• 1.3.GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASINING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI
  • Foydali qazilmalarning umumiy zaxirasi va dunyodagi ulushiga oid ma’lumot (2013-yil ma’lumoti) Jadval-1




    Download 2.73 Mb.
    bet14/62
    Sana25.03.2017
    Hajmi2.73 Mb.
    #2407
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
    Foydali qazilmalarning umumiy zaxirasi va dunyodagi ulushiga oid ma’lumot (2013-yil ma’lumoti) Jadval-1

    Foydaliqazilmalar

    Zahirasi

    Rudadagifoydalikomponentlar , %

    Dunyodagiulushi, %

    Aniqlan

    gan


    Umumiy

    Barit (ming tonna)

    1000

    1200

    30 - 65 (BaSO4)

    0,3

    Volfram (ming tonna)

    80

    106

    0,2 (WO3)

    3,1

    Temir ruda (mln tonna)

    920

    3000

    28 (Fe)

    0,5

    Oltin




    30

    /




    Kaliytuzi (mln tonna)

    720

    1000

    14 (K2O)

    9,6

    Mis(ming tonna)

    1400

    1420

    1,42 (Cu)

    0,2

    Neft(mln tonna)

    53,2

    22,8







    Qalay(ming tonna)

    20

    20

    0,4




    Kislotalishpat, (mln tonna)

    3,1

    4,6

    45 (CaF2)

    1,6

    Tabiiygaz, (mlrd. m³)

    350







    0,2

    Qo‘rg‘oshin(ming tonna)

    550

    125

    1,6 (Pb)

    0,5

    Ko‘mir, mlnt

    105540

    308300







    Fosforitlar, mlnt

    0,2

    0,4

    20 (R2O5)




    rux, ming. t

    1200

    3000

    2,8 (Zn)

    0,4

    kumusht

    200

    5600







    Uran, t

    4800











    1.3.GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASINING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI

    GermaniyaFederativRespublitkasiningaholisi 2014 yilma’lumotigako‘ra81 672 920 kishinitashkiletadi. Aholining49.0foiziya’ni40 052 964kishinierkaklar, 51.0 foizi, 41 619 955kishiniayollartashkiletadi. Aholining o'rtacha zichligi 2013 yil ma’lumotiga ko’ra har 1km2ga 229.12 kishidan iborat.

    Mamlakat aholisi tabiiy ko'payishda o'limning tug'ilishga nisbatan yuqoriligi bilan xarakterlanadi. (Ayniqsa sharqiy еrlarda). [6]

    Hozirgi kunda tug‘ilish ko‘rsatkichi 8 foizni tashkil qiladi. O’lim ko’rsatkichi 10 foiz, tabiiy o’sish esa -0.2 foizni tashkil qiladi. Demograflarning bashoratiga ko‘ra tabiiy o‘sish shu holatda davom etsa u holda aholining soni 2025-yil 78.7 mln kishiga, 2050-yil esa 69.4 mln kishiga tushib ketishini mumkin deb taxmin qilinmoqda. Mamlakatda 60 yoshlilar 23 foizni tashkil etsa, 2030 yilga kelib bu ko‘rsatkich 30 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga yuqorida aytganimizdek aholi soni 2050 yilga borib 16 foizga kamayib va qarib boradi. Mamlakat fuqorasining har bir uchinchisining yoshi 60 yoshga teng bo‘ladi.

    Germaniya aholisining umumiy soni immigrant oqimlar hisobiga o'smoqda. (Turkiyadan, sobiq Yugoslaviya respublikalaridan, Italiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan). Migratsion saldosi 2 % ni tashkil qiladi.Mamlakatning birlashuviga qadar uning g'arbiyyеrlarida 5 mln atrofida, sharqiy qismida esa-0,2 mln chet ellik immigrantlar bo'lgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 7mln kishiga еtadi.Umumiy o’rtacha umr ko’rish 80 yoshdan iborat.Erkaklar 77 yosh. Ayollar 83 yoshni tashkil qiladi. Urbanizatsiya darajasi 87 foizni tashkil qiladi.[7]

    Mamlakat aholisining milliy tarkibining katta qismininemislar ya’ni93 foizni tashkil etadilar. Shuningdek mamlakatda boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Turklar-2.4 foiz, slovyanlar -09 foiz, italyanlar-0. Foiz, greklar-0.4 foiz, polyaklar-0.3 foiz, bosnyaliklar 0.25 foiz, avstriyaliklar 0.2 foiz, 0.1 foizini serblar, datchanlar, siganlar tashkil etadi. Germaniyada davlat tili-nemis tili hisoblanadi. [5]

    Dini. Nemeslarni katta qismi xristian, ularnig 32.4 foizi katolik, 32.0 foizini lyuteranlar, 1.14 foizini pravoslavlar tashkil etadi. Shu bilan birga mamlakatda xristian dinining boshqa kichik oqimlariga e’tiqod qiluvchilar 0.46 foizni tashkil etadi. (baptist, metodist yangiapostol cherkovi) . Aholining 3.8 mln dan 4.3 mln.gachasi yoki 4.5 foizdan 5.2 foizgachani musulmonlardir.

    Mamlakat aholisining 87 foizi shaharlarda yashaydi.Ko'pgina shaharlar aglomerasiyalar yadrosini hosil qilgan, lekin aholisi 1mln dan ortiq shaharlar unchalik ko'p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Germaniyaning hozirgi chegaralari 1990 yilning oktabrida ikkala GFR va GDR davlatlarining birlashuv yo'li bilan tashkil topdi. Natijada birlashuv jarayonidan keyin GFR hududi

    47 foizga ko'paydi.Aholisi esa 27 foizga o'sdi.[4]

    Mehnat resurslari. Germaniyaning mehnatga layoqatli aholisining 60 foizi iqtisodiyotida faol aholi hisoblanadi. Shundan maishiy xizmatda 60 foiz, qurilish va sanoat tarmoqlarida 37 foiz, qishloq xo‘jaligida 3 foiz. 10 foizga yaqin faol aholisi hozirgi kunda ishsizdir. [13]

    Buyеrda, nafaqat kichik va o‘rta miqyosdagi, balki qator yirik kompaniyalar ham oilaviy hisoblanadi. Ularning eng qudratlilari orasida Tissen, Bayer, Flik, Simens Kvandit, Opel, Bosh, Grundig, Nekkerman kabi oilalarning korxonalari mavjud. Aynan ular eng katta moliyaviy barqarorlikka ega. Nyurnbergdagi «Veysman Si» auditorlik kompaniyasi o‘tkazgan o‘rganishlarning natijalari shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Ekspertlar 34 ta yirik oilaviy firmalarni o‘rganib chiqib, ularda xususiy kapital ulushi o‘rtacha 34,8 foizni tashkil etishini aniqladilar. Xususiy kapitalning 50% dan ziyodi o‘tgan yilning oxirida «Xerazus», «Knauf» va «Beyersdorf» kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, ko‘pgina Germaniya firmalarida deyarli barcha aksiyalar bir kishining qo‘lida to‘plangan. Beshta eng yirik tadbirkorlar aksiyalarning 40 foiziga egalik qilishadi. Holbuki Yaponiyada bu ko‘rsatkich– 25%, Amerika va Buyuk Britaniyada esa – 10% dan kam.

              Germaniya mehnat bozoridagilarning 60 foizi oilaviy korxonalarda ishlaydi.Bu еrda oilaviy korxonalar soni bir milliondan oshadi.Shu bilan birga, aksariyat Germaniya oilaviy korxonalari uchinchi, hatto to‘rtinchi avlod tomonidan boshqarib kelinyapti.Bu oilaviy korxonalar biznesni o‘z qo‘llarida ushlab qolish uchun odamning aqli еtmaydigan uslublarni o‘ylab topishadi.

    1990 yillar oxiriga kelib, birlashgan Germaniyada soliq, nafaqa va ta’limda islohatlar boshlandi. Hukumat davlat moliyalashtirishini sog‘lomlashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Bu soliqdagi katta kemtiklarni va to‘lovlarni 35 % ga qisqartirish imkonini beradi. Soliq islohatlari birinchi bosqichi 1999 yilda boshlandi. Ish haqidan soliqlarni kamayishi va korporatsiyalar daromadlari neft mahsulotlari va elektr energiyasiga soliqlarni oshirish yo‘li bilan qoplanadi.Ish haqi siyosati sohasida kurs o‘sishni ushlashga qaratilgan. Keyingi 2 yilda bir ish soatiga hisoblangan mehnat haqi ta’rifi 1,7 % ga ko‘paydi. Bunda ish haqi hajmining o‘zgarishi mehnat unumdorligining o‘rta mudatli dinamikasiga mo‘ljallanayapti.[17]

    Germaniyada iqtisodiy islohatlarning muhim yo‘nalishi 10-12 % ni tashkil etgan ishsizlikka qarshi kurash (4 mln. kishidan ziyod) hisoblanadi. Yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa sharqiyyеrlarda, asosiy vazifa bo‘lib turibdi.

    Nafaqa (pensiya) islohatlarida asta-sekin jamg‘arib boriladigan tizimga o‘tish mo‘ljallanayapti.Bunda majburiy nafaqa sug‘urtasi saqlanib qoladi.Ayrim yuqori nafaqalar hajmi kamaytiriladi, kam daromadli shaxslar qo‘shimcha to‘lovlar oladi. 1999 yil 1 yanvardan boshlab pensiya jamg‘armasiga badallar 0,8 % ga kamaydi.[16]

    1999 yildan boshlab Germaniyada ta’lim islohatlari boshlandi. Uning bosh maqsadi-yoshlarni sifatli ma’lumot olishlarida ota-onalari daromadlariga bog‘liq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Germaniya hukumati uch yil davomida fan va ta’limga xarajatlarni ikki borobar oshirishni rejalashtirilayapti.





    Download 2.73 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




    Download 2.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydali qazilmalarning umumiy zaxirasi va dunyodagi ulushiga oid ma’lumot (2013-yil ma’lumoti) Jadval-1

    Download 2.73 Mb.