• Qaror ilovasining 10-bandiga asosan
  • 1-roʻyxat
  • Qaror ilovasining 9-bandiga asosan




    Download 233 Kb.
    bet8/13
    Sana10.09.2023
    Hajmi233 Kb.
    #81003
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    1 mavzu nGWdN2f462 (1)
    4-mavzu OPZUUzQVnD, colab 5,6,7, tizim maruza
    Qaror ilovasining 9-bandiga asosan, Chernobil AES halokati oqibatida kasallanganligi yoki shikastlanganligi sababli qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadigan haqiqiy yetkazilgan zararni qoplaydigan miqdorda nogironlik nafaqasi tayinlanadi.
    Yuqoridagi sabablarga koʻra boquvchisidan ajrab qolgan hollarda oila aʼzolariga mehnatga qobiliyatsiz har bir oila aʼzosi uchun oylik maoshning
    40 foizi miqdorida pensiya toʻlanadi. Fuqarolarning xohishiga koʻra pensiya zararlangan zonada ishlagan vaqtidagi ish haqi boʻyicha hisoblab chiqariladi;
    1993-yil 1-iyuldan boshlab Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarga va boquvchisini yoʻqotgan hollarda ularning oilalariga nogironlik pensiyalarining quyidagi eng koʻp miqdorlari belgilanadi:
    I guruh nogironlarga - eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida;
    II guruh nogironlarga - eng kam ish haqining 8 baravari miqdorida;
    III guruh nogironlarga - eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida;
    boquvchisini yoʻqotgan hollarda mehnatga qobiliyatsiz har bir oila aʼzosiga - eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida.
    Pensiyalarning eng kam miqdorlari koʻrsatib oʻtilgan eng koʻp miqdorlarning tegishlicha 50 foizi darajasida belgilanadi.
    1993-yil 1-iyulgacha belgilangan hamda koʻrsatib oʻtilgan eng koʻp miqdorlardan ortiq boʻlgan pensiyalar qayta hisoblab chiqilmaydi.
    Qaror ilovasining 10-bandiga asosan, harbiy xizmat (xizmat vazifalari)ni oʻtash vaqtida yaralangan, nogiron yoki kontuziya boʻlgan harbiy xizmatchilarga, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy sostavidagi shaxslarga hamda boquvchisidan ajralgan hollarda ularning oilalariga qonun bilan belgilangan tartibda va normalarda pensiya tayinlanadi. Bunda ofitserlar sostavidagi shaxslarga, praporshchiklar, michmanlar, muddatdan tashqari xizmatda boʻlgan harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatchi ayollarga, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy sostavidagi shaxslarning xohishiga koʻra koʻrsatilgan sabablarga koʻra nogironlik pensiyasi zararlangan zonada ishlanganligi uchun koʻpaytirilgan pul mablagʻidan hisoblanishi mumkin.
    Bundan tashqari, haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarga va ularning oilalariga beriladigan nogironlik nafaqasi eng oz miqdordagi maoshning besh barobar koʻpaytirilgani miqdorida toʻlanishi mumkin;
    - Yoshga doir pensiyalar tayinlash shartlari.
    Chernobil AESning zararlangan zonasi doirasida AESni ishlatishda yoki boshqa ishlarda band boʻlgan halokat oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga, shuningdek maxsus yigʻinlarga chaqirilgan va halokat oqibatlarini tugatish bilan bogʻliq boʻlgan harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarga yoshga doir pensiya oʻta zararli va oʻta ogʻir ish sharoitidagi ishlarda (1-roʻyxat) yoki boshqa zararli ogʻir ish sharoitida band boʻlgan (2-roʻyxat) xodimlar uchun koʻzda tutilgan imtiyozli shartlarda tayinlanadi.
    Bunda zaralangan zona doirasidagi ishning davomiyligidan qatʼiy nazar imtiyozli sharoitlardagi yoshga doir pensiyalar tayinlanadi.

    Download 233 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 233 Kb.