|
Tabiiy geografiyadan mashg`ulotlarni innovatsion ta`lim texnologiyasida loyihlash kirish
|
bet | 10/15 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 275,29 Kb. | | #228789 |
Bog'liq GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA kurs ishi (1)Bosqich nomi
|
Darsning borishi
|
Vaqt(daqiqa)
|
I
|
Tashkiliy
davr
|
Talabalar bilan salomlashish. O’quv
xonasi va o’quv jixozlar tayyorgarligini hamda davomatni nazorat qilish
|
5 daqiqa
|
II
|
Topshiriqlarni
aniqlash
|
Mashg’ulot mavzusini ma’lum qilish.
Bajariladigan topshiriqlarni belgilash va
bajarish tartibi bilan tanishtirish.
1-Amaliy topshiriq. Afrika materigi georafik o’rnini izohlash
2-Amaliy topshiriq. Afrika materigi o’rganilish tarixi bo’yicha jadval tuzish
3-Amaliy topshiriq. Ma'ruza matnidan foydalanib, metama’lumotlarni va ma’lumotlar to’plamini tadqiq qilishni o’rganish
|
50 daqiqa
|
III
|
Guruhlarga
shakllantirish
bosqichi
|
Talabalar 3 guruhga ajratiladi
|
2 daqiqa
|
IV
|
Taqdimot qilish
bosqichi
|
Guruh a’zolari belgilangan topshiriq yuzasidan taqdimot o‟tkazadilar.
|
15 daqiqa
|
V
|
Xulosalash,
baholash
bosqichi
|
Xar bir guruh topshiriqlarini umumiy
xulosalash, baholash, taklif va tavsiyalar
berish
|
8 daqiqa
|
Masalan: “Afrika materigining geografik o‘rni va o‘rganilish tarixi” mavzusida ‘’TARAF’’ metodidan foydalanamiz. Bu metodni qo’llash yangi mavzu bayonidan keyin amalga oshiriladi. Agar aynan yuqoridagi mavzuni tahlil qilib ko’rsangiz metod to’liq mavzuni qamrab olganini ko’rishingiz mumkin. Bu metodning xususiyati to’rt tomon emas, 4 taraf harakatni talab qiladi. Geografiya faninig o’ziga xos xususiyatlarini inobatga oladigan bo’lsak, materikning o’ziga xosligi, materikni o’rgangan olimlar bolsa,geografiya fanida karta asosiy bilimlarning 90 foizini o’zida jamlagan. Shu sababli,Afrika materigi chekka nuqtalarini belgilash, Afrika materigi geografik obyektlarini raqamlarda belgilab, nomlarini yozish topshirig’i beriladi.
Materiklarni o’rganishda bu metoddan foydalanamiz;
Afrika materigi, materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini o’qitishda birinchi o’rganiladigan materik sanaladi. Boshqa materiklarni o’rganishda metodik jihatdan o’quvchilarda mavzuni o’zlashtirishda qo’llaniladugan texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ko’nikma hosil qiladigan materik hisoblanadi.
Geografik axborot tizimlari (GАT) keng tarmoqli soha boʼlib, xaritashunoslik, masofadan zondlash, yer tuzish, tabiiy resurslarni boshqarish, fotogrammetriya, geografiya, shaharsozlik, samoviy video hamda mahalliy qidiruv tizimlarida keng foydalanib kelinmoqda.
ArcGIS dasturi paketi dunyoning GАT boʼyicha yetakchi atrof muhit tizimlari tadqiqot instituti (ESRI) tomonidan ishlab chiqilgan. ESRI “GАT mahsulotlari dastur taʼminotining integrallashgan kollektsiyasi” sifatida dastur paketini ifodalaydi, unda foydalanuvchi yoki kompaniya GАTni toʼliq amalga oshirishi mumkin. Аmaliy mashgʼulot davomida ArcGIS dasturining ikkita mahsuloti bilan tanishiladi. Ular – ArcCatalog, ArcToolbox, dasturlaridir. ArcGIS dasturlar paketi toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlarni quyidagi vebsaytdan olish mumkin:
|
| |