Fizika fanini o‘qitishning vazifalari




Download 355.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana08.11.2022
Hajmi355.36 Kb.
#29480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
d3c9d177af1eb0aff67cc79c8fc98541 FEZIKA
Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox
Fizika fanini o‘qitishning vazifalari:
o‘quvchilarda atrof olamni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish; 
fizik tushuncha va kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish; 
fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali 
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish; 
o‘quvchilarda ixtirochilik va konstruktorlik qobiliyatlarini shakllantirish;
o‘quvchilarda o‘quv - tadqiqotchilik qobiliyatlarini shakllantirish;
fizik kattaliklarni o‘lchovchi qurilma va jihozlardan to‘g‘ri foydalanish 
ko‘nikmasini shakllantirish. 
fizik kattaliklarni o‘lchovchi qurilma va jihozlardan to‘g‘ri foydalana olish. 
Fizik jarayon va hodisalarning fizik mohiyatini anglash bilan birga, texnika va 
texnologiyalarni rivojlantirishda fizika qonunlarini amalda qo‘llashni talab 
qilmoqda.
STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya 
berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy yondashuvni 
kuchaytirishga qaratilgan. Fizika fanini o‘qitishda, uning dastlabki tushunchalari 
boshlang‘ich ta’limning atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik va yuqori sinflarda 
tabiiy geografiya, kimyo, biologiya fanlarini o‘rganishda shakllanadi. Jumladan, 
Quyosh, Yer, Oy va uning ahamiyati, ob-havo, yil fasllari, atrofimizdagi narsalar: 



uy anjomlari, o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, gazdan 
foydalanish, uyda foydalaniladigan elektr jihozlari, kompyuter va uning 
imkoniyatlari, uyda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, jism va moddalar, suvning 
holatlari, termometrdan foydalanish, ob-havoni kundalik kuzatish, kun va tunning, 
yil fasllarining davriy almashinishini va boshqa tushunchalar shakllantiriladi.
Fizika fanini o‘rganish VI sinfda boshlanib, dastlab mexanika, issiqlik, yorug‘lik, 
tovush hodisalar hamda modda tuzilishi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. 
Fizika fanini izchil kurs sifatida VII sinfda fizikaning “Mexanika”, VIII sinfda 
“Elektr” bo‘limlari yuzasidan ma’lumotlar berilib, amaliyotda qo‘llash 
ko‘nikmalari shakllantiriladi. 
Dasturning yana bir jihati shundan iboratki, bunda o‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashga e’tibor qaratilgan.
O‘qituvchi fizika darsini tashkil etishda o‘qitish usulining turli (ma’ruza, 
og‘zaki bayon qilish, masalalar yechish, amaliy topshiriq, ko‘rgazmalilik va 
boshqa) shakllaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, darsni tashkil qilishda dars 
berishning turli noan’anaviy usullaridan (bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar) 
hamda o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, ularni faollashtirish va jadallashtirishga 
asoslangan, muammoli ta’lim, loyihalash, interfaol, hamkorlikda ishlash, o‘quv 
jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga asoslangan ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Hozirgi texnologiyalar jadal 
rivojlanayotgan davrda o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida zamonaviy 
AKTlardan foydalanishi dars samaradorligining oshishiga va o‘quvchilarning 
fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi. 
STEAM ta’limi bilim, ko‘nikma va malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib 
kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatish orqali sinfdagi dars mashg‘ulotlari va 
maktabdan tashqari kundalik faoliyatida o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotlarini 
o‘tkazish, tajribalarni bajarib ko‘rish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini 
tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. 
Bunda o‘quvchi yoshlarning qizishlarini ertaroq aniqlash va iqtidorini, 
ijodkorligini rivojlantirishga yo‘naltirish, yangiliklarni hayotga tatbiq etish orqali 
ilmiy izlanuvchanligi hamda yaratuvchanligini rivojlantirish uchun o‘quv 
dasturining boshida har bir sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga 
qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Mazkur talablarning o‘quvchilar tomonidan 
bajarilishini ta’minlash o‘qituvchining asosiy vazifasidir. Bu o‘z o‘rnida o‘quv yili 
boshlanishida pedagoglarning ish faoliyatini rejalashtirishini va harakat 
strategiyasini belgilab beradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur o‘quv dasturida o‘quvchilarni mantiqiy 
fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash 
dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga 



mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va mavzularda 
o‘quvchilar mustaqil bajarishga va ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar 
berilishi maqsadga muvofiq. 

Download 355.36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 355.36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizika fanini o‘qitishning vazifalari

Download 355.36 Kb.
Pdf ko'rish