• I. Fuqarolarning davlat pensiya taʼminotiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.
  • Пенсия жамгармасим




    Download 233 Kb.
    bet1/13
    Sana10.09.2023
    Hajmi233 Kb.
    #81003
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    1 mavzu nGWdN2f462 (1)
    4-mavzu OPZUUzQVnD, colab 5,6,7, tizim maruza

    Mavzu: Fuqarolarning davlat pensiya taʼminotining tashkiliy huquqiy asoslari
    R e j a:
    -Fuqarolarning davlat pensiya taʼminotiga oid normativ-huquqiy hujjatlar;
    -Pensiya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadigan bir martalik toʻlovlar, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tartib qoidalari;
    -Pensiya taʼminotiga oid yangi qabul qilingan hujjatlar va mavjud hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirish qoʻshimchalar;
    -Pensiya taʼminotiga oid normativ hujjatlar bilan ishlashdagi muammolar va qonunchilikka takliflar.


    I. Fuqarolarning davlat pensiya taʼminotiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.

    Mustaqillikka erishilgandan soʻng ilk kunlaridanoq, respublikamizda alohida Pensiya taʼminoti tizimini ishlab chiqishga kirishildi. Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari belgilanib, respublikamizda ijtimoiy himoya va Pensiya jamgʻarmasining mazmun mohiyati tubdan oʻzgardi. Ijtimoiy himoya davlatimiz ichki siyosatining asosiy tamoyillaridan biri qilib belgilandi, chunki bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtib borar ekanmiz, aholini kam taʼminlangan, muhtoj qatlamini ijtimoiy qiyinchiliklardan ishonchli tarzda himoyalash va kafolatlash zarur.


    Aholining davlat himoyasiga muhtoj boʻlgan qatlami – qariyalar, nogironlar, boquvchisidan mahrum boʻlganlar va bolali oilalarning ahvoli bozor munosabatlariga oʻtish davrida narx-navoning oshishi, pulning qadrsizlanishi bilan qiyinlashib qoladi.
    Ijtimoiy adolat qoidalarini roʻyobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari – keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, koʻp bolali oilalar, oʻquvchi yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga boʻlgan kafolatli huquqlarini taʼminlashdir.
    Kishilarning ijtimoiy himoyalashning va huquqiy kafolatlashning kuchli va taʼsirchan mexanizmi mavjud boʻlgandagina, ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni saqlab qolish mumkin.
    Bozor munosabatlariga oʻtish davridagi iqtisodiy tizim islohoti aholini, ayniqsa uning muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalash masalasini birinchi oʻringa qoʻydi.
    Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning qoʻllanish asoslarini tubdan oʻzgartirish talab etilayotgan bir paytda xizmat koʻrsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablagʻ miqdori jihatidan pensiya taʼminoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy oʻrinni egallaydi.
    Pensiya soʻzi lotincha “pensio” soʻzidan olingan boʻlib, “toʻlov” degan maʼnoni bildiradi.
    Pensiya oʻzining mehnatga layoqatsizligi tufayli oʻzini-oʻzi taʼminlay olmaydigan aʼzolarini jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydigan daromad shakli hisoblanadi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39 - moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega” ekanligi belgilab qoʻyilgan.
    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1993-yilning
    3-sentyabrida “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Qonun qabul qilinib, 1994-yil 1-iyuldan kuchga kiritildi. Qonun pensiya darajasini jamiyat farovonligi uchun sarflangan mehnatning sifati va miqdoriga mos kelishini taʼminladi.
    Ushbu Qonunga oʻtgan yillar davomida 25 marotaba oʻzgartirishlar kiritilgan 22.12.1995-y. 179-I-son, 25.04.1997-y. 421-I-son, 29.08.1998-y. 681-I-son, 14.04.1999-y. 760-I-son, 12.05.2001-y. 220-II-son, 05.04.2002-y. 364-II-son, 23.05.2005-y. -2-son, 07.12.2007 y. OʻRQ-119-son, 28.12.2007-y. 138-son, 31.12.2008-y. 197-son, 20.05.2010-y. 247-son, 09.09.2010-y. 254-son, 22.12.2010-y. 272-son, 05.01.2012-y. 318-son, 07.10.2013-y. 355-son, 04.12.2014-y. 379-son, 25.04.2016-y. 405-son, OʻzR 26.12.2016-y. OʻRQ-416-son OʻzR 27.12.2016 y OʻRQ-417-son, OʻzR 16.10.2018 y OʻRQ-500-son, OʻzR 24.12.2018-y. OʻRQ-508-son, OʻzR 28.08.2019 y OʻRQ-558-son, OʻzR 12.09.2019 y OʻRQ-567-son, OʻzR 14.11.2019 y OʻRQ-584-son va Oʻ zR 03.12.2019 y OʻRQ-586-son Qonunlari).
    Mazkur qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini toʻliq yoki qisman yoʻqotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy taʼminlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va toʻlash tartibi belgilandi.
    Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agarda, davlatlararo bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
    Qonunga asosan faqat ish staji mavjud boʻlgan shaxslarga pensiyalar tayinlanishi belgilangan. Bu yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalaridir.
    Qonunga koʻra, fuqarolar pensiya olish huquqi paydo boʻlganidan soʻng istalgan paytda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etishlari mumkin va Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga ularning oʻzlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
    Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarga ham mazkur Qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiya olish huquqi belgilangan.
    Qonunda umumiy asoslardagi yoshga doir pensiyalar bilan bir qatorda fuqarolarning kasbi yoki mehnat sharoitlarining xususiyatlariga qarab, imtiyozli shartlarda pensiyalar tayinlanishi ham belgilangan. Shuningdek, imtiyozlar doirasi ayollarga 54 yoshdan 20 yillik sugʻurta badali toʻlangan ish staji bilan, bolalikdan nogiron farzandini parvarishlagan onalar, urush nogironlari, liliputlar va pakanalarni ham qamrab oladi. Shular bilan bir qatorda texnologiyadagi, ishlab chiqarishdagi oʻzgarishlar natijasidagi shtatlar qisqarishi yoki korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga ham muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilangan.
    Mazkur Qonunga asosan mehnat qobiliyati toʻliq yoki qisman yoʻqotilgan yoxud boquvchisidan mahrum boʻlgan fuqarolar ham davlat pensiyalari bilan taʼminlanish huquqiga egadirlar.
    Ushbu Qonunga muvofiq, toʻliq pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga ham (kamida yetti yillik ish staji mavjud boʻlsa) pensiyalar ularning bor stajiga mutanosib ravishda tayinlanishi koʻzda tutilgan.
    Ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar.
    Qonunning 37-moddasida ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari koʻrsatilgan boʻlib, unga koʻra, 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa shuningdek, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, agar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa hamda 1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xoʻjaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xoʻjaligi aʼzosi uzrsiz sabablarga koʻra jamoa xoʻjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʻlsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
    Bundan tashqari, Qonun talabi boʻyicha ijodiy faoliyat bilan mashgʻul xodimlarning ish stajini, basharti ular Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari eʼlon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan eʼtiboran belgilanishi koʻrsatib oʻtilgan.
    Shuningdek, harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qoʻshilmalarida boʻlish, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish, idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va togʻ-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmatlar ham ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi.
    Xuddi shuningdek, yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xoʻjalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xoʻjaligidagi faoliyat 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda va 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda ushbu davrlar ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlariga kiradi.
    Sugʻurta badali toʻlanmaydigan ayrim faoliyatlar ham muayyan shartlarda stajga olinishi belgilangan. Bu davrlarga oʻzgalar parvarishiga muhtoj 1-guruh nogironga, 16 yoshgacha nogiron bolaga va oʻzgalar parvarishiga muhtoj 80 yoshdan oshgan qariyaga qarab turilgan vaqt, oliy oʻquv yurtidagi kunduzgi oʻqish davri, bola parvarishi, harbiy xizmatchilar xotinlarining ular bilan yashagan vaqti kiritilgan. Shu singari, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida boʻlingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qoʻshib hisoblanadi.
    Eʼtiborli jihati shundaki, qonunga muvofiq ayrim faoliyat davrlari ish stajiga imtiyozli tarzda qoʻshib hisoblanadi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil
    8-sentyabrdagi 252-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlashni tartibga soladi.

    Adliya vazirligida 2011-yil 17-noyabrda 2282-son bilan roʻyxatga olingan Yoʻriqnoma, pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritishni hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalarini tartibga soladi. Mazkur Yoʻriqnomaga 05.09.2012y. 2282-1-son, 07.2014y. 2282-2-son, 15.12.2014-y. 2282-3-son, 06.06.2016-y. 2282-4-son, 17.06.2019-y. 2282-6, 03.10.2019-y. 2282-7 va20.04.2020-y. 2282-8-son bilan oʻzgartirishlar kiritilgan.
    Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga, nogironlarga, bolalikdan nogironlarga va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107–son qaroriga asosan ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi.

    Download 233 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 233 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Пенсия жамгармасим

    Download 233 Kb.