlab chiqarish va ekologiya, transport va neft-gaz sanoati, yerdan foydalanish va kadastr hamda boshqa sohalardir.
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari Ushbu dasturning keyingi avlodlari chiqishi bilan undagi funksiyalar ham tobora oshib boradi. Masalan, ikkinchi avlod vakilida geografik elektron jadvallar bilan ishlash, qaror qabul qilish va statistik ma‘lumotlarni jadval koʻrinishida kiritish imkoniyatlari mavjud boʻlsa, uchinchi avlodida fazoviy tahlil va modellashtirish kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va ishlab chiqarish sohasida ArcView dasturining toʻqqizinchi avlodi ishlatib kelinmoqda va u yuqoridagilardan koʻra koʻproq funksiyalar bilan toʻldirilgan hamda ishlash tezligi ham oshirilgan. Mapping (kartografik) tizimlari – bu kartalarni professional ishlab chiqishga moʻljallangan maxsus dastur mahsulotidir. Mapping hamma kerakli elementlarni tasvirlaydigan standart topokartalarni ishlab chiqarishda yaxshi samara berib kelmoqda. Mappingda CAD da boʻlmagan koʻpgina qoʻshimcha imkoniyatlar mavjud. Obyektlarni kartalarda tasvirlash belgilangan tartibda shartli belgilarga asoslangan holda olib boriladi. Bu, oʻz navbatida, qisqa vaqt ichida yuqori sifatli standart kartalarni tuzishni ta‘minlaydi.
Mapping modellashtirish va tahlil qilish imkoniyatini bersa, mavzuli Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari kartografiyalash va monitoring qilishni chegaralaydi. Bunday imkoniyatni faqatgina ArcGIS orqali bajarish mumkin. MapInfo dasturi fazoviy jihatdan bogʻlangan turli xil ma‘lumotlarni tasvirlash imkoniyatini beradi. Bu tizim Desktop GIS (ishchi dastur) sinfiga kiradi. 80-yillarning oxirida MapInfo va AtlasGIS Desktop GIS turkumidagi dastur bozorini boʻlishib olgan boʻlsa, Windows operativ dasturiga moslashtirilgandan soʻng raqibini yengib oʻtdi. MapInfoning eng muhim xususiyati bu uning universalligidir. Tizim boshqa dasturlar – DOS, Windows, Windows NT, UNIX bilan va geoaxborot tizimi dasturlari, raqamli kartografik tizimlar, geografik ma‘lumotlar bazasini yaratish va ishlatish vositalari bilan birgalikda ishlash xususiyatiga ham egadir.
Zamonimiz bugungi kunda juda tez rivojlanib har bir sohaga axborot texnologiyalari shiddat bilan kirib bormoqda. Mamlakatimizda ham yaqin yillardagi har bir sohalarni rivojlantirish (raqamlashtirish) borasidagi qilinayotgan ishlar beqiyosdir. Bugungi ta’lim sohasini zamonaviy usullar bilan boshqarishda, o'quv jarayoni sifatining rivojlangan mamlakatlar qatorida bo’lishi uchun yangi axborot texnologiyalari va har qanday fanni o’qitishdagi zamonaviy usullardan keng foydalanilmoqda. Bunda yuqoridagilarni amalga tadbiq etib, har bir sohani modernizatsiya qilish, ko’zlangan samarali maqsadga erishish uchun xorijiy davlatlar tajribasi asosiy me’zon hisoblanadi. Doimiy ravishda ilg’or xorijiy mamlakatlarninng AKT sohasidagi yangi zamonaviy texnologiyalari o’rganilib, o’zaro hamkorlikda amalga tadbiq etilib borilmoqda. Bugun zamonaviy axborot texnologiyalari juda tez rivojlamnoqda. GPS texnologiyasidan mobil telefonlarda ham foydalanmoqdamiz va u bevosita joy to‘g‘risidagi tasvirlami tushunish ko‘nikmaIarini talab qiladi. Geoaxborot tizimlari ham kundan-kunga o ‘zgarib, Internet orqali yangi xizmatlar bilan ta’minlash, foydalanishni osonlashtirishga yo‘naltirilib rivojlanmoqda. Bugun Intemetda turli xil hududiy ma’lumotlarni topib, ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, http://vmw.google.com/earth veb sahifasidan ko'pchilik xabardor va undan foydalanadi. Bu sahifada joylashtiriladigan ma’lumotlar geoaxborot texnologiyalar va geoxborot tizimi asoslariga tayangan. Bunday geoxborot tizimi texnikaviy vositalar, dastur, ma’lumotlar va foydalanuvchidan iborat, bu fizikaviy komponentlar o'rtasidagi masofa oxirgi yillarda uzoqlashmoqda. Dastlab, barcha. komponentlar bir joyda bitta kompyuterda joylashgan edi, hozir esa ma’lumotlar dunyoning bir chekkasida, dastur boshqasida, foydalanuvchi uchinchisida. Kompyuterlar va serverlar bir-biriga ulangan bo‘lib, turli xil vazifani bajaradi. Google Earth veb sahifasida dunyoning geografiyasiga oid ma’lumotlar joylashtirilgan. ArcCAD atrof-muhit tizimini oʻrganish instituti tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur boʻlib, bu dastur bizga ma‘lum boʻlgan ikki dastur – AutoCAD va ARC/INFO dasturlarini birlashtirish orqali yaratilgan. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ArcCAD dasturi orqali AutoCAD ma‘lumotlarini Arc/Info dasturiga oʻzgartirib boʻlmaydi. U toʻgʻridan toʻgʻri fazoviy ma‘lumotlarni Arc/Info dasturi formatida yaratadi. Bu esa, oʻz navbatida, texnologik jihatdan ArcCAD ning ARC/Info ga moslashganligini koʻrsatadi. Bunday birlashtirish orqali bu dastur qanday yutuqlarga erishdi? Ular quyidagilardan iborat:
 ArcCAD ham, Arc/Info ham AutoCAD tizimi orqali yaratilgan fayllarni oʻqiy oladi;
 bu tizim orqali yaratilgan ma‘lumotlar keyinchalik Arc/Info va AutoCAD ning kelgusi ma‘lumot qayta ishlovida qoʻllanilishi mumkin;
 ArcView dasturi orqali ArcCAD ma‘lumotlarini koʻrish, ekranda tasvirlash va tahlil qilish mumkin;
 ArcCAD dBASE turkumidagi fayllar boʻlmish DXF, ASCII, IGES formatdagi ma‘lumotlarni ham oʻqiy olishi mumkin;
 ArcCAD orqali foydalanuchi Arc/Info dasturiga tegishli boʻlgan barcha qoʻshimcha xizmat turlaridan foydalanishi mumkin. ArcCAD topologik tuzilish orqali ma‘lumotlarni yaratish, toʻgʻrilash va boshqarish kabi GAT vazifalarini qamrab oladi. Bu dasturiy tizim oʻzida GATga mos buyruqlar yigʻindisiga ega. ArcCAD tizimining foydalanuvchiga moʻljallagan interfeysi orqali poligonlar overley operatsiyasi, chiziq va nuqtalarni poligonlarga joylashtirish, bufer zonalarni yaratish, keraksiz chegara chiziqlarni olib tashlash va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu tizimda shartli belgilar asosida avtomatik ravishda shartli belgilarni yaratish ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ma‘lumotlar bazasida saqlanayotgan atribut va interaktiv ravishda foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma‘lumotlardan foydalaniladi. Bu tizim orqali karta va ma‘lumot bazasini bogʻlash mumkin va bunda grafik interfeysli ma‘lumotlar Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 33 bazasini boshqaruvchi tizim yaratiladi. Geoaxborot ma‘lumot bazasidan ma‘lumot olinishi yoki kartaning oʻzida kerakli joyga buyruq berib ham olinishi mumkin. Bundan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri ma‘lumot bazasining ichidan ham olinishi mumkin. Tizim raqamli kartadagi har bir obyektning geofazoviy bogʻlanishlarini aniqlaydi, bu esa, oʻz navbatida, bitta hududdan ikkinchi hududga oʻtish imkoniyatini beradi. Bu kabi pozitsion va fazoviy ma‘lumotlarga bogʻliqlik ma‘lumotlarni qoʻshish yoki kartografik xarakterlarni belgilash orqali yangi ma‘lumotlar bazasini yaratish yoki yangilash imkoniyatini beradi. Bunday texnologiya GATda fazoviy tahlil deb ataladi va koʻplab muhandislik va biznes ishlarida qoʻllaniladi.
“Panorama” geodeziyaning amaliy masalalarini hal qilishga moʻljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida raqamli va elektron kartalarni yaratish hamda ularni qayta ishlash mumkin. Bu dasturning boshqa dasturlardan qulayligi GPS va elektron taxeometrlardan olingan ma‘lumotlarni qayta ishlashda boʻlsa, noqulayliklaridan biri – dastur yordamida fazoviy tahlil ishlarini bajarib boʻlmasligidir. Bu dastur yordamida:
 kartografik ma‘lumotlar bazasini tashkil qilish;
 atribut ma‘lumotlar bazasini tashkil qilish; Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari;
 kartografik va atribut ma‘lumotlar bazasi orasidagi oʻzaro aloqani oʻrnatish va ta‘minlash;
 klassifikator va izlab topish uchun qulay boʻlgan ma‘lumotlar bazasini yaratish;
 hisobot va tahliliy ma‘lumotlarni toʻplash hamda ularni bosmaga chiqarish kabi amallarni bajarish mumkin. Yuqoridagilardan tashqari, dastur yordamida joyning uch oʻlchamli tasviri hosil qilinib, bevosita real hayotdagidek navigatsiya qilish va bu dastur orqali boshqa GAT dasturida hosil qilingan ma‘lumotlarni oʻzgartirish mumkin.
GATning geodeziya va ayniqsa, kartografiya sohalarida qoʻllanilishidan bir qancha yengilliklar kelib chiqadi. Bunda ish hajmi keskin ortib, ma‘lumotlarni qayta ishlash va bosmaga chiqarish kabi ishlarga sarflanadigan vaqt keskin kamayadi. Bundan tashqari, ma‘lumot olish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar miqdor va sifat jihatidan ortadi. Bunda hozirgi kunda mavjud zamonaviy geodezik asboblar, jumladan elektron taxeometrlar, sun‘iy yoʻldosh orqali obyektning Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari koordinatasini oʻta yuqori aniqlikda bera oladigan qabul qilgich (priyomnik) lar juda ham katta yordam beradi. Shu jihati bilan an‘anaviy kartografiya, ya‘ni oldingi qogʻozli koʻrinishdagi geoma‘lumotlar yordamida ishlash bilan taqqoslaganda elektron geodezik asboblarga, sun‘iy yoʻldosh ma‘lumotlariga asoslangan hozirgi zamonaviy kartografiya bir qancha afzalliklarga egadir.


Download 275,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 275,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geoaxborot tizimlari va texnologiyalarining yangi imkoniyatlari

Download 275,29 Kb.