• Qoplash koeffitsiyenti
  • Pensioner
  • Qayta taqsimlovchi tizim
  • Jamgʻarib boriladigan tizim
  • Pensiya (lotin tilida “pensio”–toʻlov)




    Download 233 Kb.
    bet2/13
    Sana10.09.2023
    Hajmi233 Kb.
    #81003
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    1 mavzu nGWdN2f462 (1)
    4-mavzu OPZUUzQVnD, colab 5,6,7, tizim maruza
    Pensiya (lotin tilida “pensio”–toʻlov) – tuzilgan mehnat shartomasi toʻxtatilgandan soʻng xodim oladigan, unga toʻlanadigan pul toʻlovlari yigʻindisidir.
    Pensiya tizimi – pensiya siyosati hamda manbaalarni taqsimlash mexanizmini amalga oshirishda qatnashuvchi obyektlar va subyektlar majmui.
    Qoplash koeffitsiyenti – pensiya miqdorini xodimning oʻrtacha oylik ish haqiga nisbati boʻlib, pensiya toʻlovining samaradorligi koʻrsatkichi.
    Pensiya taʼminoti – iqtisodiy munosabatlar tizimining komponenti boʻlib, joriy daromadlardan va ularni investitsiya maqsadlarida ishlatilishi natijasidagi koʻpayishidan yigʻiladigan moliyaviy manbalarni hosil boʻlishi bilan bogʻliq taqsimlovchi munosabatlar yigʻindilarini jamlaydi.
    Pensioner – pensiya yoshidagi yoki biror imtiyozli toifaga mansubligi jihatidan pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxs.
    Sugʻurtalangan staj – badallarning miqdori (summasi), davriyligi va davomiyligi hisobga olinadigan davr.
    Indeksatsiya – yigʻilgan pensiya mablagʻlarining real xarid qobiliyatini saqlash vositasi sifatida zarur boʻlgan, chunki, inflyatsiyadan mutloq himoyalanishning imkoni yoʻqligiga qaramasdan, jamiyat aholi keksa qatlamining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishi sharti hisoblangan iqtisodiy instrument.
    Qayta taqsimlovchi tizim – asosan Davlat pensiya taʼminoti shakli boʻlib, pensiya toʻlovlari ish beruvchilar va xodimlarning badallari jamlamasidan tarkib topadigan joriy daromadlardan moliyalashtiriladigan, tushgan badallar maxsus ajratilgan hisob raqamlarda guruhlashtirilib, jamlangandan keyin zudlik bilan pensionerlarga toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan pensiya tizimi.
    Jamgʻarib boriladigan tizim – ishtirokchilarning badallari pensiya jamgʻarmalarida toʻplanadigan, qoʻshimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida ishlatilib, undan keyin reinvestitsiya qilinadigan va bunday jarayonlar toʻlovlar boshlangunga qadar shunday davom etadigan hamda toʻlovlar boshlanganda investitsiya sifatida ishlatilgan mablagʻlar pensiya jamgʻarmasining investitsiya dasturiga zarar yetkazmagan holda, likvidliligi taʼminlangan boʻlishi kerak boʻlgan pensiya tizimi.


    II. Pensiya, nafaqa, ustama haq va faxriy unvon uchun qoʻshimchalar hamda kompensatsiya pul toʻlovlar tayinlashning tartibi.


    1. Yoshga doir pensiya tayinlash shartlari va qoidalari.

    Qonunning 7-moddasiga asosan, erkaklar 60 yoshga toʻlganda ish staji kamida 25 yil boʻlganida va ayollar 55 yoshga toʻlganida ish staji kamida 20 yil boʻlganida umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlanadi.


    25-moddaga asosan, pensiya miqdori ish stajining muddatiga bogʻliq boʻlib, pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan va pensiyaga qoʻshiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.
    26-moddaga muvofiq, yoshga doir pensiya uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining
    55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida
    100 foizi miqdorida tayinlanadi.
    27-modda talabi boʻyicha yoshga doir pensiyalarning tayanch miqdorlari - pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun oʻrtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida oshiriladi.
    47-modda talabiga asosan, yoshga doir pensiya - agar pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, pensiya yoshiga toʻlgan kundan eʼtiboran umrbod tayinlanadi, boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan eʼtiboran tayinlanadi.
    8-moddasiga asosan, pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha (ayollar – 20 yil, erkaklar – 25 yil) ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonunni 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.


    2. Nogironlik pensiya tayinlash shartlari va qoidalari.

    Qonunning 15-moddasiga asosan, nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.


    17-moddaga asosan, mehnatda mayiblangan va kasb kasalligi nogironiga pensiyalar ish stajidan qatʼiy nazar, umumiy kasallik boʻyicha nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar talab qilingan ish stajiga ega boʻlgan taqdirda va 20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻxtatilganidan keyin nogiron boʻlib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qatʼi nazar tayinlanadi.
    18-moddaga asosan, pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
    25-moddaga asosan, pensiya miqdori ish stajining muddatiga bogʻliq boʻlib, pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan va pensiyaga qoʻshiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.
    26-moddaga asosan, I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida
    100 foizi miqdorida tayinlanadi.
    27-moddaga asosan, I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari - pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida oshiriladi.
    47-modda talabiga asosan, nogironlik pensiyasi - agar nogironlik belgilangan kundan boshlab oltmish kun ichida pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa, TMEK nogironlikni belgilagan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi.


    3. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiya tayinlash qoidalari.

    Qonunning 19-moddasiga asosan, vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga ega boʻladi. Bunda farzandlarga va ushbu moddaning "v" bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramogʻida turgan-turmaganidan qatʼi nazar tayinlanadi.


    21-moddaga asosan, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qatʼiy nazar tayinlanadi. Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega boʻlgan (17-modda) boʻlsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bogʻliq boʻlmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanadi;
    22-moddaga asosan, umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan (17-modda) boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi.
    25-moddaga asosan, pensiya miqdori ish stajining muddatiga bogʻliq boʻlib, pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan va pensiyaga qoʻshiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.
    26-moddaga asosan, oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida tayinlanadi.
    Shuningdek, ota-onasidan judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolgʻiz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida tayinlanadi.
    27-moddaga asosan, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir aʼzosi uchun - boquvchining oʻrtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.
    47-modda talabi boʻyicha boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi - pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi toʻqson kundan oshmagan muddatdan eʼtiboran tayinlanadi.


    4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107–son qarori 1 va 2-ilovalari bilan tasdiqlangan Nizomlarga asosan pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga, nogironlarga, bolalikdan nogironlarga va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga nafaqalar tayinlanadi.


    4.1. Yoshga doir nafaqa tayinlash shartlari va qoidalari.

    Ish stajiga ega boʻlmagan shaxsga mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni taʼminlashga majbur boʻlgan boshqa shaxslar boʻlmagan taqdirda tayinlanadi.


    "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi birinchi qismining "a", "b", "v" va "g" bandlarida nazarda tutilgan 7 yildan kam ish staji mavjud boʻlib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga tayinlanadi.
    erkaklarga - 65 yoshga va ayollarga - 60 yoshga yetganlarida qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi.
    Haq toʻlanadigan ish bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega boʻlgan (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi.
    Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda oʻtkazilgan tekshirishda ish stajiga ega boʻlmagan va yoshga doir nafaqa soʻrab murojaat etgan shaxsni taʼminlashga majbur boʻlgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda, yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa soʻrab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor boʻlgan taqdirda ham yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin.
    Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.


    4.2. Nogironlik nafaqa tayinlash shartlari va qoidalari.
    Nogironlik sodir boʻlgan hollarda, yoshidan qatʼi nazar, ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironlariga faqat mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yoʻqotilganda, nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi va toʻlanadi.
    Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yoʻqotilganda) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari yoʻllanmalari boʻyicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda TMEK deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
    Fuqaro mehnat faoliyatiga layoqatli emas yoki unga mehnat faoliyati bilan shugʻullanish mumkin emasligi (yoki zid ekanligi) belgilangan taqdirda TMEK mehnat qobiliyatining doimiy yoki uzoq muddatga yoʻqotilganligi toʻgʻrisida tegishli xulosa chiqaradi.
    Qabul qilingan xulosa asosida TMEK yetti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan koʻchirmani fuqaroni tekshirishga yuborgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga joʻnatadi.
    Ishlayotgan yoki hayot kechirishning boshqa manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega boʻlgan I guruh nogironlariga va
    II guruh nogironlariga nafaqa tayinlanmaydi.
    Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat yoʻqotilishining butun davri uchun tayinlanadi.
    Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.


    4.3. Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqa tayinlash shartlari.

    "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega boʻlmagan shaxsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli boʻlmagan aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.


    "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida aytib oʻtilgan shaxslar oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolari jumlasiga kiritiladilar.
    Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi vafot etganning oila aʼzolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega boʻlgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
    a) oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz aʼzosiga – nafaqaning
    100 foizi;
    b) oilaning mehnatga layoqatsiz ikki aʼzosiga - nafaqaning 75 foizi;
    v) oilaning mehnatga layoqatsiz bir aʼzosiga - nafaqaning 50 foizi.
    Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi miqdori pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
    Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolarining barchasiga ushbu bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila aʼzosining talabiga koʻra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida toʻlanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga boʻlinadi.
    Boshqa tumanda (shaharda) yashaydigan oila aʼzosi oʻziga nafaqa ulushini tayinlash yoki ajratish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda, murojaat qilganning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi oilaning barcha aʼzolariga hujjatlarni rasmiylashtiradigan yoki ushbu oilaning amaldagi hujjatlar yigʻmajildi turgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga tegishli xabarnomani yuboradi. Xabarnomaga ariza va yangidan murojaat qilgan oila aʼzosining nafaqa olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinadi. Ushbu holatda nafaqa boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasidan ulush ajratib berish toʻgʻrisida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
    Yigʻmajildni rasmiylashtirishda barcha hollarda unga oila har bir aʼzosining nafaqaga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.
    Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.


    4.4. Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash shartlari.

    16 yoshdan katta I va II guruh bolalikdan nogironlarga, 16 yoshgacha nogiron bolalarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga har oylik nafaqalar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi va toʻlanadi (shuningdek Oʻzbekistonda doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga).


    Nogironlik guruhi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) va
    16 yoshgacha nogiron bolalarga tibbiy xulosa tibbiy-maslahat komissiyalari (TMK) tomonidan beriladi.
    Nafaqa olish huquqi paydo boʻlganda biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uni tayinlanishi uchun murojaat qilish mumkin.
    Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.


    5. Pensiyalarga ustama haqlar.

    Ustama haq har bir shaxsning mehnat staji, oʻrtacha oylik ish haqi hisoblanib, belgilangan tartibda aniqlangan pensiyaning asosiy miqdoriga qoʻshiladi.


    Ustamalar eng kam ish haqiga nisbatan tegishli foizlar hisobida beriladi.
    Pensiya toʻliq yoki toʻliqsiz staj bilan tayinlanganidan qatʼiy nazar barcha turdagi pensiyalarga ustamalar beriladi.
    “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Qonunning 28-moddasida pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilangan:
    a) I guruh urush nogironlariga - eng kam oylik ish haqining 150 foizi;
    b) II guruh urush nogironlariga - eng kam oylik ish haqining 125 foizi;
    g) koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironlariga - eng kam oylik ish haqining
    100 foizi;
    d) I guruh nogironlariga - eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
    ye) II guruh yolgʻiz nogironlariga - eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
    j) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga - eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
    z) 1941-1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga - eng kam oylik ish haqining
    30 foizi;
    i) vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlariga (beva erlariga) - eng kam oylik ish haqining 30 foizi;
    k) Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari boʻlgan shaxslarga - xizmatlariga qarab - eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150 foizigacha;
    l) yoshidan qatʼi nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan artistlarga - eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
    m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa sanʼati ijodiy xodimlari tayyorlovchi oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan roʻyxatga koʻra - eng kam oylik ish haqining 50 foizi.
    Qonunga asosan, pensiyaga bir vaqtning oʻzida bir yoki bir nechta ustama qoʻshib toʻlanishi mumkin. Qonunning 30-moddasida ustama haqlarni hisoblab chiqarish shartlari belgilangan. Unga koʻra, ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qatʼi nazar qoʻshib hisoblanadi.
    Pensiya soʻrab murojaat etgan kishiga 28-moddaning "a" yoki "b" bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning "k" bandida koʻrsatilgan ustama haq qoʻshib hisoblanishi mumkin.
    Pensiya soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha 28-moddaning "g", "d" yoki "ye" bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning "j" yoki "z" bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri, shuningdek "k" bandida koʻrsatilgan ustama haq qoʻshib hisoblanishi mumkin.


    6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-dekabrdagi 3942-son Farmoni boʻyicha faxriy unvon uchun har oylik toʻlovlar miqdori.






    Download 233 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 233 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pensiya (lotin tilida “pensio”–toʻlov)

    Download 233 Kb.