Umumiy tabiiy geografiyada amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish




Download 275,29 Kb.
bet8/15
Sana13.05.2024
Hajmi275,29 Kb.
#228789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA kurs ishi (1)

2.2. Umumiy tabiiy geografiyada amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish.
Amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini frontal tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega: o‘qituvchini guruhdagi talabalarga rahbarlik qilishi va mashg’ulotning bajarilishini kuzatib turishi osonlashadi; butun guruhga bitta mavzu bo’yicha yo’riqnoma berish mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiliklari jumlasiga o’quv xonasida juda ko’p bir xil asbob-uskunalar yoki tarqatma materiallar bo’lishini talab etilishi kiradi. O’quv materialini darslarda o’rganishdan oldin yoki o’rganish bilan bir vaqtda bajariladigan tajriba-amaliy ishlar frontal o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Tegishli o’quv materialini o’rganishni tugallovchi tajriba-amaliy mashg’ulotlar ham frontal o’tkazilishi mumkin. Bunda amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarining mazmuni ayrim guruhlar uchun har xil bo‘ladi. Nofrontal shaklda tashkil etilgan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar qo’yidagi kamchilikga ega: ishlarni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish ma’lum darajada qiyin bo’ladi, chunki o’qituvchi barcha talabalarga umumiy ko’rsatma berish va natijalarni jamoa bo’lib muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Shunga qaramay umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda nofrontal tajriba-amaliy mashg’ulotlar ko’p hollarda o’tkaziladi,chunki bunda hamma talabalar uchun bir turdagi jihoz va moslamalarni bo’lishi shart emas.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar davomida talabalar ma’lum bir jarayonni kuzatadilar, tavsiflaydilar, kattaliklarni o’lchaydilar, hisoblaydilar, biror hodisa bo’yicha eksperimentlar o’tkazadilar, natijalarni umumlashtiradilar, tahlil qiladilar, mexanizm va yig’ma birikmalarni qismlarga ajratadilar-yig’adilar, rostlaydilar, sozlaydilar, nazorat qiladilar. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda o’tkaziladigan tajriba-amaliy mashg’ulotlarini guruhlash mumkin. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlardan ko’zda tutilgan maqsad ko’p jihatdan uni o’tkazish metodikasini talabalar ishiga maxsus fan o’qituvchisining rahbarlik qilish usullarini, ayrim tajriba yoki amaliy ishlarni bajarish tartibi va shu kabilarni belgilab beradi.
Talabalar nazariy materialni o’zlashtirib olganlaridan, o’rganilayotgan hodisalar, jarayonlar bilan tanishganlaridan so’ng ular bilan T/r Amaliy-laboratoriya mashg’ulot turi Tajriba-amaliy mashg’ulotlarda bajariladigan ishlar mazmuni tajriba-amaliy mashg’ulotni o’tkazish ancha oson ko’chadi. Bu holda o’qituvchining yangi mavzu bo’yicha mashg’ulot o’tkazishga oid o’quv axboroti nihoyatda qisqa va aniq bo’ladi. Natijasiga asoslanib talabalar ma’lum xulosalar chiqarishi kerak bo’lgan tajriba-amaliy mashg’ulotlarni bajarish ancha murakkab hisoblanib, ta’lim oluvchilarni bunga oldindan tayyorlash va o’qituvchining o’quv axboroti ancha batafsil bo’lishi zarur. Bunday ish davomida o’qituvchi talabalar ishini kuzatibgina qolmay, balki ularning faoliyatini yo’lga soladi, ularni zarur xulosalarga olib keladi. O’qituvchi talabalarga amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining bajarilish jarayoniga yo’riqnoma berish yo’li bilan rahbarlik qiladi. Yo’riqnoma berishdan ko’zlangap asosiy maqsad talabalar ongida topshiriqni eng samarali bajarish uchun faoliyatning yo’nalish asoslarini yaratishdan iborat. Psixologlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, insonning mehnat faoliyati ikki tomonga: yo’nalish va ijro tomonlariga ega. Yo’nalish tomoni faoliyatning ob’ektiv sharoitlarining (masalalar, usullar, mezonlar, bajarilish shartlari, texnika vositalari va shu kabilar)ning inson ruhiyatidagi in’ikosi, ijro tomoni esa harakatning bevosita bajarilishi.
I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, yo’nalish refleksi markaziy asab tizimida shartli bog’lanishlar hosil bo’lishiga asos hisoblanadi. Bu bog’lanishlar bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilishniig fiziologik asosidir. Kirish yo’riqnomаsini o’tkаzishdаn mаqsаd mashg’ulot mavzusi ochib berilаdi, uni o’tkаzish rejаsi belgilаnаdi, ishni tаshkil etish, аsbob vа jihozlаr bilаn ishlаsh, yozuvlаr, hisoblаr yuritish, hisobot uchun mаteriаllаr tаyyorlаsh to’g’risidа zаrur ko’rsаtmаlаr berilаdi. Kirish yo’riqnomasining metodikasi ko’p jihatdan tajriba-amaliy mashg’ulotni o’tkazishdan ko’zda tutilgan asosiy didaktik maqsadga va uning qanday o’tkazilishiga bog’liq.
Tadqiqot xarakteridagi tajriba-amaliy mashg’ulot o’tkaziladigan bo’lsa, o’qituvchi talabalarga bu mashg’ulotning tartibini batafsil gapirib beradi, kattaliklar qanday tartibda o’lchanishini, ularning qanday yozib borilishini tushuntirdi, ishni bajarish usullarini namoyish qiladi. Kirish yo’riqnomasi vaqtida ham, ishning borishi davomida ham o’qituvchi talabalar e’tiborini olinanigan natijalarni bir-biriga solishtirib ko’rish zarurligiga, ular orasidagi bog’lanishlarni aniqlashga, xulosalarni asoslashga jalb etadi. Bu vaqtda ta’lim oluvchilarga sekin-asta asosiy xulosaga olib keladigan savollar berish foydali.


Download 275,29 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 275,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy tabiiy geografiyada amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish

Download 275,29 Kb.