|
Tabiiy geografiya darslarini olib borishda tajriba-sinov ishlari tahlili
|
bet | 14/15 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 275,29 Kb. | | #228789 |
Bog'liq GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA kurs ishi (1)3.2. Tabiiy geografiya darslarini olib borishda tajriba-sinov ishlari tahlili.
Birinchi-izlanuvchi-ta’kidlovchi bosqichda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirishga doir psixologik –pedagogik, metodik adabiyotlar o’rganilib tahlil qilindi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish holati tahlil qilindi hamda uni ta’limtarbiya jarayonidagi ahamiyati o’rganildi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish ilmiy-metodik tashkiliy muammo ekanligi ko‘rsatildi. Tadqiqotning maqcadi, vazifalari, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati izlanuvchan bocqichida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish jarayonini tashkil etish va o’tkazish uchun so‘rovnoma ishlab chiqildi. So‘rovnoma oliy ta’lim muassasalarida boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi talabalari o’rtasida o’tkazildi. Izoh: Tadqiqot yuzasidan tajriba-sinov ishlari 3 bosqichda 2018-2020 yillarda tashkil qilindi va o’tkazildi. MUHOKAMA So’rovnoma natijalari shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik talabalar refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirishda turli qiyinchiliklarga duch keladilar. Oliy ta’lim muassasasiga kelgan talabalar orasida turli ta’lim muassasasida tarbiyalangan yoki o’quv mashg’ulotlarining tayyorlov bosqichida shug’ullangan talabalar bo’lishi mumkin. Ular orasida darslarni o’zlashtirishda ruhan tayyor bo’lmagan talabalarning o’zlashtirishi orasidagi farqni va qiyinchiliklarni ko’rish mumkin. Bundan tashqari, o’qituvchining yondashuviga qarab talabalar refleksiv ko’nikmalarini rivojlanganlik darajasi tor yoki keng ekanligidagi farqlarni aytish mumkinligi ma’lum bo’ldi. Dars jarayonida talabalar refleksiv ko’nikmalarini o’stirishda turli vositalardan kam foydalanishlari, darslarni didaktik asosida qiziqarli tashkil etishlarida darslar vaqtini to’g’ri taqsimlab, undan unumli foydalana olmasliklari ma’lum bo’ldi. O’qituvchilarning talabalar refleksiv ko’nikmalarini rivojlantirish davrida qo’llaydigan metodikalari asosan talabalarning nutqini o’stirishga oid bilimlarni oshirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etilayotgan metodik tavsiyalar va yaratilgan o’quv qo’llanma tanlab olingan OTMlarning talabalari orasida muhokama qilish, yutuq va kamchiliklarini ko’rib chiqish uchun taqdim etildi. Barcha talabalardan olingan mulohaza va takliflar, e’tirozlar, qarama-qarshi fikrlar o’rganib chiqildi. Ularning fikrlarini inobatga olib, tegishli xulosalar chiqarildi. Tadqiqotning ikkinchi-shakllantiruvchi tajriba-sinov bosqichida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha tashkil etiladigan darslar mazmuni, shakl, metodlari ishlab chiqildi. “Umumiy pedagogika”, “Pedagogik maxorat” darslarining mashg’ulotlar kesimida olib borilishi va mashg’ulotlar asosida tashkil etish metodikasi tizimlashtirildi va bunga imkon beruvchi darslar, o’quv-uslubiy tavsiyalar, o’quv mashg’ulotlari uchun mo’jallangan o’quv qo’llanma yaratilib, o’quv jarayoniga tatbiq etildi hamda sinab ko’rildi. Shu jumladan, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish metodik yondashuv asosida tashkil etildi va darclarda metodikalar tahlil qilindi, umumlashtirilib, yagona umumlashgan metodik ko’rcatmalar ishlab chiqildi. O’quv jarayoniga talabalar refleksiv ko’nikmalarini, o’z ustida ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan vositalardan keng foydalanib, amaliyotga tatbiq etildi va sinab ko’rildi. Shuningdek, tanlab olingan OTMlarining talabalari tajriba guruhlarida refleksiv ko’nikmalarini rivojlantirish masalasiga qaratilgan seminar treyning o’tkazildi, topshiriqlarni bajarish jarayonlari kuzatib borildi. Topshiriqlarni bajarishlaridagi qiyinchiliklar, uchraydigan muammolar yozib borildi. Talabalarning refleksiv ko’nikmalar doirasini aniqlashga qaratilgan og’zaki so’rovlar, suhbatlar o’tkazildi hamda ularning natijalari tahlil qilindi.
Uchinchi-yakuniy bosqichda tadqiqotning tajriba-sinovi natijalari umumlashtirilib, tanqidiy tahlil qilinib, tadqiqot maqsadi va ilmiy farazning hamda ishlab chiqilgan metodikalarning asoslanganligi o’quv jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik ishlanmalar asosida tekshirilib ko’rildi. Tadqiqot ishining asosiy xulosalari ishlab chiqildi hamda bu xulosalar bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqotning shakllantiruvchi tajriba-sinov bosqichida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish dasturi asosida-talabalarning refleksiv ko’nikmalarini rivojlanganlik darajalari belgilandi. Tadqiqot davrida amalga oshirilgan muhim ishlardan biri tajriba-sinov ishlariga respondentlarni jalb qilish va ulardan tajriba hamda nazorat guruhlarini shakllantirish bo’ldi. Tajriba-sinov ishlariga OTMlarining boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi talabalaridan jami 270 nafar respondent-talabalari jalb etildi. Shu o’rinda tajriba-sinov ishlarining o’ziga xos murakkablik kasb etganligini aytib o’tish maqsadga muvofiq.
Bu murakkablik quyidagilarda ko’rindi: 1. Oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan talabalarning xarakter jixatdan turli temperamentda ekanligi talabalarning tahsil olishi natijasida ularning o’zlashtirishida farqlar seziladi. 2. Oliy ta’lim muassasasida ayrim darslarning ananaviy tarzda tashkil etilishi ya’ni ananaviy tashkil etiladigan darslarda talabalarning refleksiv ko’nikmalari rivojlanmaydi. 3. Talabalarning o’qituvchilar tomonidan berilgan axborotning hammasini to’g’ri deb qabul qilishi ya’ni o’qituvchi ushbu ma’lumotni o’z nuqtai nazaridan kelib chiqib aytganligini inobatga olinmasligi xolatlari kuzatildi. Shu jihatdan talabaning o’zlashtirishida bir qancha qiyinchiliklar kuzatilishi tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. NATIJA Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan jami 270 nafar respondent-talabalarni tasodifiy tanlov tamoyiliga muvofiq quyidagi sonlarda tajriba va nazorat guruhlariga biriktirildi:
1) tajriba guruhlariga 127 nafar;
2) nazorat guruhlariga 143 nafar. Oliy ta’lim muassasalarining boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi talabalarda refleksiv ko’nikmalarini rivojlantirishga oid tajriba ishlarini tashkil etishda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan “Talabalar refleksiv ko’nikmalarini rivojlantirish” dasturi tadqiqot ishimiz jarayonida xulosalariga tayangan holda takomillashtirilib, talabalarning tajriba guruhlarida bevosita sinovdan o’tkazildi, nazorat guruhlarida esa odatdagi tartibda, an’anaviy ish rejasi asosida ish ko’rildi. Tajriba-sinov uchun taqdim etilgan kontseptsiya quyidagi metodlar asosida shakllantirildi:
1. Respondent-talabalar uchun mo’ljallanib, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish borasidagi bilim, ko’nikma va malakalarining mavjud darajasini baholashga yo’naltirilgan so’rovnoma ishlab chiqildi. Bundan ko’zlangan maqsad bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish borasidagi tajribalarini o’rganish va amaliy ish holatini tahlil qilish, shuningdek, ularning mustaqil o’qishlarini, ta’lim jarayoniga nisbatan ijodiy-texnologik yondashuvga ega ekanliklarini baholashdan iborat bo’ldi. Tajriba davrida mavjud holatni imkon qadar holi baholash maqsadida ochiq so’rovnomalardan foydalaniladi.
2. Suhbat, savol-javob va intervyular uchun ishlanmalar. Ta’lim tajribasi anketa so’rovlarini suhbat, savol-javob hamda intervyu metodlari bilan birga qo’llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlanadi. Talabalar o’z fikr-mulohazalarini bayon etish va respondentlarga o’z fikrlarini batafsil ifodalash imkoniyatini yaratish uchun suhbatlar ham tashkil etildi. Suhbatlar avvaldan tayyorlangan savollar asosida tashkil etilganligi sababli savollarning puxta o’ylanganligi, aynan o’rganilayotgan muammo mohiyatini yoritishga yo’naltirilganligi, aniq, qisqa va fikrni tugal ifodalay olishi alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Tajriba davrida tashkil etilgan suhbatlar uchun savollar tanlandi. Tajriba davrida savol-javoblarini tashkil etish, suhbat, intervyularni uyushtirish, respondentlarning amalga oshirilgan mashg’ulotlar to’g’risidagi taassurotlarini o’rganish kabi vaziyatlarda samarali foydalanildi. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlanganlik darajasini aniqlashda muayyan mezonlarga tayanildi va quyidagi xususiyatlarning shakllanishiga alohida e’tibor qaratildi:
“refleksiv maxorat” tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglash;
Pedagogik refleksivlikka moyillik, ijodkor, yaratuvchan va tashabbuskor o’qituvchi bo’lish istagining mavjudligi;
O’z ustida ishlash, o’z fikrini mustaqil bayon eta olish, ko’rish orqali ma’lumotga ega bo’lish; Improvizatsiya, nostandart tafakkur va tashabbuskorlik ko’nikmalarining shakllanganligi;
Muloqotga kirishuvchanlik, pedagogik muloqot vaziyatlarini to’g’ri tashkil eta olish ko’nikmasiga ega bo’lish;
Pedagogik refleksiya, ijodkor talaba sifatida doimiy ravishda intellektini rivojlantirishga ehtiyojning ortishi.3
Tajriba-sinov ishlari jarayonida tavsiya etilgan maxsus metodika yordamida respondent talabalarda pedagogik refleksiya, taxlil, tanqidiy yondashuv, ta’limdagi innovatsiyalar sohasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirish darajasi hamda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlanganlik holatini tajriba avvali va so’nggidagi natijalarga tayangan holda qiyosiy o’rganish maqsadida anketa, suhbat, pedagogik topshiriqlardan keng foydalanildi. Mazkur topshiriqlarni bajarish natijalari quyidagi tartibda baxolandi: So’rovnoma asosida respondent-talabalarning tadqiqot ishlarining asosiy mazmunini tashkil etgan tushunchalar “maxorat”, “refleksiya”, “tanqidiy yondashuv”, “taxlil va tashxis” mazmunini o’zlashtirish va tadqiqot muammosining ijtimoiy-pedagogik ahamiyatining belgilanishi bilan bog’liq so’rovlar tashkil etildi. So’rovnoma o’z ichiga 6 ta savolni qamrab olib, respondentlarning javoblari quyidagi tartibda baholandi: 5 ball- so’rovnoma savollarining barchasiga aniq, to’g’ri va ijodiy munosabat asosida qaytarilgan, mustaqil, ilmiy-nazariy, empirik dalillarga asoslangan fikr-mulohazalar keltirilgan javoblar uchun. 4 ball – so’rovnoma murojaatlarining aksariyat savollariga (3/2 qismi) to’liq qaytarilgan, asosli javoblar uchun. O‘qitish metodikasi deganda ta’lim va tarbiyaning maqsadga muvofiq amalga oshirishning eng samarali yo‘l va uslublar yig‘indisi tushuniladi. Mashg‘ulotni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish esa o‘qituvchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga ham bog‘liq.
XULOSA
Geografik ta’lim insoniyat uchun umumiy uy sifatida o‘z mamlakati va sayyoramizni o‘rganish uchun ishonchli asosdir. Aynan shu ta’lim zamonaviy dunyo va insoniyatning xilma-xilligi va birligi bilan birligini ongli ravishda tushunishni ta’minlaydi. O‘quvchilar o‘zlarini o‘rab turgan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarni va insonning kosmosda mavjud bo‘lishining ma’nosini to‘g‘ri tushunishlari uchun juda katta geografik bilimlarni to‘plashi zarur. O‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etishda maktab o‘quvchilari uchun zamonaviy o‘quv qo‘llanmalariga katta ahamiyat beriladi. Sir emaski, o‘qitishning asosiy vositasi hanuzgacha atlas bilan jihozlangan darslikdir. Shu bilan birga, samarali o‘qitish o‘quv-uslubiy majmuasi deb ataladigan boshqa bir qator o‘quv qo'llanmalaridan (dasturlar, ko‘rsatmalar, o‘quv daftarlari) foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Ammo o‘quv materiallaridan tashqari, boshqa o‘quv qo‘llanmalari ham qo‘llaniladi: audiovizual va ekran-tovush, shuningdek turli xil interaktiv o‘quv vositalari (multimedia ensiklopediyalari va qo‘llanmalari, moslashtirilgan dasturiy va uslubiy majmualar va shunga o‘xshash elektron darsliklar, test dasturlari). Har qanday yangi texnologiyani o‘zlashtirish bilan o‘qituvchining yangi pedagogik tafakkuri boshlanadi: uslubiy tilning ravshanligi, tuzilishi, metodikada asosli me’yor paydo bo‘lishi. Sinfda pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda, yaxshi natijalarga erishib, geografiyani o‘qitish jarayoniga yangi nuqtai nazardan qarash mumkinligiga amin bo‘la olamiz. Ayni paytda geografiya darslarida turli xil pedagogik yangiliklardan foydalanilmoqda. Shunga qaramay, quyidagilar eng xarakterli innovatsion texnologiyalardir. Mavzuni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish usuli. AKTni o‘quv jarayonining mazmuniga kiritish turli predmet sohalarini informatika bilan birlashtirishni nazarda tutadi, bu esa o‘quvchilar ongini axborotlashtirishga va zamonaviy jamiyatdagi axborotlashtirish jarayonlarini (uning professional yo‘nalishida) tushunishiga olib keladi. Maktablarni axborotlashtirish jarayonida paydo bo‘layotgan tendensiyani anglash katta ahamiyatga ega: maktab o‘quvchilari tomonidan informatika haqidagi asosiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishdan, umumiy texnologiyalarni o‘rganishda kompyuter dasturlaridan foydalanishgacha. Natijada maktab metodik tizimida yangi axborot texnologiyalari paydo bo‘ladi va maktab bitiruvchilari kelgusi ish faoliyatida yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga o‘rgatiladi. Ushbu yo‘nalish o‘quv dasturiga kompyuter fanlari va AKTni o‘rganishga qaratilgan yangi fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Sinfda AKTdan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatdiki: a) masofaviy ta’limning turli shakllarini o‘z ichiga olgan ochiq maktabning axborot muhiti, ayniqsa, loyiha uslubidan foydalangan holda o‘quvchilarning fanlarini o‘rganishga bo‘lgan intilishini sezilarli darajada oshiradi; b) o‘qitishni axborotlashtirish o‘quvchi uchun jozibali bo‘lib, unda maktabdagi muloqotning psixologik stressi "o‘qituvchi-o‘quvchi" sub’ektiv munosabatlaridan "o‘quvchi-kompyuter-o‘qituvchi" eng ob’ektiv munosabatlarga o‘tishi, o‘quvchilarning ish samaradorligi bilan olib tashlanadi. Ijodiy ishlarning ulushi ortadi, maktab devorlari ichida bir fan bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyati va kelajakda maqsadli ravishda maktab, obro‘li ishni tanlash amalga oshiriladi; d) o‘qitishni informatizatsiya qilish o‘qituvchi uchun jozibali bo‘lib, uning ish samaradorligini oshirishga imkon beradi, o‘qituvchining umumiy axborot madaniyatini oshiradi. Innovatsion o‘qitish usullaridan foydalangan holda geografiyani o‘qitish jarayonida quyidagi pedagogik paradigmalarni amalga oshirish mumkin: - ta’limning insonparvarlik paradigmasi, bu erda asosiy qiymat ma’lum bir shaxs - uning ichki makoni, individual bilish jarayonining o‘ziga xos xususiyati; - ta’limning texnokratik paradigmasi - tasdiqlangan va sinovdan o‘tgan bilimlarga asoslangan ob’ektiv haqiqat mavjudligining, shuningdek atrof-muhit bilan eksperimental o‘zaro aloqalarning qiymat tushunchasi; - ta’limning tarixiy paradigmasi, bu jamiyat mavjudligining o‘ziga xos tarixiy shartlarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatning yashash usullari va shakllarini o‘rganadi. Innovatsion o‘qitishning mohiyati shundan iboratki, o‘quv jarayonida talaba uning sub’ektiga aylanadi, ya’ni uni yonma-yon va tasodifiy natijada rivojlantirish asosiy vazifaga aylanganda, o‘z-o‘zini o‘zgartirish uchun o‘rganadi, ham o‘qituvchi, ham o‘quvchining o‘zi. Shu munosabat bilan, pedagogik jarayonda o‘quv jarayoni davomida talabalarning mustaqilligi va faolligini maksimal darajada namoyon etishiga, shuningdek, intellektual va shaxsiy rivojlanishda ilgarilashga imkon beradigan bunday psixologik yoki pedagogik sharoitlarni aniqlash zarur bo‘ladi.
|
| |