«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi




Download 2.73 Mb.
bet12/62
Sana25.03.2017
Hajmi2.73 Mb.
#2407
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Germaniyaning relyef kartasi

Rasm-2

Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari oralarida yassitogʻliklar, oʻrqirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Olmoniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Olmoniya payettekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Olmoniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Olmoniya Alpoldi yassitogligi va Bavariya Alp togʻlari. Shimoldagi payettekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq еrlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomondagi еrlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda „Golshteyn Shvey-sariyasi“ joylashgan. Olmoniyayеr ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000-2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik koʻllari: Voden, Myurits. Tuprogʻi asosan podzol, chimli podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlaridan iborat. Gars togʻlarining sharqiy va shim. togʻ oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uchraydi. Togʻlarda qoraqayin, dub, oq va qora qaragʻay oʻsadi. Bugʻu, elik, serna (togʻ echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bogʻlari — Bavariya oʻrmoni, Berxtesgaden. [11]





Download 2.73 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi

Download 2.73 Mb.