• Demografik ko’rsatkichlari Foiz hisobida
  • Federal еrlarning maydoni va aholisiga oid ma’lumotlar Jadval-3
  • Federal еr nomi Maydoni kv.km Aholi soni (2012 yil)
  • II BOB. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI HUDUDIY RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • 2.1. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI TARMOQLAR TUZULMASI VA ULARNING HUDUDIY RIVOJLANISHI
  • Germaniya Federativ Respublikasining demografik ko’rsatkichlari




    Download 2.73 Mb.
    bet15/62
    Sana25.03.2017
    Hajmi2.73 Mb.
    #2407
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
    Germaniya Federativ Respublikasining demografik ko’rsatkichlari

    Jadval-2



    Demografik ko’rsatkichlari

    Foiz hisobida

    1.

    Umumiy aholisi soni

    80.5

    2.

    Aholi zichligi

    229

    3.

    Tug’ilish koeffisenti

    8

    4.

    O’lim koeffisenti

    10

    5.

    Tabiiy o’sish darajasi

    -0.2

    6.

    Migratsion saldo

    2

    7.

    Yosh bolalar o’limi

    4

    8.

    15 yoshgacha bo’lgan aholi soni

    13

    9.

    65 yoshdan yuqori bo’lgan aholi soni

    21

    10.

    Umumiy o’rtacha umr ko’rish darajasi

    80

    11.

    Erkaklarning umr ko’rish darajasi

    77

    12.

    Ayollarning umr ko’rish darajasi

    83

    13.

    Urbanizatsiya darajasi

    73


    Federal еrlarning maydoni va aholisiga oid ma’lumotlar

    Jadval-3



    Federal еr nomi

    Maydoni kv.km

    Aholi soni (2012 yil)

    Aholi zichligi 1 kv.km



    Бavariya

    70549

    12397614

    176



    Baden-Vyurtemberg

    35752

    10486660

    293



    Berlin

    892

    3292365

    3691



    Brandenburg

    29478

    2455780

    83



    Bremen

    404

    650863

    1611



    Gamburg

    755

    1706696

    2261



    Gessen

    21115

    5971816

    283



    Meklenburg

    23179

    1609982

    69



    Quyi Saksoniya

    47620

    7777992

    163



    Reynland-Pfals

    19853

    3989808

    201



    Saar

    2569

    999623

    389



    Saksoniya

    18415

    4056799

    220



    Saksoniya-Anxalt

    20446

    2287040

    112



    Shimoliy Reyn-Vestfaliya

    34084

    17538251

    515



    Tyuringiya

    16172

    2188589

    135



    Shlezvig-Golshteyn

    15763

    2800119

    178


    II BOB. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI HUDUDIY RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Germaniya Federativ Respublikasi Yevropadagi eng rivojlangan mamalakatlar ichida ulkan iqtisodiy salohiyati va rivojlanganlik darajasining o’ziga xos xususiyatlari bilan keskin ajralib turadi.

    YaIM va sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha AQSH va Yaponiyadan so’ng 3-o’rinda turadi. Tashqi savdo aylanmasining hajmi bo’yicha jahonda 2-o’rinda turadi. Germaniyaning Yevropa va jahon xo’jaligidagi muhim ahamiyatini buning yuqori sifatli mahsulot chiqarishiga qaratilgan sanoat belgilaydi. [12]

    2.1. GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI TARMOQLAR TUZULMASI VA ULARNING HUDUDIY RIVOJLANISHI

    Germaniya dunyoda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan biridir. Germaniya iqtisodiyoti yaxshi rivojlanganligi infratuzilmasi va malakaliy ishchi kuchi ega ekanligi bilan xarkterlanadi. Hozirgi mamlakat sanoat ishlab chiqarishi va yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha faqat AQSH, Yaponiya va Xitoydan keyinda turadi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. GFR xo’jalik xususiyatiga ko’ra postindustrial davlat hisoblanadi. Germaniya sanoati Yevropa va jahon bozorida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida muhim ro’l o'ynaydi.

    Fantalab tarmoqlarning hissasi ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jixozlarini, avtomabil, organik kimyo mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha Germaniya dunyodagi oldingi o’rinlardan birini egallaydi. GFR ning barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy koorparatsiyalardan iboratdir.(“Daimler-Benz”, “Wolswagen”, “Siemens”, “Hoechst”, “Bayer”).

    GFR da elektr-energiyaning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. IES lar Rur va Saar havzalarida, port shaharlarida-ko’mir, neftni qayta ishlash markazlarida-mazutda ishlaydi, boshqa IES lar esa aralash yoqilg’ida ishlaydi. Keyingi vaqtda mahalliy ko’mirga nisbatan Avstraliyadan arzon bahoda olib kelinayotgan ko’mirning ahamiyati oshib bormoqda.AESlarda elektr quvvatining 30 foizi ishlab chiqariladi. GES lar asosan mamalkatning janubida joylashgan. [8]

    Hozirgi Germaniya xo'jaligining tarmoq va hududiy tarkibi rivojlanishida GFR va GDR davlatlarining qirq yillik bo'linishi salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mamlakat birlashuvidan keyin Sharqiyyеrlarda xo'jalikni rivojlantirish muammolari sezilarli kuchaydi, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish pasayishi ro'y berdi. Shuningdek ijtimoiy muammolar vujudga keldi. (shu jumladan ishsizlik). GFRda xo'jalikni rivojlantirish darajasiga ko'ra hududiy nomutanosibliklar kuchaydi.Shunday qilib 1994 yilda Germaniya aholisi 20 foiz aholisi yashovchi sharqiyyеrlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bor yo'g'i 4 foizni tashkil etdi.[11]

    GFR —xo’jaligi yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.



    Sanoati.Mamlakat sanoat tarmoqlar tarkibida qayta ishlash sanoati hissasi juda yuqori.(Qazib chiqarish sanoati xissasi g'arbiyyеrlarda 2 foiz, sharqiyyеrlarda esa 9 foizni tashkil etadi).Germaniyada bir qancha qazib chiqarish (temir rudasi, mis rudasi, uran rudasi) tarmoqlari o'z faoliyatini amalda to'xtatgan. So'nggi yillarda import asosida olib kelinadigan arzon xom-ashyo iste’molning o'sish hisobiga ko'mir sanoatida toshko'mir qazib chiqarish keskin qisqarmoqda.

    Keltirilgan hom-ashyolar mamlakat iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir ko’mir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan mayda va kichik korxonalardan iborat. [12]

    Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 mln. kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ koʻmir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. [16]

    Texnika taraqqiyoti sohasida Olmoniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Olmoniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyodayеtakchi oʻrinda. Olmoniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.



    Energetika sanoati o'zining yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojining yarmidan ortig'ini import hisobiga ta'minlaydi. Germaniya yoqilg'i-energetika balansida neft va tabiiy gaz muhim ro’l o'ynaydi. Ko'mir hissasi esa 30 foizni tashkil etadi. Neft mamlakatga neft quvurlari va tankerlar orqali Shimoliy dengiz, Rossiyadan, Afrika mamlakatlari (Nigeriya, Liviya) va Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan tashib keltiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlari mamlakat bo'ylab bir tekis joylashgan bo'lib, uning Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Ingolshtadt, Shvedt kabi yirik markazlari ishlab turibdi. Neft va gazni qayta ishlovchi markaz Gandove hisoblanadi. [4]




    Download 2.73 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




    Download 2.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Germaniya Federativ Respublikasining demografik ko’rsatkichlari

    Download 2.73 Mb.